Umumiy savollar


AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI


Download 124.76 Kb.
bet3/4
Sana12.11.2020
Hajmi124.76 Kb.
#144053
1   2   3   4
Bog'liq
10 JAHON UMUMIY SAVOLLAR


AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI

  1. Urushdan keyingi yillarda ilk bor AQSHda nimani amalga oshi rildi? ------- harbiy ishlab chiqarishning konversiyasi

  2. 1960-yillari qaysi AQSh prezidentlarining ma’muriyatlari iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish sari yo‘l tutdilar? ------- Jon Kennedi va Lindon Jonson

  3. AQSh iqtisodining qaysi sohalari yetakchi sohalarga aylandi? ------- energetika, elektronika va kimyo sanoati, avtomatlashtirish va aloqa vositalarini hamda turli asboblarni ishlab chiqarish

  4. Qachonga kelib AQSh iqtisodiy o‘sish sur’atlari sekinlashdi? ------- 1970-yillar boshiga

  5. Ronald Reygan qachon prezidentlisaylovida g’alaba qozondi? ------- 1980-yil

  6. Ronald Reygan ma’muriyati inqirozdan chiqish yo‘llarini topishga urinib, qanday ishlarni amalga oshirgan? ------- davlatning iqtisodga aralashuvini chekladi, sarmoya kiritish uchun katta soliq imtiyozlari joriy qildi. Xususiy tashabbus rag‘batlantirildi.

  7. Qanday siyosat «Reyganomika» nomini oldi? ------- davlatning iqtisodga aralashuvini chekladi, sarmoya kiritish uchun katta soliq imtiyozlari joriy qildi. Xususiy tashabbus rag‘batlantirildi

  8. «Reyganomika» AQSH uchun qanday yaxshi natijalarga olib keldi? ------- Inflatsiya pasaydi, ishsizlik kamaydi, iste’mol buyumlariga talab ortdi. Chet el kapitalining kirib kelishi ancha kuchaydi.

  9. Qachon AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi? ------- 1990-yillar boshida

  10. Qaysi davr AQSHda siyosiy reaksiyaning avj olishi bilan xarakterlanadi? ------- 1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshi

  11. Duayt Eyzenxauer qachon saylovda g’alaba qozondi? ------- 1952-yilgi saylovlarda

  12. Kimning davrida mamlakatda makkartizm avj oldi? ------- Duayt Eyzenxauer

  13. Makkartizm siyosati qanday siyosat bo’lgan? ------- Senator Jozef Makkarti davlat organlarida josuslar va kommunistlarni aniqlash uchun tekshiruvlar olib bordi.

  14. Qaysi davr fuqarolar tengligi uchun harakat o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetdi? ------- 1960-yillari

  15. Qachon AQSh prezidenti Jon Kennedi o’ldirildi? ------- 1963-yili

  16. Kim AQShda qora tanlilar tengligi uchun harakatning eng mashhur arbobi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, ruhoniy edi? ------- Martin Lyuter King

  17. Martin Lyuter King qachon o’ldirildi? ------- 1968-yil

  18. 1960-yillardagi fuqarolar huquqlari uchun harakatning o‘ziga xos tomoni nimada edi? ------- u ommaviy ijtimoiy norozilik harakatlari bilan bir paytga to‘g‘ri keldi.

  19. Ommaviy ijtimoiy norozilik harakatlari vakillari ayniqsa, AQShning qayerda olib borayotgan urushiga qarshi keskin norozilik namoyishlarini uyushtirdi? ------- Vyetnamda

  20. «Uotergeyt ishi» qaysi AQSh prezidenti impichmentiga sabab bo’ldi? ------- Richard Nikson

  21. «Uotergeyt ishi» qanday voqea edi? ------- Demokratlar partiyasining Uotergeyt mehmonxonasidagi saylovoldi shtabiga respublikachilar vakillari tomonidan xufiya eshitish vositalarining o‘rnatilishi

  22. Qaysi davrda neokonservatizm g‘oyasi tantanasi davri bo‘ldi? ------- 1980-yillar – 1990-yillarning boshlari

  23. AQSH Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda qanday ikkita tamoyilning uyg‘unligiga asoslangan faol tashqi siyosat olib bordi? ------- Birinchidan, AQSH kuch yordamida o‘zlariga ma’qul bo‘lmagan o‘zgarishlarga qarshilik qildi. Ikkinchidan, qarshilik qilish mumkin bo‘lmagan hollarda ularga moslashib, bu o‘zgarishlardan saboq olishga intildi.

  24. Qaysi yillarda AQSH Vyetnamda faol urush harakatlarini olib bordi? ------- 1965 – 1973-yillari

  25. Martin Lyuter King qaysi shaharda o‘ldirilgan? ------- 1968-yil Memfisda

  26. SSSRda kim boshchiligida yangi siyosiy rahbariyatning hokimiyatga kelishi bilan sovet – Amerika munosabatlarida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar boshlandi? ------- M.S. Gorbachyov

  27. Inflatsiya nima? ------- – qog‘oz pulning qadrsizlanishi.

  28. Retsessiya nima? ------- (chekinish) – bu atama iqtisodiyotda ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil pasayishini yoki iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvini bildiradi.

  29. Gegemon nima? ------- (rahbarlik, hukmronlik) – hukmron bo‘lishga, boshqa davlatlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilish uchun intilishga asoslangan siyosat.

  30. Konversiya nima? ------- (aylantirmoq, o‘zgartirmoq) – harbiy sanoat kompleksi korxonalarini xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga o‘tkazish. Urushdan keyin sanoatni tinchlik davriga moslab qayta qurish.

  31. «Amerika fojeasi» romanini muallifi kim? ------- Teodor Drayzer


19 – 20-MAVZULAR. 1946 – 1991-YILLARDA SOVET ITTIFOQI

  1. Ikkinchi jahon urushida qancha sovet fuqarolari halok bo‘ldi? ------- 27 mln?

  2. Qancha Sovet fuqarolari urushda nogiron bo‘lib qoldi? ------- 12,5 mln. kishi

  3. Qachonga kelib SSSR sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi? ------- 1950-yili

  4. Qachon I. Stalin vafot etdi? ------- 1953-yil 5-mart

  5. Kim SSSR hokimiyatida turgan yillar tarixda «iliqlik» davri degan nom olgan? ------- N. Xrushchyov.

  6. Nikita Xrushchyov davrida qaysi mintaqadagi qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish g‘alla yetishtirishni tez ko‘paytirishning muhim omili sifa tida qaraldi? ------- Qozog‘iston, Sibir va Volga bo‘yidagi.

  7. Qachon va kim «Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida» nutq bilan chiqqan? ------- 1956-yil fevralda KPSS XX syezdida N. Xrushchyov

  8. Qachon N. Xrushchyov KPSS MK Birinchi sekretari lavozimiga SSSR Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini ham qo‘shib oldi? ------- 1958-yil martda

  9. Qaysi SSSR rahbari lavozimidan olib tashlandi? ------- Xrushchyov

  10. Xrushchyovdan so’ng kim KPSS MK birinchi kotib etib saylandi? ------- Leonid Brejnev

  11. N.Xrushchyovdan so’ng kim SSSR Ministrlar Soveti Raisi etib saylandi? ------- Aleksey Kosigin

  12. SSSRda kimning davrida “turg’unlik” davri nomini olgan davr bo’lgan? ------- Leonid Brejnev

  13. Qaysi yillarda L. Brejnev hokimiyatda turgan? ------- (1964 – 1982)

  14. Qachondan boshlab Sovet jamiyatida boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida «turg‘unlik» davri nomini olgan? ------- 1970-yillarning ikkinchi yarmidan

  15. Qaysi SSSR rahbari boshqalarning xushomadiga, turli xil unvonlar va ordenlarni yig‘ishga moyillik kuchli edi? ------- L. Brejnev

  16. Kimni maqtash, ulug‘lash jarayoni 1970-yillardan boshlanib va keyingi yillari borgan sari kulgili tus olib borgan? ------- L. Brejnev

  17. Qachonga kelib N.S. Xrushchyovning kommunizm qurish to‘g‘risi dagi rejasi barbod bo‘lgandi? ------- 1980-yillarda

  18. L. Brejnev vafotidan keyin hokimiyatga kimlar kelgan? ------- Yuriy Andropov va Konstantin Chernenko

  19. Qachon KPSS MK Plenumi Mixail Gorbachyovni Bosh kotib qilib sayladi? ------- 1985-yil martda

  20. KPSS MKning 1985-yil aprel Plenumida nimani yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi deb e’lon qilindi? ------- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish kursi.

  21. Qachon M. Gorbachyov «qayta qurish», e’lon qilgan? ------- 1987-yili

  22. Qanday jarayon AQSh va SSSR, ikki buyuk davlatlar o‘rtasida yadro urushi xavfini keltirib chiqardi? ------- 1959-yili inqilob natijasida Kubada hokimiyatga kelgan F. Kastro rejimiga qarshi AQSH olib borgan tajovuzkor siyosat va bunga SSSR ning aralashuvi.

  23. Dunyoda yadro urushi xavfini keltirib chiqargan omil qanday nom oldi? ------- “ Karib Inqirozi”

  24. Kimlar o‘rtasidagi kelishuv dunyoni yadro urushi halokatidan asrab qoldi? ------- AQSH prezidenti J. Kennedi bilan sovet rahbari N. Xrushchyov

  25. «Iliqlik» davri va «Turg‘unlik» davrida kapitalistik mamlakatlar bilan o’rnatilgan tinch munosabatlar qaysi voqeagacha davom etdi? ------- 1979-yili Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritilgunga qadar davom etdi.

  26. Kimning tashabbusi SSSRning AQSH va butun kapitalistik dunyo bilan munosabatlarida keskin ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi? ------- «Qayta qurish» davrida M. Gorbachyov ilgari surgan «yangicha siyosiy tafakkur»

  27. Qachon SSSRda Favqulodda holat davlat komiteti (GKCHP) tuzilganligi to‘g‘risida e’lon qilindi? ------- 1991-yil 19-avgustga o‘tar kechasi

  28. GKCHP mamlakatning nechanchi yilgi konstitutsiyaga xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hokimiyat tizimlari tarqatib yubordi? ------- 1977-yilgi

  29. Qachon GKCHP a’zolari qamoqqa olindi? ------- 22-avgust kuni

  30. Qachon Minsk shahrida Rossiya, Ukraina, Belorussiya rahbarlari 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qildi? ------- 1991-yil 8-dekabr

  31. Qachon Mustaqil Davlatlar Ham do‘stligi (MDH) tuzildi? ------- 1991-yil 8-dekabr

  32. MDH tarkibiga qaysi sobiq sovet respublikalari kirmagan? ------- Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya

  33. Syezd nima? ------- – tashkilotlar, partiyalar, aholining ma’lum gu ruhlar vakillarining yig‘ilishi, anjuman.

  34. Plenum nima? ------- – biror tashkilotga saylangan rahbar organ lari yoki sud a’zolarining yig‘ilishi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi.

  35. Korrupsiya nima? ------- – mansabdor shaxs tomonidan o‘z lavozimini, vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki o‘z lavozimidan davlat va jamiyat manfaatlariga zid ravishda foydalanish, pora olish va berish.

  36. «Erk istar ko‘ngil» kitobi kimning qalamiga mansub? ------- Shuhrat Ergashev


21-MAVZU. 1946 – 1991-YILLARDA BUYUK BRITANIYA VA FRANSIYA

BUYUK BRITANIYA

  1. Qachon Buyuk Britaniya NATOga a’zo bo‘ldi? ------- 1949-yil

  2. Nechanchi yilda o‘tkazilgan saylovlarda konservatorlar g‘alaba qozondi. U. Cherchill yana bosh vazir lavozimini egalladi? ------- 1951-yili

  3. Konservatorlar Buyuk Britaniyani necha yil boshqardi? ------- 13 yil

  4. Nechanchi yilda hokimiyatga kelgan leyboristlar bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Bu aholining turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi? ------- 1964-yili

  5. Margaret Tetcher qachon bosh vazir bo‘ldi? ------- 1979-yil

  6. Tetcher davrida qanday siyosiy ishlar olib borildi? ------- Ichki siyosatda asosiy e’tibor xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirish sari dadil qadamlar tashlandi. Soliqlar kamaytirildi. Inflatsiyaga qarshi kurash bosh vazifa qilib belgilandi.

  7. Kimning davrida Yevropada eng ko‘p ish o‘rinlari yaratildi? ------- Tetcher

  8. M. Tetcherning o‘rniga kim keldi? ------- ilgari moliya vaziri lavozimida bo‘lgan J. Meyjor keldi.

  9. Kimning hukumati neokonservatizm siyosatini davom ettirdi? ------- J. Meyjor

  10. J. Meyjor qachon bosh vazir bo’ldi? ------- 1990-yil

  11. Buyuk Britaniya AQSHning qayerdagi tajovuzkor siyosatini qo‘llab-quvvatladi? ------- Hindixitoydagi

  12. Buyuk Britaniya qayerdagi irqchilik rejimlarini qo‘llab-quvvatladi? ------- Janubiy Afrika va Janubiy Rodeziyadagi

  13. Nechanchi yilda Shimoliy Irlandiya muammosi yana keskinlashdi va Buyuk Britaniya u yerga qo‘shin kiritdi? ------- 1969-yili

  14. Nechanchi yilda Folklend orollari uchun Buyuk Britaniya va Argentina o’rtasida urush bo’lib o’tdi? ------- 1982-yili

  15. Qaysi hudud uchun Buyuk Britaniya Argentina bilan urush olib bordi? ------- Fokllend

FRANSIYA

  1. Qachon Fransiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi? ------- 1946-yili

  2. Qaysi davrda Fransiyada iqtisodiy o‘sish boshlandi? ------- 1950-yillari

  3. Qaysi yillarda Fransiyada to’rtinchi respublika hukmronlik qilgan? ------- 1946-1958-yillarda

  4. Kimning hokimiyatga kelishi bilan to’rtinchi respublika barham topgan? ------- Sharl de Goll

  5. Qachon Fransiya Afrikada barcha mustamakachi davlatlariga musataqillik berdi? ------- 1960-yil

  6. Qaysi davrga kelib Beshinchi respublikada inqiroz boshlandi? ------- 1960-yillar oxirida

  7. Qachon Parij talabalarining namoyishi boshlandi? ------- 1968-yil mayda

  8. Fransua Mitteran qaysi partiya vakili edi? ------- sotsialis

  9. Xalqaro munosabatlarda Fransiya kim tomonidan belgilab berilgan tashqi siyosiy kursni davom ettirdi? ------- Sh. de Goll

  10. Fransiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha qayerdagi kengashni o‘tkazishda katta rol o‘ynadi? ------- Xelsinki

  11. Neokonservatizm nima? ------- – AQSHning harbiy va iqtisodiy qudratidan dushman rejimlarga qarshi va ularda demokratik tizimni o‘rnatish uchun foydalanish tarafdorlari bo‘lgan bir qism konservativ siyosatchilar mafkurasi.

  12. Eksport so’zining ma’nosi nima? ------- – mahsulot, xizmat yoki kapitalni o‘z mamlakatidan tashqariga chiqarish.

  13. Referendum so’zining ma’nosi nima? ------- – umumxalq so‘rovi, davlat ahamiyatidagi muhim masalani hal qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan umumxalq ovoz berishi.

  14. Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonovning «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori» kitobiDda qaysi syosatchi tilga olingan? ------- Margaret Tetcher

  15. «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori» asarining mualliflari kimlar? ------- Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov


GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI

  1. Qaysi davlatlar tomonidan okkupatsiya qilingan hududda GFR tuzildi? ------- AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya

  2. Qachon GFR tuzilgan? ------- 1949-yil mayda

  3. GFR kansler etib kim saylandi? ------- Konrad Adenauer

  4. Germaniya qaysi hududda GDR tuzilgan? ------- Sovet okkupatsiya qilgan hudud

  5. Qachon GDR tuzilgan? ------- 1949-yil 7-oktabrda

  6. GFRda qaysi davrda iqtisod jadal sur’atlar bilan rivojlandi? ------- 1950 – 1960-yillari

  7. Qanday omillar mamlakat xo‘jaligining jadal sur’atlar bilan tiklanishini ta’minladi? ------- Harbiy xarajatlarning kamligi, «Marshall rejasi» bo‘yicha Amerikaning mo‘l-ko‘l yordami, arzon chet el ishchi kuchidan unumli foydalanish, yangi uskunalarning keltirilishi.

  8. Qachon GFR NATOga a’zo bo‘ldi? ------- 1955-yili

  9. Nima tufayli GFR uchun okkupatsiya davri tugadi? ------- Parij ahdlashuvining kuchga kirishi

  10. Nechanchi yildayoq misli ko‘rilmagan taraqqiyotga erishildi? ------- 1955-yildayoq

  11. Qaysi davrdagi iqtisodning jadal o‘sishi «nemis iqtisodiy mo‘jizasi» nomini oldi? ------- 1960 – 1970-yillar

  12. Gelmut Kol qaysi yili kansler etib saylandi? ------- 1982-yil

  13. Gelmut Kol davrida qanday ishlar amalga oshirilgan? ------- soliqlar qisqartirildi va davlat xarajatlari tartibga solindi, davlatning biznesga aralashuvini kamaytirish, raqobatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi.

  14. Qachon Berlin devoir buzib tahlandi? ------- 1989-yil

  15. Qachon Yagona Germaniya davlati tashkil topganligini e’lon qilindi? ------- 1990-yil 3-oktyabr

  16. 1989-yili GDRda inqilob boshlanib ketdi, ikki davlatni ajratib turgan,

  17. «sovuq urush» ramzi bo‘lgan Berlin devori buzib tashlandi.

  18. Germa niyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli

  19. Nechanchi yilda G. Kol boshchiligidagi koalitsiya saylovda g‘alaba qozondi? ------- 1990-yil dekabrda

ITALIYA RESPUBLIKASI

  1. Qachon Italiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi? ------- 1948-yil 1-yanvar

  2. 1957-yili qaysi tashkilotni tuzish to‘g‘risida Rim shartnomasi imzolandi? ------- Yevropa iqtisodiy hamkorligini (YIH)

  3. Qaysi yili Italiyada chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandi? ------- 1974-yili

  4. Qaysi davrga kelib koalitsion hukumat shakllandi? ------- 1980-yillarga

  5. Qaysi davr Italiyada mafiyaga qarshi kurash davri bo‘ldi? ------- 1980 – 1990-yillar boshlari

  6. Kansler nima? ------- – Germaniya va Avstriyada hukumat boshlig‘ i, bosh vazir shunday ataladi.

  7. Defitsit nima? ------- – taqchillik, biron-bir narsaning yetishmasligi. Masalan, chetga tovar sotish – eksportga nisbatan chetdan tovar olib kirish – importning oshib ketishi tashqi savdo defi tsiti deb ataladi.

  8. Mafiya so’zining ma’nosi nima? ------- – zo‘rlik, qo‘rqitish, terror, qotillik, ig‘vogarlik usullari bilan iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun tuziladigan maxfi y uyushma; uyushgan jinoyatchilik tashkiloti

  9. «Berlin devoriga chizgilar» («Tugamagan qo‘shiq») she’rini kimniki? ------- Zarif Sulton

23-MAVZU. 1946 – 1991-YILLARDA YAPONIYA VA OSIYONING YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLARI

  1. Ikkinchi jahon urushidaqancha yaponlar halok bo‘ldi? ------- 6,5 mln

  2. Yaponiya qaysi davlat tomonidan okkupatsiya qilindi? ------- AQSH

  3. Yaponiyadgi AQSH okkupatsiyaq o’shini qo’mondoni kim edi? ------- Duglas Makartur

  4. D.Makartur nechanchi yilgacha Yaponiyada hokimiyatni nazorat qilib turgan? ------- 1952-ylgacha

  5. Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar qanday ikkita maqsadni ko’zlagan edilar? ------- birinchidan, Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini; ikkinchidan, yaponlarda o‘zining ming yillik jangchilik an’analariga ega bo‘lgan jangovarlik ruhini sindirishni ko‘zlagan edilar

  6. Nechanchi yilda Yaponiyada kasaba uyshmalari to’g’risida qonu qabul qiindi? ------- 1946-yilda

  7. Qaysi davrda Yaponiyada kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qilindi? ------- 1950-yildan

  8. Qaysi amerikalik mashhur iqtisodchi Yaponiyad ma’ruzalar bilan chiqdi? ------- Edvards Deming

  9. Qaysi davrda Yaponiyaning to‘liq iqtisodiy tiklandi? ------- 1950 – 1960-yillarda.

  10. Yapon iqtisodiy mo’jizasi deb nimaga aytladi? ------- Yiliga iqtisodning o’sishi 11 foizdan yuqori bo’ishi

  11. Qaysi davr Yapon iqtisodiy mo’jizasi davrini o’z ichiga oladi? ------- 1956-1970-yillarni

  12. Yapon mo’jizasi asosan, qaysi sohaning ishlab chiqarishini rivojlantirish hi sobiga yuz berdi? ------- og‘ir sanoat va kimyo

  13. Qaysi davrga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulotning hajmi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? ------- 1960-yillarning oxiriga

  14. Yaponiya o‘z yutuqlarini qayerdagi ko‘rgazmada muvaffaqiyatli namoyish qildi? ------- Tokioda bo‘lib o‘tgan «EKSPO–70»

  15. Yapon «iqtisodiy mo‘jizasi» nimaga asoslanganedi? ------- arzon neftga

  16. Qanday omillar Yaponiyani o‘z iqtisodiy tizimini keskin o‘zgartirishga majbur qildi? ------- 1970-yillardagi neft inqirozi

  17. 1970-yillardagi neft inqirozi tufayli yaponlar qanday sohalarga asosiy e’tibor qaratdi? ------- Sanoatda ilmtalab ishlab chiqarish

  18. Yaponiyada mahsulot qiymatining asosiy qismini niamlar tashkil qildi? ------- ilmiy yangilik lar, xodimlarning

  19. texnik malakasi, dizayn, nou-xau va shu kabilar

  20. qaysi davrdaYaponiyada 26 ta texnopolislar tashkil qilindi? ------- 1980-yillardan

  21. Osiyoning bir qator mamlakatlari qaysi davrda jadal modernizatsiyalashni amalga oshirish orqali taraqqiyot ning yuksak sur’atlarini ta’minlashga erishdi? ------- XX asrning 60– 80-yillarida

  22. Qaysi davlatlarni «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atala boshlandi? ------- Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong

  23. Qaysi davlat bitta avlodning ko‘z o‘ngida mamlakat qoloqlikdan taraqqiyotning yuqori darajasiga erishiga yaqqol misol bo‘lishi mumkin? ------- Janubiy Koreya

  24. Janubiy Koreyada 1970-yillardan qanday sanoat rivojlantirildi? ------- og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo. Elek tronika sanoati jadal taraqqiy etdi.

  25. Qaysi davlat dastlab lampali radiopriyomniklar, oq-qora televizorlardan boshlagan, keyin magnitofonlar, rangli televizorlar, kompyuterlar, mikrosxemalar, so‘ngra videomagnitofonlar, lazerli proigrivtellar, mikroto‘lqinli pechlar va nihoyat personal IBMlar ishlab chiqarishga o‘tdi? ------- Janubiy Koreya

  26. Qaysi davlat po‘lat, dengiz kemalari, avtomobillar, uy-ro‘zg‘or elektronikasi va boshqa shu kabi mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha dunyo liderlari safidan o‘rin egalladi? ------- Janubiy Koreya

  27. Qaysi davlat 1990-yillarga kelib iqtisodiy rivojlangan industrial davlat sifatida shakllandi? ------- Janubiy Koreya

  28. Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokrtalashtirish uchun qanday qonun qabul qilgan? ------- Kasaba uyushmalari tog’risida

  29. Qaysi davlatlarYaponiya modeli asosida kapitalistik taraqqiyot yo‘lidan rivojlanayapti? ------- Tayland, Malayziya, Indoneziya, Filippin

  30. Direktiva so’zining ma’nosi nima? ------- – yuqori tashkilotning unga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga beradigan ko‘rsatmasi, bajarilishi lozim bo‘lgan hujjat.

  31. Militarizm so’zining ma’nosi nima? ------- – jamiyatda harbiylar qatlami va harbiy ruhning ustuvorligiga, harbiy kuchga tayanuvchi siyosiy tizim. Bu tizimda davlat xarajatlarining katta qismi harbiy maqsadlarga yo‘naltiriladi.

  32. Texnopolis so’zining ma’nosi nima? ------- – texnologik yangiliklarni samarali qo‘llash maqsadida tashkil qilingan erkin iqtisodiy hudud. Faoliyatining asosini ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi.

  33. Investitsiya so’zining ma’nosi nima? ------- – iqtisodiyotning biron-bir sohasiga uzoq muddatli kapital kiritish.

  34. Dizayn so’zining ma’nosi nima? ------- – loyihalash, chizish, o‘ylab topish. Dizayn – bu loyihalash tafakkuri va ijodning uyg‘unligiga asoslangan faoliyat turi.

  35. Nou-xau so’zining ma’nosi nima? ------- – biron turdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan texnik, tijorat va boshqa bilimlar majmuyi. Bu atama hujjatlar almashinuvi, ishchilarni o‘qitish, mutaxassislar ishtiroki ko‘zda tutilgan xalqaro kelishuv va shartnomalarda qo‘llaniladi.

  36. «G‘arb o‘lkasi haqidagi xotiralar» kitobining muallifi kim? ------- Yapon yozuvchisi Yasusi Inouening

  37. «G‘arb o‘lkasi haqidagi birinchi xotiralar» kitobida O‘zbekistonning qaysi shaharlari haqidagi ma’lumotlar berilgan? ------- Toshkent, Samarqand, Buxoro

24-MAVZU. 1946 – 1991-YILLARDA XITOY XALQ RESPUBLIKASI

  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida Xitoyda rasmiy hokimiyat kimga tegishli edi? ------- Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan partiyasi (Milliy partiya)ga.

  2. Xitoyda kimning BMTni tuzishda faol qatnashdi va buyuk davlat sifatida Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a’zolaridan biri bo‘ldi? ------- Chan Kayshi hukumati

  3. Qachon SSSR va AQSH vositachiligida Xitoy Kommunistik partiyasi bilan Gomindan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib, o‘zaro dushmanlik harakatlarini to‘xtatishga kelishildi? ------- 1945-yil avgustda

  4. Xitoyda fuqarolar urushi qachon qaytadan boshlandi? ------- 1946-yil iyun

  5. Xitoyda fuqarolar urushi kimlarning o’rtasida yuz bergan? ------- AQSH tarafida Gomindan va SSSR tarafidan Xitoy kommunistlari

  6. Xitoy kommunistlarining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? ------- Yanan

  7. Qachon Gomindanchilar partiyasi Yananni egalladi? ------- 1947-yil

  8. Qachon Xitoy –ozodlik armiyasi hujumga o’tdi? ------- 1947-yil iyul

  9. Qachon Xitoy Xalq Respublikasi tuzildi? ------- 1949-yil 1-oktyabrda

  10. Qachon Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti mamlakatda «sotsializm qurish» to‘g‘ri sida qaror qabul qildi? ------- 1952-yil dekabrda

  11. Qaysi davrda Xitoyni rivojlantirishning «Katta sakrash» siyosati amalga oshirildi? ------- 1960-yillarda

  12. Qaysi davrda «Madaniy inqilob» deb nomlangan siyosatlari amalga oshirildi? ------- 1970-yillarda

  13. Mao Szedun vafotidan so‘ng kim hokimiyatga kelgan? ------- Den Syaopin

  14. Qachondan Xitoyda islohotlarning yangi strategiyasini ishlab chiqdi? ------- 1970-yillar ning oxiridan

  15. Nechanchi yildan qishloq xo‘jaligini keng miqyosda qayta qurish boshlandi? ------- 1981-yildan

  16. Nechanchi yilda Pekin talabalarining norozilik namoyishiga boshqa shaharlarda millionlab ziyolilar qo‘shildi? ------- 1989-yil bahorda

  17. Qachon Pekinda favqulodda holat e’lon qilindi? ------- 1989-yil mayda

  18. Qaysi voqea AQSH Kongressining Xitoyga qarshi sanksiya e’lon qilishiga olib keldi? ------- Den Syaopin Tyananmin maydonidagi namoyishni kuch bilan tarqatib yuborish ni buyurdi. Talabalarga qarshi qurolli kuch ishlatildi, yuzlab yoshlar halok bo‘ldi, ko‘plab kishilar qamoqqa olindi

  19. Xitoy BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarida o‘z o‘rniga ega emasdi, uning o‘rnini qaysi davlat egallagandi? ------- Tayvanda joylashib olgan Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar

  20. Qachondan boshlab G‘arb davlatlari bilan diplomatic munosabatlar tiklandi, Tayvan o‘rniga BMTda o‘z o‘rnini egalladi? ------- 1970-yillardan

  21. Xitoy tashqi siyosatida qaysi davlat bilan munosabatlari murakkabligicha qoldi? ------- SSSR

  22. Qachondan boshlab Xitoy yadro quroliga ega bo‘lgan davlatga aylandi? ------- 1980-yillari

  23. 1980-yillarning ikkinchi yarmidan qaysi davlat bilan ham munosabatlar yaxshilandi? ------- SSSR

  24. Konferensiya so’zining ma’nosi nima? ------- (konferentia – bir joyga to‘playman)– davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillarining muayyan masalani muhokama etish uchun yig‘ilishi.

  25. Pragmatik so’zining ma’nosi nima? ------- – pragmatizm tarafdori, falsafi y tizim. Maishiy ma’noda pragmatik – hayotga nisbatan o‘z qarashlari va amallarini foydali natijalarga qarab shakllantiruvchi kishi.

  26. Strategiya so’zining ma’nosi nima? ------- – hukumatning ishlab chiqarish, daromad va xarajat, budjet, soliq, kapital kiritish, narx-navo, ijtimoiy himoya borasidagi uzoq muddatli, eng muhim tadbirlari rejasi.

  27. Sanksiya so’zining ma’nosi nima? ------- – xalqaro kelishuv va normalarni buzgan bir guruh shaxslar yoki butun boshli davlatga nisbatan qo‘llaniladigan cheklov chorasi. Sanksiya iqtisodiy, harbiy, siyosiy va boshqa turda bo‘lishi mumkin.

Download 124.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling