Umumiy tabiiy geografiya
Zonallik va azonallik (regionallik) qonuniyatlari
Download 20.75 Kb.
|
Umumiy tabiiy geografiya11
Zonallik va azonallik (regionallik) qonuniyatlari
Landshaft qobig`ining tuzilishi uning energiya manbaiga bog`liq. Ma`lumki, Yer sharsimon shaklda bo`lganligidan kuyoshdan keladigan radiatsiya miqdori Yerning ekvatoridan qutblariga tomon qonuniy ravishda kamayib boradi. Bu esa dastavval Yer yuzasining issiqlik rejimida, shuningdek, havo massalarining harorati, namligi hamda zichligida aks etadi, havo sirkulyatsiyasiga ta`sir ko`rsatadi. Biroq kuyoshdan keladigan issiqlikning yer yuzasida taqsimlanishi geografik kengliklarga to`liq mos tusha bermaydi. Bunga sabab Yerning o`z o`qi atrofida, kuyosh atrofida aylanishi hamda butun aylanish davrida Yer aylanish o`qining ekliptika tekisligiga nisbatan 660 31I, 22II burchak hosil qilib turishidir. Yerning aylanishi va issiqlikning notekis taqsimlanishi natijasida troposferada havo oqimlarining zonal sistemasi vujudga keladi. Bu esa Yer yuzasining radiatsiya va issiqlik balansini ancha o`zgartirib yuboradi. Natijada kuyoshdan tushadigan eng ko`p radiatsiya ekvatorga emas, balki 20-300 kengliklar oralig`iga to`g`ri keladi. Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi va ekliptika bo`ylab kuyosh atrofidagi harakati natijasida kuyosh radiatsiyasi yil bo`yi bir xil miqdorda tushmaydi. Buning natijasida issiqlik va radiatsiya zonalari yil davomida mavsumiy ravishda surilib turadi. Bu ham landshaft qobig`idagi zonallikni murakkablashtirib yuboradi. Zonallik Yer landshaft qobig`ining barcha komponentlarida muayyan darajada o`z ifodasini topgan. Lekin mavjud zonallik kuyosh radiatsiyasining kengliklarga qarab taqsimlanishining bevosita in`ikosi emas, zonallik landshaftning turli komponentlarida, turli tabiiy geografik jarayonlarida turlicha aks etadi. Masalan, zonalarning o`zgarishi bilan havo harorati va yog`in miqdori bir xilda o`zgarmaydi. Zonallik landshaftning barcha komponentlari hamda tabiiy jarayonlar uchun xos bo`lgan umumiy geografik qonuniyatdir. Zonalar vaqt va makonida o`zgarib turadi. Ularning o`zgarishi kosmik hamda planetlar sabablar ta`sirida iqlimning o`zgarishi oqibatida ro`y beradi. Lekin landshaft komponentlari iqlimning o`zgarishidan turlicha ta`sirlanadi. Eng tez o`zgaruvchi komponentlar o`simlik va hayvonot dunyosi, undan so`ng yer usti va yer osti suvlari rejimidir. Relyef bilan tog` jinslari eng sekin o`zgaradigan komponentlar hisoblanadi. Shu sababli landshaftlarning bunday “beqaror” komponentlari hozirgi zamon zonallik xususiyatlariga mos tushirmasligi mumkin. Landshaft qobig`ining tuzilishida zonallik qonuniyati bilan birga azonallik qonuniyati ham amal qiladi. Yer ichki energiyasi ta`sirini hamda Yer po`sti taraqqiyotining oqibatidir. Landshaft qobig`idagi radiatsion zonallik qonuniyatiga mos kelmaydigan tabiiy xususiyat va hodisalarni taqozo qiluvchi barcha boshqa zonallik, masalan, balandlik mintaqalanishi, meridional zonallik, sektoriallik, regionallik va boshqalar zonallik deb ataladi. Bular Yerning ichki energiyasi ta`siri natijasi bo`lgan tektonik rivojlanishiga bog`liqdir. Yer landshaft qobig`idagi eng katta azonallik yer yuzining okeanlar va quruqliklardan iborat ekanligidir. Materiklarning okeanlarga yaqin va ulardan uzoq qismlarining geografik komplekslaridagi (landshaftlaridagi) tafovutlarga qarab har bir materikda 3 ta region (sektor) ajratiladi. Bular-g`arbiy okean yoni, markaziy kontinental va sharqiy okean sektorlaridir. Bu har bir regionning tabiat zonalari sistemasi bir-biridan farq qiladi. Yer yuzasining dengiz sathidan qanday balandlikda joylashganligi, eng yangi tektonik harakatlarning xususiyati, joyning geologik tuzilishi, tog` jinslarining tarkibi tabiiy landshaftlarning azonalligida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Joyning dengiz sathidan balandligi iqlimga ta`sir ko`rsatadi, yer usti va yer osti suvlarining ko`p xususiyatlari, tuproqning mineral tarkibi, relyefning skulptura shakllari ko`p jihatdan tog` jinslariga bog`liqdir. Yer yuzasi tuzilishining eng muhim geografik oqibati balandlik mintaqalarining tarkib topishidir. Balandlik mintaqalanishi tog`larida yuqoriga ko`tarilgan sari radiatsiya balansining keskin kamayishi va yog`in miqdorining o`zgarishi oqibatidir. Lekin balandlik mintaqalari tekislikdagi zonalarni to`liq takrorlamaydi. Tekislikdagi ayrim zonalar tog`larda butunlay uchramaydi. Tog`lardagi balandlik mintaqalarining ko`rinishi (spektri) xilma-xil bo`lib, tog`larning qaysi kenglik zonasida, materiklarning qanday regionlarda joylashganligiga hamda tog`larning ekspozitsiyasiga bog`liq ravishda xilma-xil bo`ladi. Azonallik qonuniyati ham zonallik qonuniyati kabi umumiy geografik qonuniyat bo`lib, geografik komplekslarning barcha komponentlarida o`z aksini topadi. Bir-biridan tamomila mustaqil bo`lgan bu ikki qonuniyat yer yuzining hamma qismida birgalikda ta`sir ko`rsatadi.
Download 20.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling