Umumiy tabiiy geografiya
Asosiy geografik qonuniyatlar
Download 20.75 Kb.
|
Umumiy tabiiy geografiya11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer landshafti qobig`ining bir butunligi
Asosiy geografik qonuniyatlarTabiatdan, tabiiy resurslardan to`g`ri foydalanish, tabiatni inson mafaatini ko`zlab o`zgartirish tabiatning asosiy geografik qonuniyatlariga asoslanib amalga oshirilishi lozim. Aks holda kutilgan natijaga erishish mumkin emas. Tabiatdan foydalanishda doim diqqat-e`tiborda tutilishi lozim bo`lgan asosiy qonuniyatlar quyidagilar: Yer landshafti qobig`ining bir butunligi Yerning landshaft qobig`i ham, har bir landshaft ham tabiat komponentlari-relyef, tog` jinslari, tuproq, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, hayvonot hamda o`simlik dunyosi va ularning elementlaridan tashkil topgan. Tabiat komponentlarining har biri o`ziga xos qonuniyatlar asosida mavjud va rivojlanadi. Biroq, hech bir komponent boshqa komponentlardan ajralgan holda rivojlanmaydi, ular doimo bir-birining ta`sirida bo`ladi va ularning o`rtasida modda hamda energiya almashinib turadi. Binobarin, landshaft qobig`i va har bir landshaft tabiiy komponentlarning oddiy yig`indisidan iborat bo`lmay, ularning o`zaro uzviy bog`langan bir butunligidan iboratdir. Landshaftning barcha komponentlari muayyan muvozanatda shunday tabiiy kompleks hosil qiladiki, unda yangi sifat vujudga keladi. Landshaft qobig`i va landshaftlarning bir butunligi tabiat komponentlarining shunday nozik muvozanatidan iboratki, geografik komplekslardagi bironta qismining o`zgarishi butun kompleksning o`zgarishiga olib keladi. Landshaft qobig`i yoki ayrim landshaftlarning, binobarin, geografik komplekslarning o`zgarish ko`lami (masshtabi) ayrim tabiat komponentlarining o`zgarish ko`lamiga bog`liq. Turli komponentlarning rivojlanish sur`ati har xil bo`ladi. Eng tez o`zgaradigan komponent hayvonot dunyosidir, undan keyin o`simliklar, tuproq, suvlar, iqlimiy xususiyat, relyef va nihoyat tog` jinslari turadi. Insonning har bir joydagi xo`jalik faoliyati landshaft qobig`ida uzoq davrlar mobaynida qaror topgan muayyan tabiiy geografik jarayonlarga ta`sir ko`rsatadi. Tabiatga inson tomonidan berilgan birinchi “turtki” tabiiy kompleksda bir qator o`zgarishlarga, ba`zan odam bevosita ko`rsatgan ta`siriga qaraganda juda katta natijalarga olib kelishi mumkin. Tabiatdagi sabab va oqibat bog`lanishlari oddiy bog`lanish bo`lmay, juda murakkab bog`lanishdir. Ana shu juda murakkab bog`lanishni bilib olingandagina inson xo`jalik faoliyati ta`sirining geografik kompleks komponentlari o`rtasidagi muvozanatning qanday yo`nalishda o`zgartirishi haqida fikr yuritish mumkin. D.L.Armandning ta`biri bilan aytganda tabiatdagi nozik sabab-oqibat aloqalarini bilmagan odamning tabiatdan foydalanishga urinishi asalarining o`zini o`rgimchak to`riga urishiga o`xshaydi.
Download 20.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling