Umumiy tabiiy geografiya


Landshaft komponentlarining o`zaro modda va energiya almashinishi orqali bog`langanligi


Download 20.75 Kb.
bet3/5
Sana06.11.2021
Hajmi20.75 Kb.
#171103
1   2   3   4   5
Bog'liq
Umumiy tabiiy geografiya11

Landshaft komponentlarining o`zaro modda va energiya almashinishi orqali bog`langanligi

Landshaft komponentlari o`rtasida modda hamda energiya to`xtovsiz almashinib turadi. Bunday modda va energiya almashinishi oddiy almashinish bo`lmay, bu jarayon davomida modda va energiyada sifat o`zgarishi ham ro`y beradi. kuyoshdan kelayotgan nur energiyasi geografik landshaftda energiyaning boshqa ko`rinishlariga-issiqlik, mexanik, bioximik energiyaga aylanadi.

Landshaft qobig`ining va har bir landshaftning, binobarin, geografik sistemaning mavjudligi ham ularda modda va energiya almashinishi jarayonlarining majmuidan iboratdir.

Landshaftlar komponentlari o`rtasida modda va energiya almashinishi hamda ularning o`zgarishi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Landshaftlarda ham go`yo tirik organizmdagi kabi modda va energiya almashinib, qayta o`zgarib turadi. Masalan, xlorofill molekulalari yordamida ro`y beradigan fotosintez jarayoni natijasida organizmda quyoshning nur energiyasi bilan jonsiz tabiat moddalaridan organik moddalar vujudga keladiki, ular hayot uchun moddiy hamda energetika bazasini vujudga keltiradi.

Tabiatda aylanma harakat zanjirning biror yerida uzilish ro`y beradigan bo`lsa, unda modda ishlatiladigan zaharli ximikatlarni bakteriya va zamburug`larni ham qirib yuborishi mumkin. Bunda landshaftdagi modda almashinishida muayyan uzilish bo`ladi. Bu yomon oqibatga olib kelishi mumkin.

Inson o`zining xo`jalik faoliyati bilan tabiatdagi modda va energiya aylanishi jarayoniga ta`sir ko`rsatmoqda, bu jarayonda millionlab yillar mobaynida qaror topgan muvozanat buzilmoqda.

Insonning xo`jalik faoliyati ta`sirida yer yuzidagi o`rmonlarning 40% dan ortiq qismi yo`qotildi, obikor yerlarga suvning 60% chasi daryo va ko`llarga qaytib tushmaydi, atmosferadan sanoat ehtiyojlari uchun har yili 10 mlrd.tonna kislorod olinadi, u atmosferaga qaytib kelmaydi va h.k. sanoatda ishlab chiqarilayotgan ba`zi mahsulotlar chirishga o`ta chidamli bo`lganidan moddalarning aylanma harakatiga jalb etilmay qolib, tuproq va guruntni ifloslamoqda. Bularning hammasi tabiatda modda aylanishi jarayonidagi ta`sir ko`rsatmay qolmaydi.

Download 20.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling