Umumiy tilshunoslik faninig maqsadi
Peterburg lingvistika maktabi
Download 113.65 Kb.
|
4-kurs uchun nazariyadan UMK
Peterburg lingvistika maktabi
Bu maktabning shakllanishida A. X. Vostokov, I.I.Sreznevskiy, A. I. Sobolevskiy, I. V. Yagich, A. A. Shaxmatov, L. V. Shcherba, B. A. Larin, V. V. Radlov kabilarning xizmati kattadir. I. A. Boduen de Kurtene Peterburgdagi faoliyati davrida L.V.Shcherba kabi shogirdlar etishtirdi. Akademik L. V. Shcherbaning ilmiy merosi tilshunoslikning turli sohalariga doir ko‘p sonli asarlardan iborat. U yirik fonetist sifatida mashhur bo‘ldi. U Boduen de Kurtene nazariyasidan farqli ravishda o‘zining fonema nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, fonema so‘z va uning shakllarini differentsiatsiya qilish qobilyatiga ega bo‘lgan tovush tilidir. Bu tovush, ya’ni fonema umumiylikni hosil qilish bilan birga nutqda juz’iylik, xususiylik hosil qilib reallashadi. Uningcha, fonemani so‘z va uning shakllarini farqlovchi tovush tiplari deb emas, balki morfemalarning tovush qobig‘ini farqlovchi tovush tiplari deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Akademik L. V. Shcherba fonetika sohasida ko‘p ish qilgan olim. Bu sohada uning «Frantsuz tili fonetikasi» kitobi xarakterlidir. Uning «Til hodisalarini uch aspektda o‘rganish» va «Tilshunoslikdagi eksperiment haqida» kitobi mashhurdir. U birinchi bo‘lib tovushlarni eksperiment tarzida o‘rganadi va Peterburgda eksperimental fonetika kabineti ochadi. Uning shogirdlari prof. Matusevich va Zimmerdir. F.F.Frotunatovning shogirdi A.A.Shaxmatov Peterburgda filologiyaning rivojlanishi uchun katta hissa qo‘shdi. A. A. Shaxmatovning ilmiy merosi juda katta bo‘lib, u 150 dan ortiq asar e’lon qilgan. Uning asarlari tilshunoslik va adabiyotshunoslik, manbashunoslik, paleografiya, folklor, etimologiya, tarix fanlari sohasiga oiddir. A. A. Shaxmatov so‘z turkumi tasnifini berib, ularni to‘rt guruhga ajratadi: 1. Mustaqil ma’noli so‘zlar: ot, fe’l, sifat, ravish. 2. Mustaqil ma’nosi bo‘lmagan so‘zlar: olmosh, son, olmoshdan tug‘ilgan ravishlar. Z. Yordamchi so‘zlar: old ko‘makchi, bog‘lovchi, prefiks, yuklama. 4. So‘zlarning ekvivalenti bo‘lgan undovlar. A. A. Shaxmatov so‘zning grammatik shakliga quyidagilarni kiritadi: 1)otlarning songa ko‘ra o‘zgarishi va kelishiklar bilan turlanishi; 2)sifatlarning grammatik jinsi, soni, kelishiklar bilan turlanishi, sifat darajalari; 3)olmoshlardagi shaxs-son va grammatik jinsga ko‘ra o‘zgarish; 4)fe’llardagi shaxs-son, zamon, mayl, nisbat, tur, infinitiv, sifatdosh, ravishdoshga ko‘ra o‘zgarishlar. A. A. Shaxmatov tilni o‘rganish sintaksisga asoslanib olib borilishi kerak, degan fikrda edi. Bu fikrlarni «Rus tili sintaksisi» nomli mashhur asarida bayon qilgan. U so‘z turkumlarini sintaksisga ko‘chirib, morfologiyaga so‘z shakllarinigina qoldiradi. XX asr rus tilshunosligida turli oqim va yo‘nalishlar mavjud edi. Ular o‘zlarining ilmiy tekshirish ishlarini turli nazariy qarashlar asosida davom ettirdilar. 2-30- yillardagi rus tilshunosligida quyidagi yo‘nalishlar va nazariy qarashlar mavjud edi. Katta bir guruh tilshunos olimlar u yoki bu darajada Moskva va Qozon lingvistik maktabi traditsiyalarini davom ettirdi. Bu tilshunoslar jumlasiga D.N.Ushakov, V.A.Bogoriditskiy, M.M.Pokrovskiy, E.D.Polivanov, A.M.Peshkovskiylarni kiritish mumkin. Ular metodik jihatdan tilni o‘rganishda, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikni qo‘llab quvvatladilar. N.Ya.Marr va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan til haqidagi «Yangi ta’limot» an’anasi hukm surar edi. Bu nazariya tarafdorlari tilshunoslikni ilmiy asosdan ajratib qo‘ydilar. N.Ya.Marr til haqidagi «Yangi ta’limotini yanada takomillashtirish uchun kurashuvchilar va unda mavjud bo‘lgan noto‘g‘ri o‘rinlarni anglab olgan tilshunoslar». Bunga I.Meshchaninov, A.P.Potseluevskiy kiradi. L.V.Shcherba kontseptsiyasi asosida rus tilshunosligini rivojlantirish an’anasi mavjud edi. Bu kontseptsiya rus tilshunosligini rivojlantirish va shakllantirishda ancha xizmat qilgandir. A.M.Peshkovskiy (1878-1933) o‘zining tilshunoslikka doir qarashlarining fundamentini F.Fortunatov va A.A.Potebnyadan olganligini ta’kidlaydi. U tilni o‘rganishda ustozlari izidan borib rus tilining turli sohalari haqida nazariy fikrlarni bayon etadi. Uningcha, biror narsaga ta’rif berganda uning tashqi tomonini emas, mohiyatini hisobga olish kerak deydi. Masalan, so‘z morfemalarning yig‘indisi, so‘z birikmalarining yig‘indisi deb tar’riflash mohiyatini ochib bera olmaydi. A.M.Peshkovskiy rus tili grammatikasining idealizm bilan materializmni birga qo‘shgan eklektik sistemani yaratdi. U sintaktik hodisalarni sub’ektiv-psixologik nuqtai nazardan talqin qildi. Bu fikrlar uning mashhur asari «Ilmiy yoritilgan rus tili sintaksisi» (1914)da bayon etilgan. U til taraqqiyoti haqida to‘xtalib, til taraqqiyotida sakrash hodisasi yo‘q, deydi. A.M.Peshkovskiy faqat rus tili sintaksisi sohasidagina ish olib bormasdan, uintonatsiya, urg‘u, orfografiya, metodika, stilistika sohasida ham samarali ishlagan. Rus tilshunosligi taraqqiyotida samarali ishlagan olimlardan yana biri G.O.Vinokurdir (1896-1945). G.V.vinokur tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida samarali ish olib borib til bilan adabiyotni birlashtirishga harakat qildi. Rus tilida so‘zlarning yasalishi, rus tili orfografiyasi, stilistika sohasida ham salmoqdor ishlar qilgan. U umumiy tilshunoslik masalalari bilan ham shug‘ullanib, bu sohaga doir qarashlarini «til tarixining vazifalari haqida» nomli asarida bayon etadi. Rus tilshunosi E.D.Polivanov (1890-1937) faqat til nazariyotchisigina bo‘lib qolmay, u xitoy, dungan va turkiy tillarni ham o‘rgangan. Uning ko‘pchilik lingvistik qarashlari Boduen de Kurtenening nazariy qarashlariga mos tushadi. Lekin bunda ba’zi bir sotsiologik qarashlar ham mavjuddir. E.D.Polivanov o‘zining tilshunoslikka doir nazariy qarashlarini «Tilshunoslik va umumiy fonetikaga kirish kursidan lektsiyalar» nomli asarida bayon etgan. U Marr va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan nazariyalarga qarshi kurashib qiyosiy-tarixiy tilshunoslikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan. Bunda u ma’lum faktlarni mladogrammatiklar kabi keltirish bilan cheklanmaydi, balki har bir taraqqiyotni kuzatishga harakat qiladi. E.D.Polivanov umumiy tilshunoslik masalalari bilan ham shug‘ullanib, matematik lingvistika haqida ham o‘z nazariy xulosalarini aytgan. E.D.Polivanov dastlabki ishlarida til hodisalarini psixologik nuqtai nazardan, keyinchalik tilni ijtimoiy hodisa deb qaraydi. Lekin u fonologiyani psixofonetika deb nomlaydi. Fonemaning fakultativ variantlari va kombinator variantlari orasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqladi, bir fonemaning ikki fonemaga parchalanishi (divergentsiya) va ikki fonemaning o‘zaro bir-biriga o‘xshab qolishi yoki bita fonema bo‘lib ketishi (konvergentsiyasi) nazariyalarini ishlab chiqdi. U morfemani ikki turga leksik (o‘zak) va formal (grammatik) turlarga ajratadi. E.D.Polivanov frazeologiyani tilshunoslikning alohida bo‘limi deb hisoblashni tavsiya etadi. Uni leksikologiyaga ham sintaksisga ham kiritmaydi. U bir qancha tillarning qiyosiy grammatikalarini yaratdi. Jumladan 1933 yilda «Rus tilining o‘zbek tili bilan qiyoslashgan grammatikasi» degan asar yozgan. Rus tilshunosligini taraqqiy ettirishda akademik L.Herba (1880-1944)ning xizmatlari kattadir. L.V.Shcherbaning tilshunoslikdagi tadqiqot doirasi juda keng. U tilshunoslikning umumiy masalalari, fonetikasi va orfoepiyasi, leksikografiyasi, xorijiy tillarni o‘rganish metodikasi va frantsuz tili kabi sohalari haqida qimmatli fikrlar bildirgan. Bu fikrlar uning «Sharqiy lujits shevasi», «Orfografiyaning asosiy printsiplari va ularning ijtimoiy ahamiyati», «Ona tilini o‘qitish metodikasida eng yangi oqim», «Savodsizlik va uning sabablari»asarlarida o‘z ifodasini topgan. Tilshunoslikning umumiy masalalari bilan qiziqib, u tilga struktura sifatida emas, balki sistema sifatida yondashadi. L.V.Shcherba til hodisalarining uch jihatiga e’tibor berishni qayd etadi. Nutq faoliyati, til materiali, til sistemasi. L.V.Shcherbaning bu fikrlari «rus tilidagi so‘z turkumlari haqida» (1928) degan kitobida o‘z ifodasini topgan. Sistema deganda u so‘zlar qatorining grammatik qonun qoidalar asosida biriktirilgan so‘zlarni tartibga keltiruvchi grammatik formalarni tushunadi. L.V.Shcherba so‘zlarning leksik-grammatik turlari nazariyasini yaratdi. Bunda u grammatikaning quyidagicha taqsimotini beradi: 1. So‘z yasovchilar haqida qoida. 2. Forma yasovchilar haqida qoida. 3. Aktiv va passiv sintaksisi haqida qoida 4. Fonetika. 5. Leksik va grammatik kategoriyalar haqida qoida. L.V.Shcherba fonetika, fonologiya va fonema nazariyasi haqida ham qimmatli fikrlar bildirgan. Fonema nazariyasi uning «Frantsuz tili fonetikasi» kitobida bayon etilgan. Uning fonema haqidagi kontseptsiyasi keyinchalik shogirdlari L.R.Zinder, M.I.Matusevich tomonidan davom ettirildi. Rus tilshunosligi taraqqiyotida V.V.Vinogradovning katta hissasi bor. U badiiy til, stilistika, til tarixi, morfologiya, sintaksis, frazeologiya, leksikologiya sohasida arzirli ishlar qilgan. U «Badiiy adabiyot tili haqida» (1959) nomli yirik tadqiqotchi bilan badiiy adabiyot tilini filologiya fanining mustaqil tarmog‘i sifatida asoslab berdi. V.V.Vinogradovning morfologiya sohasida yaratgan muhim nazariyasi «Rus tili. So‘z haqida grammatik ta’limot» (1947) nomli asarida o‘z ifodasini topgan. Til sintaksisi haqdadagi original fikrlar "Rus tili sintaksisini o‘rganish tarixi" asarida bayon etilgan. Leksikologiya, frazeologiya, so‘z yasalishi masalalariga bag‘ishlangan ilk fikrlar ham Vinogradovga tegishlidir. Xullas, V.V.Vinogradovning badiiy adabiyot tili, stilistika, frazeologiya haqidadagi tadqiqotlari shu sohalarning rivoji uchun nazariy yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. XX asrning dastlabki yillarida sotsiologik oqim namoyondalari ham mavjud edi. Bular jumlasiga N.Ya.Marr, R.O.Shorni kiritish mumkin. "Til haqidagi "yangi nazariya" N.Ya.Marr nomi bilan bog‘lanadi. N.Ya.Marr o‘zining tilshunoslikka doir qarashlarini yoritar ekan o‘z nazariyasining ba’zi elementlarini Ђarbiy Evropa tilshunosligidan olgan. U tilshunosgina emas, balki zo‘r arxeolog hamdir. N.Ya.Marrning ta’limoti tubandagi masalalarni qamrab olgan: 1. Til ustqurma kategoriyasiga kirib sinfiy xarakterga egadir. Umumxalq tili bo‘lmaydi, har bir til qarama-qarshi sinflar tilidan iborat. 2. Kishilarning so‘zlashuv tili paydo bo‘lgunga qadar jamiyatda kinematik til 500 ming yil avval paydo bo‘lgan tovush tili, 50 ming yil ilgari shakllangan imo-ishora, mimika tili hukm surgan. 3. Har bir tilning taraqqiyoti asosida to‘rt element yotadi. Bular sol, ber, yon, rosh. 4. Tilning taraqqiyoti asta-sekin eski shakllarini yangi shakllar bilan almashishi asosida emas, balki sakrash yo‘li bilan bo‘ladi. Ana shu sakrash yo‘lida tildagi eski shakl va so‘zlar yo‘qoladi yoki yangi ma’no ottenkalarini kasb etadi. Shu nuqtai nazardan N.Ya.Marr tarixiy tilshunoslikka qarama-qarshi so‘zlar semantikasiga katta e’tibor beradi. 1920-30 yillarda rus tilshunosligi taraqqiyotida birinchi oqim namoyondalari samarali xizmat qildilar. Ular tilllarni urganishda qiyosiy-tarixiy metodning ahamiyatini tushundilar va Marning nazariyasiga qarshi kurash olib bordilar. Jumladan, E.D.Polivanov uzining "Tarixiy tilshunoslik va til siyosati" nomli asarida bu nazariyaning kamchiliklarini ochib tashladi. N.Ya.Marr ta’limoti uning shogirdlari tomonidan kryta kurib chshrshdi. I.I.Meshchaninov 30-yillarda Marr ta’limotining targ‘ibotchisi sifatida, 40-yillar va undan keyin Marr kontseptsiyasidagi xato va kamchiliklarini sezib xozirgi davr tilshunosligi bilan moslashtirishga harakat qildi. Keyinchalik o‘z xatolarini tushunib Marr kabi tilning asosida semantika emas, balki grammatik kategoriyalar mavjudligini ko‘rsatib berdi. I.I.Meshchaninov tilshunoslikning turli masalalari yuzasidan qimmatli tadqiqotlar olib borib keyinchalik qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning roliga ham katta baho berdi. Download 113.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling