Umumiy tilshunoslik faninig maqsadi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 101.72 Kb.
bet21/31
Sana17.02.2023
Hajmi101.72 Kb.
#1208037
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
2 5240342443127218090

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Abu Nasr Forobiyning tilshunoslikka oid asarlari va qarashlari haqida ma’lumot bering.

  2. Aliborona kim va uning tilshunoslik haqidagi asarlari haqida qanday ma’lumotga egasiz?

  3. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asari haqaida ma’lumot bering.

  4. Mahmud az-Zamaxshariyning tilshunoslikka oid asarlari haqida nimalarni bilasiz?

  5. Mirzo Mehdixon kim va u O’rta Osiyo tilshunosligida qanday o’ringa ega?

  6. Uyg‘onish davrida grek va lotin tili matnlarini sharhlash va nashr etish borasidagi muammolar haqida ma’lumot bering.

  7. Leybnits Gotfrid Vilgelm tilshunos olim sifatida.


6-MA’RUZA
TILSHUNOSLIK MAKTABLARI. TILSHUNOSLIK MAKTABLARINING BOSH MOHIYATI
Reja:

  1. Tilshunoslikdagi asosiy yo‘nalishlar.

  2. Naturalistik yo‘nalishning paydo bo‘lishi.

  3. Yosh grammatikachilar.

  4. Praga lingvistik maktabi

  5. Peterburg lingvistik maktabi

  6. Moskva va Qozon lingvistik maktablari



Tayanch tushunchalar: yosh grammatikachilar, nazariyalar, Shleyxer, naturalism, Myuller, qiyosiy tilshunoslik, F. de Sossyur, Polivanov, Shcherba.
Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy jihatdan hind-yevropa tillarini o‘rganish jarayoni bir necha taraqqiyot davrini boshidan kechirdi. Ular quyidagilardan iborat:
1-davr.Qiyosiy-tarixiy metodning asoslanishidan yosh grammatikachilargacha.
2-davr. Yosh grammatikachilar.
3-davr. Yosh grammatikachilardan F. de Sossyurning «Umumiy tilshunoslik kursi» asarigacha.
4-davr. F. de Sossyurning «Kursi» dan hozirgi kungacha.
XIX asrning 70-80-yillarida tilshunoslikda eski tilshunoslik yo‘nalishlariga hujum qilib yangi yo‘nalish maydonga keldi. Nemis filologi F. Tsarnke ularga kulgili tarzda yosh grammatikachilar deb nom berdi. Yosh grammatikachilar oqimining boshlovchisi K. Brugman bu nomni maktabning nomi qilib oldi.
Til asosan tilshunoslikning predmetidir. Lekin tilni filosof ham, fiziolog ham, sotsiolog ham o‘rganadi. Ular bir tilni o‘rganganda unga turlicha yondoshadi va turli aspektda yoritadi. Golland tilshunosi fon Ginneken tilni obrazli qilib uy bilan tenglashtiradi. Podval qismida biologiya va fiziologiya bo‘lsa, beletaj va birinchi qismida psixologiya va sotsiologiya mavjuddir, deydi. Tilshunoslik fanining predmeti bo‘lgan til deb nimani tushunamiz va uning mohiyati nimadan iborat? degan savolga turlicha javob olamiz. Tilning mohiyatini turlicha tushunish va talqin etish natijasida tilshunoslikda turli xil oqimlar va nazariyalar vujudga kelgan. Bu nazariya va oqimlar quyidagilardan iborat:
1. Naturalizm oqimi.
2. Psixologizm oqimi.
3. Yosh grammatiklar oqimi.
4. Moskva va Qozon tilshunoslik maktablari.
5. Pozitivizm va neolingvistika oqimi.
6. Sotsiologizm oqimi.
7. Strukturalizm oqimi.
8. Etnolingvistika oqimi.
9. Semasiologiya va semantiklar oqimi.
10. XX asr tilshunosligi. Sistem tilshunoslik.
Avgust Shleyxer nazariyasining asosiy g‘oyasi va biologik kontseptsiyasi. Tilshunoslikda naturalizm oqimi. Naturalizm oqimi va uning rivojlanishi mashhur nemis olimi Avgust Shleyxer nomi bilan bog‘liqdir. Bu oqim XIX asrda shakllandi.
Avgust Shleyxerning naturalistik qarashlari uning «Cherkov-slavyan tilining morfologiyasi» (1852), «Litva tilidan qo‘llanma» (1856), «Hind-evropa tillarining qiyosiy grammatika kompendiumi» (1861), «Nemis tili» (1859), «Darvin nazariyasi va tilshunoslik» (1863) kabi asarlarida olg‘a surilgandir. Uning naturalistik kontseptsiyasi birinchi asari «Evropa tillari» (1850) da berilgan.
Tilshunoslik sohasiga naturalistik qarashlarning kirib qolishiga asosiy sabab, birinchidan, olimlar tilning xarakteri va ijtimoiy mohiyatini tushunmaganliklari bo‘lsa, ikkinchidan, tabiat sohasida qilingan Darvin kashfiyotining keng tarqalganligi bo‘ldi.
Avgust Shleyxer tilshunoslikni tabiatshunoslik bilan tenglashtirdi. U yozadi: «Til vositasida kishilar fikr qiladi, tana jon uchun qanchalik kerak bo‘lsa, tafakkur uchun til ham shunchalik kerakdir». Uningcha, tasavvur va tushuncha tovushli ifoda bo‘lib, ma’noni tashkil qiladi. Tilning mohiyati unda ma’no va munosabatning ifodalanishi bilan aniqlanadi. Ma’no va munosabat so‘zni tashkil qiladi. Tilda ma’no va munosabatning ifodalanish xarakteriga qarab, A.Shleyxer tillarni uch tipga ajratadi. Bu tabiatdagi uch holatni ko‘rsatadi, deb izohlaydi:
1. Tilda faqat ma’no tomoni o‘z ifodasini topadi. Bunda so‘z bo‘linmaydigan turg‘un birlikni tashkil qiladi. Shu jihatdan u kristallga o‘xshaydi. O‘zakli tillar ham shunday. Bunga u xitoy, annam, siam va birma tillarini kiritadi.
2. Tilda ma’no va munosabat ifodalangan bo‘lib, so‘zning qismlari o‘zak bilan mahkam bog‘langandir. So‘zlarni qismlarga bo‘lish mumkin. Bunday so‘z qurilishiga ega bo‘lgan tillar agglyutinativ tillardir. Agglyutinativ tillar, A. Shleyxer fikricha, o‘simlikka o‘xshaydi. Bunday tillarni ikki guruhga ajratadi: sintetik tillar va analitik tillar. Sintetik tillarga turkiy tillar, mo‘g‘ul tillari, fin-ugor tillari, dravid tillarini kiritadi. Analitik tillarga tibet tilini kiritadi.
3. Uchinchi tur tillarda munosabat tovush ifodasiga hamda so‘z birlikka ega. Bu narsa flektiv tillarga xos bo‘lib, u til qurilishining yuqori cho‘qqisidir. Bunday ko‘rinishda tillar hayvon organizmiga o‘xshaydi.
Tabiat taraqqiyoti mineral dunyodan o‘simlik dunyosiga va undan hayvonot dunyosiga qarab rivojlandi. Ana shu uch xil taraqqiyotga o‘xshash uch xil til vujudga keldi, deb izohlaydi A. Shleyxer. Uch tip tillar tarixdan oldingi davrda vujudga kelgan. U tillar tarixiy davrda rivojlanmaydi, degan xulosaga keladi. Tarixiy davr tillarning taraqqiyoti emas, balki tushkunligi davridir. Tushkunlik oliy ruhning tazyiqi ostida ro‘y beradi.
A.Shleyxer tilni lingvistik va filologik nuqtai nazardan tahlil qiladi. Filologiya tarixiy fan bo‘lsa, tilshunoslik tarixiy emas, balki tabiatshunoslik fanidir. Tilshunoslikning maqsadi tillarni o‘rganish bo‘lsa, filologiyada til vosita bo‘lib xizmat qiladi. Adabiyot bor erda filolog ish ko‘radi. Agar filologni tilning qo‘llanishi qiziqtirsa, tilshunosni til organizm ekanligi qiziqtiradi. Agar botanik o‘simlikka qanday munosabatda bo‘lsa, tilshunos tilga shunday munosabatda bo‘ladi. A.Shleyxer filologni dehqon bilan qiyoslasa, tilshunosni zoolog bilan tenglashtiradi. Tilshunosni botanikka tenglashtirish bilan cheklanib qolmay, o‘zi «bobo daraxt» nazariyasini yaratdi. U hind-evropa tillari oilasidagi tillarni katta daraxtga o‘xshatadi. Hind-evropa bobo tilini daraxtning tanasiga, hind-evropa tillari oilasining tarmoqlarini daraxt shoxlariga o‘xshatadi. Hozirgi hind-evropa tillari tarmog‘ida uchrovchi shakllarni tushunish uchun qadimgi hind-evropa tilini tiklashga katta ishonch bilan qaragan. Uning qadimgi hind-evropa tilida yozilgan masali ham bor bo‘lib, u «Qo‘y va otlar» deb ataladi.
Demak, A.Shleyxerning naturalistik qarashlari alohida tizimni tashkil qiladi. Uning naturalistik qarashlarini quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:
1. Til fikrni tovushli ifodalashdir. Faqat til vositasida o‘ylash mumkin. Fikrda tasavvur (tushuncha) va munosabat o‘z aksini topadi. Tilda so‘zning o‘zagi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’no va affikslar bilan aloqador bo‘lgan munosabat mavjuddir.
2. Munosabatning ifodalanishiga qarab, tabiatdagi kristall, o‘simlik, hayvonot olami kabi tillarni uch tipli til va uning taraqqiyotidagi uch bosqichni ko‘rsatadi.
3. Tillarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixgacha bo‘lgan davrda bor edi, tarixiy davrda tillar rivojlanmaydi.
4. Hamma tillarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va yo‘qolishi bir xildir.
5. Bir kishining xohishi tilning xususiyatini va taraqqiyotini belgilay olmaydi. Til tabiiy organizmdir. Til organizmda paydo bo‘ladi, o‘sadi va qariydi. Tilshunoslik - tabiiy fandir.
6. Tabiiy fan deb hisoblangan tilshunoslikni tarixiy fan deb hisoblovchi filologiyaga qarama-qarshi qo‘yadi. Filolog faqat yozuvga ega bo‘lmagan tillarni va dialektlarni o‘rganishi kerak, deydi. Filologning tilga munosabatini bog‘bonning o‘simliklarga munosabatiga, tilshunosning tilga munosabatini botanikning o‘simliklarga munosabati bilan qiyoslaydi.
7. Tilshunoslikning bo‘limlaridan morfologiya tom ma’noda lingvistik fan, sintaksis ba’zan filologiyaga ham taallyqli, stilistika to‘laligicha filologiyaga tegishlidir.
A.Shleyxerning bu kontseptsiyalarida naturalizm, gegelchilik va individualizmning yig‘indisi o‘z ifodasini topgandir. Undan ikki tayanch nuqtani ajratib olish mumkin. Biri «til - fikrni ifodalash vositasi», ikkinchisi «til - tabiiy organizm» deb qaraydi.
A.Shleyxer birinchi marta naturalistik qobiqda bo‘lsa ham filologiya bilan tilshunoslikni chegaralashga harakat qildi. Bundan tashqari, yozuvga ega bo‘lgan tillarni va dialektlarni o‘rganish masalasini olg‘a surdi.
A.Shleyxer o‘zining bu naturalistik nazariyasini qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nuqtai nazaridan turib yaratdi.
Naturalistik oqimning vakillaridan yana biri nemis olimi Maks Myullerdir. A.Shleyxerdan farqli o‘laroq tilni fikrlash organi deb qaraydi. «Til kishilik tarixini so‘zlovchi va jonli guvohdir». Uning bu kabi fikrlari «Til haqidagi fan to‘g‘risida lektsiyalar» nomli kitobida bayon etilgan. M.Myuller ham tilshunoslikni tabiiy fan deb qaraydi. U tilni organizm deb atamaslik kerak, deydi. M.Myuller tilshunoslikni «qiyosiy filologiya» hisoblab, uni tabiiy fanlar qatoriga kiritadi. Chunki til uchun «tarix» emas, balki «o‘sish» bor, emish. Tilning o‘sishi natijasida fonetik o‘zgarishlar va dialektlar paydo bo‘ladi, deydi u.
M.Myuller qiyosiy tilshunoslik bilan filologiyani A.Shleyxer kabi chog‘ishtirib, ularning tekshirish obektini aniqlaydi. Uningcha, filologiya tarixiy fan bo‘lib, til tasvir vositasi sifatida o‘rganiladi. Tilshunoslik (qiyosiy filologiya) fikrlash organi bo‘lgan tilning paydo bo‘lishi, xususiyati va qonunlarini o‘rganadi. Yozuvga ega bo‘lmagan tillar tilshunoslikning tekshirish ob’ekti deb uqtiriladi. M.Myuller asarlarida yozuvsiz tillar haqida juda yaxshi fikr berilgan. Lekin N. Ya. Marr yozuvsiz tillar haqidagi nazariyani men yaratdim, deb da’vo qiladi.
A.Shleyxer va M.Myuller naturalizm oqimi vakili bo‘lsa ham, ularda ba’zi noo‘xshash tomonlar bor. Agar A.Shleyxerni gegelchi desak, M. Myullerga nisbatan buni aytish mumkin emas. A. Shleyxer tilni tabiiy organizm desa, M.Myuller organizm deb qaraydi. Umuman, ular til mohiyatini tushunishda naturalizm pozitsiyasida turadilar. Til uning taraqqiyoti (o‘sishi) kishi faoliyati bilan bog‘liq emas, xuddi bulbul turg‘ay bo‘lib sayray olmagani kabi (A.Shleyxer), kishi o‘z qon aylanishiga ta’sir qila olmagani kabi (M.Myuller) kishi til mohiyatini o‘zgartirishga qodir emas. Shuning uchun ham tilshunoslikni tabiiy fan, deydilar.
Tillarni o‘rganishda naturalizm yozuvga ega bo‘lgan tillar bilan yozuvsiz tillarni bir qatorga qo‘yadi.
Naturalizm tillarning o‘zgarishi gapiruvchi kishilarning irodasiga bog‘liq emas, deganda to‘g‘ri fikr bayon etgan. Lekin o‘zgarish - bu tarix emas, balki o‘sishdir, deb noto‘g‘ri xulosaga kelgan.
Naturalizm tushunchasiga ko‘ra tarix qonuniyatga ega bo‘lmagan o‘zboshimchaliklar hukmronligidir. Ular tilni tarixiy-qiyosiy o‘rganish kerak, deb ko‘rsatdilar, lekin uni tarixiy emas, balki tabiiy fan deb talqin etadilar. Umuman, naturalizm individualistik kontseptsiyadir.
Tilshunoslikdagi naturalizm oqimi vakillari tillarning qarindoshligini o‘rganish va til faktlarini bir-biriga qiyos qilib o‘rganish sohasida katta ish qilganlariga qaramay, nazariyada oqsaganlar. Buning asosiy sababi, ular tilning ijtimoiy xarakterini, til tarixini xalq tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganishni bilmaganligidir.
Yosh grammatikachilar g‘oyalari Amerika indologi V.D.Uitni, Italiyada G.I.Askoli (1829-1907), Shvetsariyada F.de Sossyur, Avstriyada Gugo Shuxardt (1842-1927), Daniyada Karl Verner (1846-1896), V.Tomsen (1842-1927), Rossiyada A.A.Potebnya, I.A.Boduen de Kurtene, F.F.Fortunatov asarlarida ham o‘z aksini topgan.
Yosh grammatikachilar maktabining asosiy namoyondalari Leytsig universitetida jamlangan. Yosh grammatichkachilar kontseptsiyasi Avgust Leskinning «Slavyan-litov va german tillarida turlanish» (1876) nomli asarida o‘z ifodasini topgan. A.Leskin qarashlari va g‘oyalari uning shogirdlari Karl Brugman (1849-1919), German Ostgof (1847-1909), German Paul (1846-1921), Bertold Delbryuk (1842-1922) kabilar davom ettirib rivojlantirdilar.
Yosh grammatikachilarning asosiy qarashlari K.Brugman va G.Ostgofning «Morfologik tadqiqotlar» nomli kitobining so‘z boshisida, G.Paulning «Til tarixining tamoyillari» kitobida, B. Delbryukning «Tilni o‘rganishga kirish» nomli asarlarida o‘z ifodasini topgandir. Ular o‘z asarlarida uch kontseptsiyani himoya qildilar:
1. Til taraqqiyotida fonetik qonuniyatlar chetda qolmaydi.
2. Til hodisalarining o‘zgarishida fonetik, morfologik o‘xshashlik (analogiya) asosiy rol o‘ynaydi.
3. Jonli dialektal nutq tilshunoslikning asosiy ob’ekti deb hisoblanishi kerak.
Yosh grammatikachilar tilni individual psixo-fiziologik faoliyat deb baholaydilar. Ularning fikricha, tildagi hamma o‘zgarishlar individning nutqiy faoliyatida yuz beradi. Til doim o‘zgarib turuvchi hodisa bo‘lib, uni tarixiy nuqtai nazardangina o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Agar A.Shleyxer tarixiylikni o‘zboshimchaliklar kurashi deb qarasa, yosh grammatikachilar tarixiylik ilmiylikdir, deb uqtiradilar. Ular tarixiy nuqtai nazardan o‘rganishda umumiy hodisalarni emas, balki aniq hodisalarni o‘rganishni tavsiya etadilar. Lekin yosh grammatikachilarda tarixgacha bo‘lgan tilning o‘sish davri va tilning rivojlanmagan davri, degan kontseptsiya yo‘q. Yosh grammatikachilarning asosiy maqsadi, B. Delbryuk fikri bilan aytganda, tilshynoslikni falsafiy davridan tarixiy davriga o‘tkazishdir. K.Brugman o‘z yo‘nalishlarining vazifa va maqsadini belgilab, shunday yozadi: «Kimki tilni ilmiy jihatdan o‘rganar ekan, unda birgina metod bor, u ham bo‘lsa tarixiylikdir».
Yosh grammatikachilar tarixiylik tamoyilini olg‘a sursalar ham o‘lik tillarni o‘rganishni inkor qilib, o‘z davrlarida mavjud bo‘lgan til hodisalarini tekshirganlar. Ular hind-yevropa asos tilini rekonstruktsiya qilishga butunlay ishonchsizlik bilan qaraganlar. Yosh grammatikachilar til fonetikasi sohasida katta ish qilganlar va ko‘proq fonetika qonunlarini analogiya yo‘li bilan o‘rganganlar. Tarixiylik tamoyili va tarixiy jarayon nazariyasi G.Paulda har tomonlama ishlangandir.
Har qanday inson madaniyatining shakllari kabi til ham tarixan tekshirilishi kerak bo‘lgan fandir, deydi G. Paul.
G. Paul tarixiy fanlarni ikki guruhga ajratadi:
1.Tarixiy tabiiy fanlar.
2.Madaniyat haqidagi tarixiy fanlar.
Tilshunoslik madaniyat haqidagi fanlardan biri bo‘lib, u tilni kishilik madaniyati yapatuvchisi sifatida o‘rganishi kerak. Tarixiylik G.Paulni psixologizmga olib keldi. U tarixiylik tamoyili asosida til mohiyatini psixologik nuqtai nazardan hal qildi. G. Paul kontseptsiyasining mohiyati shundaki, u tarixiylikdan psixologizmga, psixologizmdan individualizmga tomon boradi.
Xullas, yosh grammatikachilar maktabi vakillarining qarashlarida quyidagilar yaqqol ko‘zga tashlanadi:
Yosh grammatikachilar:
1.Tilni individual psixofiziologik faoliyat deb bildilar.
2.Tildagi o‘zgarishlar ayrim shaxsning odatdagi nutq faoliyatida yuzaga kelishini ta’kidlashdi.
3. Bobo tilni tiklashga qarshi chiqib, jonli tillarni o‘rganishga chaqirdilar.
4. Tilning ikki xil faoliyati (individual-psixologik, fiziologik) borligini ko‘rsatishdi.
5. Tilga doimiy o‘zgarib turuvchi hodisa sifatida tarixiy yondoshishni talab qilganlar.
6. Ta’limotida atomizm asosiy rol o‘ynab, bunda til hodisalarini boshqa hodisalardan ajratgan holda tekshirishni tavsiya etdilar.
7. Hind-Yevropa tillari fonetikasi sohasida arzirli ish qildilar.
Umuman, yosh grammatikachilar oqimining kamchiliklari bo‘lishiga qaramay, qiyosiy-tarixiy metodning rivojida asosiy rol o‘ynadi.

Download 101.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling