Umumiy tilshunoslik


NUTQ BIRLIKLARI VA ULARGA XOS XUSUSIYATLAR


Download 210.86 Kb.
bet34/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

NUTQ BIRLIKLARI VA ULARGA XOS XUSUSIYATLAR 

1. Tovush - nutq birligi, fonemaning nutqda voqelashgan, reallashgan
moddiy shakllangan asosi. Tovush til birliklari - morfema, leksemalarning 
moddiy qobig‘i, ifoda tomoni hisoblanadi. Tovush xususiylik sifatida fizik,
akustik, fizioligik va lisoniy xususiyatlarga ega. U fonemaga nisbatan birlamchi 
hodisa va fonema bo‘la oladi, muayyan birliklarni funksional-semantik jihatdan
farqlaydi va ijtimoiy vazifa bajaradi.


2. So‘z –nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan
ijtimoiy belgidir. U tilda tayyor turadigan, imkoniyatlar majmuasi bo‘lgan 
leksemaning voqelanishi, ro‘yobga chiqishi, moddiy ko‘rinishidir. Demak, so‘z
xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi va perseptiv (tovush tomoniga egalik), 
nominativ (atash funksiyasi)va signifikativ (ma’no, tushuncha ifodalash)
vazifalarni bajaradi.


3. So‘z birikmasi –leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan
tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik. U gap bilan so‘z 
orasidagi oraliq nutqiy birlik - nutq mahsuli sifatida baholanadi va gap uchun
qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. So‘z birikmasi ham nominativ - atash 
vazifasini bajaradi, uning ma’nosi tarkibidagi mustaqil so‘zlar ma’nolaridan kelib
chiqadi, biroq ushbu so‘zlar semantikasiga qaraganda aniqroq, chuqurroq, 
murakkabroq va kengroq mazmunga ega. So‘z birikmasi tarkibidagi komponentlar
o‘zaro tobe-hokim munosabatida bo‘ladi. Har bir so‘z birikmasi asosida so‘z 
valentligi - so‘zlarning birikuvchanlik imkoniyati yotadi.




4. Gap – ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lgan, fikr ifodalash (axborot
olish va axborot berish), ya’ni kommunikatsiya akti birligi hisoblanadi. Gap 
grammatik, intonatsion tugallikka ega bo‘lgan va muayyan hukmni bildiradigan
birlik. Ayni paytda gapda borliqqa munosabat– modallik ham ifodalanadi.
Til va nutq birliklari o‘zaro paradigmatik, sintagmatik va ierarxik
munosabatda bo‘ladi. Paradigmatik munosabat til birliklarining umumiy 
grammatik ma’nolariga ko‘ra bir qatorga, paradigmaga birlashishi bo‘lib, bunga
misol sifatida so‘zlarning turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh, 
asosiga ko‘ra farqlanishini keltirish mumkin. Masalan, kitob, kitobni, kitobning

kitobda, kitobdan so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra qiyoslanadi va
muayyan til birliklarining vertikal yo‘nalishdagi imkoniyatlari sifatida baholanadi. 
Nutqiy vaziyatda esa ulardan bittasigina voqelanadi.
Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik 
munosabatga kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi
tushuniladi: kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi. Demak, paradigmatik 
munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi bo‘lsa, sintagmatik
munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq 
hodisasi sifatida qaraladi. Nutq jarayonida tovushdan so‘z, so‘zdan so‘z birikmasi,
so‘z birikmasidan gap hosil qilinishi, ularning asosida turgan til birliklari fonema, 
morfema, leksemalarning ham muayyan til modelini hosil qilishda o‘zaro shunday
munosabatda turishi ularning ierarxik munosabatini ko‘rsatadi. 

Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling