Umumiy tilshunoslik


TIL SATHLARI O‘RTASIDAGI IZOMORFLIK


Download 210.86 Kb.
bet35/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

TIL SATHLARI O‘RTASIDAGI IZOMORFLIK

Izomorfizm (lotincha izo a, – o‘xshash, morfo-shakl) tilning turli sathlari
birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlikni bildiradi. Ushbu atama ilk 
bor Ye.Kurilovich tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning fikricha, tovush
komplekslari (masalan, bo‘g‘in) va semantik komplekslar (masalan, gap) 
funksional, vazifaviy munosabatlaridan qat’i nazar, chuqur struktur parallelizmga
ega. Aynan shu holat, ya’ni ular o‘rtasidagi o‘xshashlik izomorfizm deb 
nomlanadi.


Tilshunoslik tarixida tilning fonologik, morvemik, leksik, grammatik sath


birliklari ko‘p hollarda avtonom holda, ularning aloqadorligi va o‘xshash 
nuqtalarining mavjudligi, ya’ni izomorflik e’tiborga olinmagan holda o‘rganildi.
Sistemaviy tilshunoslikning maydonga kelishi, uning tilni o‘rganishda aniq 
metodlarga tayanishga intilishi til sathlari o‘rtasidagi izomorfizmga jiddiy e’tibor
qaratilishiga sababchi bo‘ldi. Izomorfizm tilning turli xil sathlararo munosabatlarda 
kuzatiladi. Jumladan, bo‘g‘in va gap o‘rtasidagi izomorfizm quyidagilarda
ko‘rinadi: 
 bo‘g‘in asosida unli tursa, gap asosida fe’l turadi;
 bo‘g‘inning markaziy birligi unli bo‘lib, u undoshlar bilan kengayishi 
mumkin, gapning markaziy birligi fe’l kesim ham unga tobe so‘zlar bilan
kengayishi mumkin bo‘lgan kengaytiruvchi bo‘lakdir; 
 bo‘g‘in ayrim holatlarda unlisiz hosil bo‘lishi mumkin, fe’l
qatnashmagan gaplar ham mavjud va ular chegara holatlar sanaladi.
Sathlararo izomorfizmni aniqlash yuqori sath birliklarini o‘rganishda quyi
sathlarda qo‘llanilgan tekshirish metodlarini qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bu 
quyi bosqichda qo‘llanilgan sodda metodlar yordamida murakkab birliklarni ham
o‘rganishga rdam beradi. Shuningdek, hozirgi kunda bir-biri bilan aralashtirib 
yuborilayotgan transformatsiya va derivatsiya hodisalarini tekshirishda morfologik
o‘zgarish bilan sintaktik o‘zgarish o‘rtasidagi hamda leksik yasalish bilan sintaktik 
yasalish o‘rtasidagi izomorflikka tayanish lingvistik birliklar o‘zgarishi
(transformatsiyasi) va yasalishi (derivatsiyasi) o‘rtasidagi o‘xshash va farqli 
belgilarni yoritishda muhim ahamiyatga ega.



Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling