Umumiy tilshunoslik
Asosiy tushunchalar glossariysi
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Asosiy tushunchalar glossariysi
Strukturalizm – til tuzilishini o‘rganuvchi oqim Sistema – qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lgan murakkab butunlik bo‘lib, bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan pog‘onaviylik munosabatida turuvchi uzvlardan tashkil topgan ko‘p tarmoqli hodisa. Struktura – xususiylik bo‘lib, til qismlari, bo‘laklari o‘rtasidagi ichki munosabatdan tashkil topadi. Iyerarxiya – bir sath birliklari boshqa sathdagi o‘zidan katta yoki kichik)bo‘lgan birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘lishidir. Semiotika – (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Lingvosemiotika – tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadigan fan. Paradigmatika – til birliklarining umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra bir qatorga, paradigmaga birlashishi. Sintagmatika – til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi. Izomorfizm – (lotincha izo a, – o‘xshash, morfo-shakl) tilning turli sathlari birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlik. Grammatika – yunoncha “yozish san’ati” manosini bildiradi. Gap – ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lgan, fikr ifodalash (axborot olish va axborot berish), ya’ni kommunikatsiya akti birligi hisoblanadi. So‘z birikmasi –leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik. So‘z – nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan ijtimoiy belgidir. Tovush - nutq birligi, fonemaning nutqda voqelashgan, reallashgan moddiy shakllangan asosi. Fonema – tilda ma’no farqlashga xizmat qiluvchi eng kichik birlik Adabiyotlar : 1. Кондрашев Н.A. История лингвистических учений. – M.,1979. 2. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. – T., 1972. 3. Кодухов В.И. Общее языкознание. – M., 1974. 4. Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A.A. Umumiy tilshunoslik. –T., O‘qituvchi, 1979. 5. Щербак A.M. Сравнительная типология тюрских языков. –Л., 1970. 6. Амирова Т., Олховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. – М., 1975. 7. Loya Я.В. История линвистических учений. – M.,1968. 8. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. – T., 2002. 9. Ломтев Т.П. Современное языкознаниe и структурная лингвистика. /В кн: “Тоеритическое языкознание”. – М., 1964. 10. Ф. де Соссюр. Труды по языкознанию. – М., 1977. 11. Ф. де Соссюр. Курс общей лингвистики. – M., 1977. 12. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T., 2016. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling