Umumiy tilshunoslik
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoni”
- YЕVROPADA UYG‘ONISН DAVRIDAGI TILSHUNOSLIK
- Asosiy tushunchalar glossariysi
- Adabiyotlar
turk” lug‘ati (1500 y.). U 1862 yilda venger olimi Vamberi tomonidan
chop ettirilgan. Hirotiyning “Badoyi ul-lug‘at” asari, Navoiy asarlaridagi so‘zlar tavsiflangan 1000 so‘zlik lug‘at. Fazlullaxonning “Lug‘ati turkiy” asari (XVI asr), 1925 yilda Kalkuttada nashr etilgan. Fatx Alixon Katoriyning “Kitobi lug‘ati atrokiya” asari, unda 8000ta so‘zning turk va fors tillaridagi tarjimasi berilgan. Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoni” lug‘ati. U 1828 yilda Istambulda chop etilgan bo‘lib, 92 ta o‘zbek qabilasi va 100ga yaqin shoirlarning asarlari haqida ma’lumot berilgan. YЕVROPADA UYG‘ONISН DAVRIDAGI TILSHUNOSLIK XV asrdan XVII asrning boshlarigacha bo‘lgan davr G‘arbiy Yevropada uyg‘onish (renessans) davri deb ataladi. Feodalizm o‘zining eng yuqori taraqqiyot darajasiga chiqqan, kapitalizm endigina rivojlana boshlagan bu davrga kelib, arman, fors, o‘zbek, hungar, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, rus, ukrain, portugal, nemis, polyak, chex, auten, meksika tillari rivojlana boshlagan edi. XV-XVI asrlarda Yevropaliklar Shimoliy Amerika, Hindistondagi qator tillar, chunonchi, indoneziya, xitoy, arab, fors, turk, manchjur tillari bilan tanishdilar. Olingan ma’lumotlar asosida fan olamiga ma’lum bo‘lgan barcha tillarning kartotekalari tuzildi va tillar klassifikatsiya qilindi. Asosiy tushunchalar glossariysi Konfutsiy – Qadimgi Xitoyning mashhur faylasufi Neogrammatika – grammatikadagi yangi yo‘nalishlar Vedalar – induizm dinining asosiy muqaddas kitoblari Sanskrit – ishlangan, mukammal Prakrit – oddiy, tabiiy Panini – Qadimgi Hindlarning mashhur tilshunosi Antik – qadimgi Aleksandriya – qadimgi grek ilm markazi Analogiya – o‘xshashlik, mutanosiblik Anomaliya - nomutanosiblik Turonlar – qadimgi turkiy qavmlar “Devonu lug‘otit turk” – turkiy tillarga tegishli 9 000 ga yaqin so‘zning lisoniy xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi izohli lug‘at. Adabiyotlar: 1. Кондрашев Н.A. История лингвистических учений. – M.,1979. 2. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. – T., 1972. 3. Кодухов В.И. Общее языкознание. – M., 1974. 4. Baskakov N.A. va b. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 5. Щербак A.M. Сравнительная типология тюрских языков. – Л., 1970. 6. Амирова Т., Олховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. -М., 1975. 7. Bo‘ronov Sh.B. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi. – T., 1973. 8. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. – T., 2002. 9. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007. 10. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T., 2016. 11. Ломтев Т.П. Современное языкознания и структурная лингвистика. В кн: “Тоеритическое языкознание”. – М., 1964. 12. Левицкий Ю.А. Общее языкознание. – М., 2009. 13. Попова З.Д., Стернин И.А. Общее языкознание. – М., 2007. 14. Umarxo‘jaev M. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2010. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling