XVII asr tilshunoslari ratsionistlarning “aql inson faoliyatida yetakchi rol
o‘ynaydi”, degan fikrini olib,
uni tilga tadbiq qilganlar, ya’ni aqlga, mantiqqa
aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar.
Shuning uchun Por-
Royal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan boshlagan
bo‘lsalar ham, o‘z
fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili
dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida “ratsional” va
“universal” grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy,
mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan.
Ularning fikricha, gap mantig‘ida
universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud (ratsionalizm
– aql).
Birinchi bosqichning asosiy namoyondalari:
Frans Bopp (1791-1867) – buyuk nemis tilshunosi, Berlin un-ti professori,
qiyosiy-tarixiy metod asoschisi. Asarlari: “Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va
uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash” (1816),
“Sanskrit, zend, arman, grek, lotin,
eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy
grammatikasi” (3 tom, 1833-1852).
F.Bopp tillarning morfologiyasini qiyoslash
asosida qarindoshligini
isbotlashga harakat qilgan, hind-yevropa tillari atamasini olib kirgan. U yaratgan
Do'stlaringiz bilan baham: