Umumiy tilshunoslik
XIX ASRDAGI RUS TILSHUNOSLIK MAKTABLARI
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QOZON LINGVISTIKA MAKTABI Qozon lingvistik maktabining asoschisi rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan) Aleksandrovich (Ignausыs) Boduen de Kurtene (Nesislav)
XIX ASRDAGI RUS TILSHUNOSLIK MAKTABLARI
MOSKVA LINGVISTIKA MAKTABI XIX asrning oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar vujudga keldi. Ulardan biri Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) asos solgan Moskva lingvistik maktabi bo‘lib, bu maktab tilshunoslik fanining taraqqiyotiga va qiyosiy- tarixiy tilshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. F.F. Fortunatov so‘zlarni shakl tomonidan tasniflab, ularni o‘zgaruvchi va shakli o‘zgarmaydigan (grammatik shaklsiz, faqat so‘z yasovchi shakllardan iborat) kabi turlarga tasniflaydi, ushbu so‘z shakllarining so‘z turkumlari va gap tarkibidagi o‘rni haqidagi ta’limotlarni ilgari suradi. Moskva lingvistik maktabida yaratilgan so‘zning shakli hamda so‘zning grammatik turlari,so‘z turkumlarining ikki tomonliligi va gap to‘g‘risidagi ta’limotlar uning shogirdlari Shaxmatov, Peshkovskiy, Pokrovskiylar tomonidan davom ettirildi. Bunga misol sifatida A.A.Shaxmatovning eng yirik asari “Rus tili sintaksisi” (1925-1927), A.M. Peshkovskiyning “Rus sintaksisining ilmiy yoritilishi” (1914), “Ona tili metodikasi, stilistika va lingvistika masalalari” (1930), M.M.Pokrovskiyning “Qadimgi tillar sohasida semasiologik tadqiqotlar” (1895) hamda “Semasiologiya metodlari to‘g‘risida” (1896) kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. QOZON LINGVISTIKA MAKTABI Qozon lingvistik maktabining asoschisi rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan) Aleksandrovich (Ignausыs) Boduen de Kurtene (Nesislav) (1845-1929) avval Varshavadagi gimnaziyada, so‘ng Praga, Berlin, Laypsng, Vena, Berlinda tahsil olgan. Uning dastlabki “XVI asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida” nomli asari 1870 yildayoq Leypsigda chop qilinadi. Bu ishi uchun unga magistrlik darajasi va privat dotsent unvonini berishdi. 1874 yilda 29 yoshida “Rezyan shevalarining fonetikasini o‘rganish tajribasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Asosiy asarlari: “Tilshunoslik va tildagi ayrim umumiy mulohazalar” (1871), “Fonetik alternatsiyalarning mahorat nazariyasi” (1895), “XIX asr lingvistikasi yoki tilshunosligi” (1901), “Lingvistik maqolalar va aforizmlar (iboralar)” (1903), “Tilshunoslikka kirish” (1917). U Qozonda 9 yil, Yuryevda 10 yil, Krakovda 5 yil, Peterburgda 18 yil ishladi. Peterburgda ishlagan paytda L.V.Shcherba, A.P. Barannikov, V.V.Radlov kabi mashhur tilshunoslarni, Varshavada ijod qilgan paytlarida esa V.Doroshevskiy, N.V.Krushevskiy singari olimlarni yetishtirgan. V.Doroshevskiy semasiologiya, leksikografiya va leksikologiya, til va tafakkur, axborot nazariyasi hamda so‘zlarning lug‘aviy tahlili kabi masalalar bilan shug‘ullangan ko‘zga ko‘ringan olim. N.V.Krushevskiy fonetikaning eng muhim vazifasi bobo tilning tovush sistemasini qayta tiklash emas, balki ma’lum tilning tovushlari harakterini, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini, yo‘qolish va yangi tovushlarning paydo bo‘lish sharoitlarini o‘rganishdir, deb hisoblaydi. Qozon maktabi vakillari bilan til faoliyatining psixik, fonetik tomonlari hamda fonologiya masalalari bilan shug‘ullanadi. U tilshunoslikka fonema nazariyasi va atamasini kiritdi. Uning shogirdi V.A. Bogorodiskiy eksperimental fonetika asoschilardan biri hisoblanib, Qozon universiteti qoshida Rossiyada birinchi bo‘lib fonetik laboratoriya tashkil qilgan, so‘zlardagi morfologik qayta bo‘linish, soddalashish, singarmonizm hodisalari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan, turkiy tillar tadqiqi bilan ham shug‘ullangan. Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling