Umumiy tilshunoslik
belgi-alomatlar, belgi-signallar (ishoralar), belgi-simvollar (ramzlar) va til
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
belgi-alomatlar, belgi-signallar (ishoralar), belgi-simvollar (ramzlar) va til
belgilari o‘ziga xos va mos vazifani bajaradi. Til tarkibini tashkil etuvchi struktural elementlar – morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap, matn va boshqalar muayyan informatsiyani olish va yetkazish uchun xizmat qilishi bilan informativ belgilarning eng asosiysi hisoblanadi va 2 tomonlama: informatsiyani ham qabul qilish, ham yetkazish vazifasini bajaradi. Til grafik belgilar sifatida ham, (yozuv, harf vositasida), tovushli belgilar sifatida ham (og‘zaki so‘zlashuv, tovush vositasida), harakatli belgilarning o‘rnida ham qo‘llana oladigan ko‘p tarmoqli belgilar sistemasidir. Shuning uchun tilni belgilarning belgisi deb atash mumkin. Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin: - tilning asosiy birliklari – fonema va morfema; - tilning konstruktiv birliklari – so‘z(leksema) va gap. Bunda fonema til birligining ifoda tomoni va u til birliklarini ma’no jihatidan farqlashga xizmat qiladi. Leksema lug‘aviy ma’no ifodalovchi morfema, morfema esa grammatik ma’no ifodalovchi va so‘z shakllarini hosil qiluvchi birlikdir. Har qanday til birligi nutq jarayonida bir nechta variantlar: fonema fonlar (allofon, tovush), leksema (alloleks, leksema varianti), morfema morf (allomorf, morfema varianti), so‘z so‘z shakli, gap jumla, allofrazema orqali namoyon bo‘ladi. Bunda: mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe pozitsiyadagisi uning varianti; morfema – invariant, uning nutqdagi variantlari esa allomorf yoki morfema variantlari hisoblanadi Til birliklarining bunday farqlanishi F.De Sossyur tomonidan ilgari surilgan til va nutq dixotomiyasi asosida yuzaga kelgan. Unga ko‘ra konkret zamon va makondagi individ nutqida muayyan sintaktik model asosida yuzaga chiqqan har bir jumlada 2 qator hodisalar mavjud bo‘ladi: 1) nutq so‘zlangunga qadar so‘zlovchi xotirasida mavjud bo‘lgan birliklar va grammatik sxemalar bo‘lib, ular “til faktlari”dir. 2) nutq so‘zlash jarayonida so‘zlovchi sub’ektining ijod mahsuli sifatida aniq zamon va makonda muayyan maqsadni ko‘zlab bayon qilgan fikri -“nutq faktlari”dir. Ko‘rinadiki, til va nutq o‘zaro farqli hodisalar, ayni paytda biri-birisiz mavjud bo‘la ololmaydi. Nutq tilsiz yuzaga chiqa olmaydi, til esa nutqni amalga oshirish uchun yashaydi. Til va nutqning o‘rtasidagi ushbu ziddiyat mohiyat va hodisa dialektikasidan kelib chiqadi va tilning barcha sathlarini qamrab oladi. Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling