Umumiy tilshunoslik
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
va ideal sistemalar.
Har qanday moddiy materialdan tayyorlangan inshoot, qurilma, imorat, tarkibiy qismlarga ajraluvchi ob’ektni yoki jonli organizmni esa material sistema deb hisoblash mumkin. Aynan moddiy sistemalar birlamchi material sistema deb ataladi. O‘zaro muayyan munosabatlar bilan bog‘langan g‘oya, tushuncha yoki fikrlar ideal sistemalar bo‘lib, ular semantik informatsiyaning ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan boshqa material tashuvchida mustahamlanadi. Bunday sistemalar ikkilamchi material sistemalar deb nomlanib, inson faoliyati natijasida yuzaga keladi va semiotik sistemalar deb yuritiladi. Aslida ikkilamchi sisemalar substansional, ya’ni mohiyatan mavjud bo‘lmaydi. Masalan, svetofor ranglaridagi ruxsat, man qilish, harakatga tayyorlanish ma’nolari aynan shu ranglarda mavjud emas, ularga ushbu ma’nolarni ifodalash yuklatilgan, buyurilgan, xolos. Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko‘ra juda murakkabligi, ko‘p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo‘lib, ular bir butunlikni tashkil etadi va o‘zaro dialektik aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta’minlaydi. Tilning har bir birligi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. Ayni paytda til sistemasining har bir sathi o‘ziga xos sistemalar bo‘lib, ular ham muayyan struktural elementlardan – muayyan ijtimoiy vazifani bajaruvchi moddiy birliklardan tashkil topadi. Demak, tilni sistemalarning sistemasi, deb atash mumkin. Bunda til sathlarining yig‘indisi makrosistema bo‘lsa, ichki yaruslar sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo‘ladi. Til so‘z, morfema va fonemalarning oddiy yig‘indisi emas, balki bir butun sistema bo‘lib, uning ichki tuzilishi ierarxik munosabatga ega. Har bir pog‘onaga xos birlik 2 yoki undan ortiq uzvlarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikdir. Bir pog‘onada butunlik sifatida qaralayotgan ob’ekt o‘zidan yuqori pog‘ona tarkibiga uning unsuri (elementi) bo‘lib kiradi. Masalan, morfema morfemik sathda 2 yoki undan ortiq fonemalarning munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida qaralsa, morfologik sathda esa so‘z shaklning bir elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Tilning ichki tuzilishi shunday tuzilishga ega, ya’ni har bir sath o‘z ichki strukturasiga nisbatan sistema, ayni paytda ushbu sistema bosh sath strukturasining elementi hisoblanadi. Shuning uchun ham til sistemalar sistemasi hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling