Umumiy tilshunoslik


TIL SISTEMASINING IYERARXIK TUZILISHI


Download 210.86 Kb.
bet32/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

TIL SISTEMASINING IYERARXIK TUZILISHI 
Tilning o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqazo etuvchi bir qancha qatlamlardan 
iborat ekanligi haqidagi qarash o‘zining uzoq tarixiga ega. Sistemaviy-struktur
tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi til ichki tuzilishining o‘ziga xos 
xususiyatini, til ichki birliklarining oddiydan murakkabga qarab bosqichma-
bosqich rivojlanib borishi, bunda quyi bosqich birligi o‘zidan yuqoriroq bosqich 
birligida o‘z funksiyasini ko‘rsatishini ilmiy asoslab berdi. Xususan, til
tuzilishining an’anaviy tilshunoslikda 3 asosiy qism: fonetik, leksik va grammatik 
qismlarga bo‘linishi va tilshunoslikning bu qismlarni o‘rganadigan 3ta bo‘limga
ajratilishi ushbu qatlamlarni bir butunlikda tushunishning yorqin namunasidir.
XX asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda lingvistik sath tushunchasi
maydonga keldi. Til mohiyatining 2 tomonlama ekanligi, tildagi shakliy va 
mazmuniy tomonlarning har biri o‘z ichki tuzilishiga ega ekanligi, har qaysisi o‘z


uzvlaridan tashkil topgan ichki sistema ekanligi, ular o‘rtasidagi munosabat tilni


harakatga keltirishi haqidagi qarashlarning barcha tomonidan e’tirof etilishi 
nafaqat «lingvistik sath» tushunchasining paydo bo‘lishiga, balki uning juda keng
ma’noda qo‘llana boshlashiga olib keldi.
Til birliklarini turli belgilar asosida birlashtirish mumkin. Tilni sathlarga
ajratishning asosiy belgisi lingvistik birliklarning iyerarxik – pog‘onaviylik 
xususiyati bo‘lib, o‘zaro pog‘onaviy munosabatda bo‘lmagan nisbiy bir xil
birliklar munosabatini lingvistik sath deb tushunish mumkin.
Bir sath birliklarining boshqa sathdagi (o‘zidan katta yoki kichik) bo‘lgan
birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘ladi. Bunda quyi sath birligi yuqori 
sath birligidan tashkil topadi, ya’ni u yuqori sath birligi tarkibiga kirish
xususiyatiga ega. Odatda, til sathlari o‘rtasida quyidan yuqoriga bo‘lgan 
munosabat e’tirof etiladi va shundan kelib chiqib, tilga yagona iyerarxik
shakllangan sistema deb, tilning ichki tuzilishiga nisbatan bunday yondashuv esa 
kompozitsion konsepsiya deb qaraladi. Hodisalar pog‘onaviy munosabatida
gomogen va geterogen munosabatlar farqlanadi. Gomogen munosabatda 
birliklarning bittasi boshqalari uchun namuna, etalon deb qabul qilinadi. Masalan,
qiyoslanayotgan 2 tovushdan mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe 
pozitsiyadagisi uning varianti hisoblanadi. Til ierarxiyasi esa geterogen, ya’ni
ko‘p tarmoqli tizimdir.



Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling