Umumiy tilshunoslik


TIL VA NUTQ BIRLIKLARI, ULAR O‘RTASIDAGI PARADIGMATIK


Download 210.86 Kb.
bet33/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

TIL VA NUTQ BIRLIKLARI, ULAR O‘RTASIDAGI PARADIGMATIK, 

SINTAGMATIK VA IERARXIK MUNOSABATLAR 
Tilning murakkab sistema sifatida ijtimoiy-amaliy vazifani bajarishida til 
sistemasining struktural birliklari o‘zaro bog‘liq va mantiqiy uyushgan holda
harakatga keladi va ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalar haqida xabar beradi. 
Bunda fonema, morfema, leksema va model – til birliklari, tovush, so‘z, so‘z
birikmasi va gap – nutq birliklari hisoblanadi. Til va nutq kabi til va nutq 
birliklari ham o‘zaro uzviy bog‘liq. Til birliklari nutq birliklari uchun moddiy


asos vazifasini o‘taydi, nutq birliklari esa til birliklarining harakatdagi ko‘rinishi


bo‘lib keladi. 


Til birliklari Nutq birliklari 

fonema tovush

morfema

so‘z

leksema 

so‘z birikmasi

model 

gap





TIL BIRLIKLARI VA ULARGA XOS XUSUSIYATLAR

1. Fonema – tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida eng
maksimal vazifani bajaradi. U ta’sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. Fonema 
morfema va so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson nutq
a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining nutqqacha bo‘lgan, 
reallashmagan, umumlashgan andozalari bo‘lib, invariant hisoblanadi. Uning
nutqda so‘z tarkibidagi ko‘rinishi, qurshov tovushlar ta’sirida paydo bo‘lgan 
qiyofasi esa variantdir.

2. Morfema - tilning eng kichik ma’no birligi, shakl va mazmun jihatiga
ega 2 tomonlama birlik. So‘z shakli tarkibida ishtirok etayotgan morfema varianti 
– morf deyiladi. Morfning faqat o‘zi uchun qulay vaziyatlarda yuzaga chiqadigan,
tanlab ishlatiladigan shakli allomorf deyiladi. Morfema so‘z kabi mustaqillikka 
ega emas, u nutqda leksema, so‘z shakli tarkibida funksional qism sifatida
qo‘llanadi.


3. Leksema - morfema kabi 2 tomonning: tovush va ma’no, ifoda va
mazmunning bir bsi va gap kabi utunligidan tashkil topadi. Leksemaning tovush, 
ifoda touning jamiyat a’zolari moniga nomemalar, ma’no –mazmun tomoniga
denotatlar – predmetlar kiradi. Leksemaning eng muhim xususiyati uning jamiyat 

a’zolari uchun tayyorligidir. Leksema til sistemasining lug‘at boyligi, u so‘z


birikmasi va gap uchun material hisoblanadi. 


4. Model – muayyan qolip, tayyor qurilma bo‘lib, leksemalar va morfemalar
ushbu qoliplar asosida birikadi. Odatda, har bir tilda o‘ziga xos qoliplar 
andazalari, chizmalari mavjud bo‘ladi. Til birliklari birikish jarayonida shu
qoliplarning muayyan chizmasi asosida birikishi talab etiladi 



Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling