Umumiy tilshunoslik


SEMIOTIKA VA LINGVOSEMIOTIKA


Download 210.86 Kb.
bet30/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

SEMIOTIKA VA LINGVOSEMIOTIKA 
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli 
nuqtai nazardan tavsiflanadi:

1. Vazifasi nuqtai nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni
shakllantirish, ifodalash va vositasidir. 


2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtai nazaridan til muayyan birliklar,
ularning jami, ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash qoidalaridir. 


3. Mavjudligi nuqtai nazaridan til ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir.

4. Informatsiya nazariyasi nuqtai nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish
mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar muayyan axborot tashish, uzatish, 
yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod – axborotni yozib olish usuli, matn –
axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi, kanal – axborot uzatiluvchi muhit, 
sharoitni ifodalaydi.

5. Semiotika nuqtai nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar –
tovushlardan tashkil topadi. 


Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib,
belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi.
Semiotikaning tekshirish ob’ekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib,
bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar. Tabiiy belgilar
aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi - alomatlari bo‘lib, ular inson
ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.


Sun‘iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi
tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy 
vazifasi ma’lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida
aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb 
atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin.
Sun’iy belgilar grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi mumkin. Jumladan, 
yo‘l harakati belgilarini grafik, signallarni tovushli, qushlar va hashoratlarning
ma’lum yo‘nalishlarda uchishi, imo-ishora, mimikalar harakatli belgilar sifatida
muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ayrim turlarga


moslashtirilgan Morze, Brayze alifbolarini ham misol sifatida keltirish mumkin.


Til ham muayyan belgilar sistemasi hisoblanadi va ma’no, tushuncha, fikr 
kabilarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda mavjud boshqa belgilar bilan
umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham 
o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi
sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar 
tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi
(ramzlarning obrazliligi (masalan, qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir 
tomonlamaligi (masalan, trevoga signali).
Demak, jamiyatda belgilarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning har biri: 



Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling