Umumiy tilshunoslik
PETERBURG LINGVISTIKA MAKTABI
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- STRUKTURAL LINGVISTIKA VA UNING MAKTABLARI Strukturalizm
PETERBURG LINGVISTIKA MAKTABI
XIX asr boshlarida Peterburgda A.X. Vostokov asos solgan rus va slavyan tillarini qiyosiy o‘rganish an’anasi asrning oxirigacha davom etdi. Yirik rus lingvisti, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi A.A Shaxmatov (1864-1920) 1908 yildan Peterburg unversitetida professor bo‘lib ishlab, asosan rus tili va uning shevalari, til tarixi hamda rus tilining Hind-Yevropa tillari bilan aloqalari, muommolari bilan shug‘ullangan. U qadimgi rus solnomalarining yirik bilimdoni ham edi. Qadimgi qo‘lyozmalar haqida birinchi maqolasini (18 yoshida) e’lon qiladi. 1893 yilda u “Rus tili fonetikasi soxasidagi tadqiqotlar” nomli ilmiy asarini yozadi va 1894 yili uni Moskva unversitetida himoya qiladi va unga magistrlik unvoni bilan doktorlik darajasi beriladi. Iste’dodli yosh olimni 1894 yildayoq akademik qilib saylashadi. A.A.Shaxmatov 150 dan ortiq asar yozgan. A. A. Shaxmatov semasiologiyaga grammatikaning bir bo‘limi sifatida qarab, uni sintaksis bilan zich bog‘langan deb hisoblagan. “Rus tili sintaksisi” nomli asarida so‘z birliklari va qo‘shma bo‘laklarning tuzilishi, ikki tartibli (murakkab) va bir tartibli gaplarni mukammal tahlil qilgan. Gapda bitta so‘z ham kommunikatsiya vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan gapni tashkil qilishi mumkin, ammo faqat to‘liq gaplargina aloqa vositasini (kommunikatsiyani) atroflicha bajara oladi. Gapning har bir tarkibiy qismi aloqa vositasining talabiga javob berishi lozim. STRUKTURAL LINGVISTIKA VA UNING MAKTABLARI Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida F. de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi. Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi. Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling