Umumiy tilshunoslik


XIX ASRDAGI RUS TILSHUNOSLIK MAKTABLARI


Download 210.86 Kb.
bet23/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

XIX ASRDAGI RUS TILSHUNOSLIK MAKTABLARI 


MOSKVA LINGVISTIKA MAKTABI 
XIX asrning oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar vujudga keldi.
Ulardan biri Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) asos solgan Moskva 
lingvistik maktabi bo‘lib, bu maktab tilshunoslik fanining taraqqiyotiga va qiyosiy-
tarixiy tilshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. F.F. 
Fortunatov so‘zlarni shakl tomonidan tasniflab, ularni o‘zgaruvchi va shakli
o‘zgarmaydigan (grammatik shaklsiz, faqat so‘z yasovchi shakllardan iborat) kabi 
turlarga tasniflaydi, ushbu so‘z shakllarining so‘z turkumlari va gap tarkibidagi
o‘rni haqidagi ta’limotlarni ilgari suradi.
Moskva lingvistik maktabida yaratilgan so‘zning shakli hamda so‘zning
grammatik turlari,so‘z turkumlarining ikki tomonliligi va gap to‘g‘risidagi 
ta’limotlar uning shogirdlari Shaxmatov, Peshkovskiy, Pokrovskiylar tomonidan
davom ettirildi. Bunga misol sifatida A.A.Shaxmatovning eng yirik asari “Rus tili 
sintaksisi” (1925-1927), A.M. Peshkovskiyning “Rus sintaksisining ilmiy
yoritilishi” (1914), “Ona tili metodikasi, stilistika va lingvistika masalalari” (1930), 
M.M.Pokrovskiyning “Qadimgi tillar sohasida semasiologik tadqiqotlar” (1895)
hamda “Semasiologiya metodlari to‘g‘risida” (1896) kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish 
mumkin.


QOZON LINGVISTIKA MAKTABI 
Qozon lingvistik maktabining asoschisi rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan)
Aleksandrovich (Ignausыs) Boduen de Kurtene (Nesislav) (1845-1929) avval 
Varshavadagi gimnaziyada, so‘ng Praga, Berlin, Laypsng, Vena, Berlinda tahsil
olgan. Uning dastlabki “XVI asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida” nomli 
asari 1870 yildayoq Leypsigda chop qilinadi. Bu ishi uchun unga magistrlik


darajasi va privat dotsent unvonini berishdi. 1874 yilda 29 yoshida “Rezyan


shevalarining fonetikasini o‘rganish tajribasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini 
himoya qiladi. Asosiy asarlari: “Tilshunoslik va tildagi ayrim umumiy
mulohazalar” (1871), “Fonetik alternatsiyalarning mahorat nazariyasi” (1895), 
“XIX asr lingvistikasi yoki tilshunosligi” (1901), “Lingvistik maqolalar va
aforizmlar (iboralar)” (1903), “Tilshunoslikka kirish” (1917). 
U Qozonda 9 yil, Yuryevda 10 yil, Krakovda 5 yil, Peterburgda 18 yil
ishladi. Peterburgda ishlagan paytda L.V.Shcherba, A.P. Barannikov, V.V.Radlov 
kabi
mashhur

tilshunoslarni,


Varshavada 
ijod
qilgan

paytlarida


esa

V.Doroshevskiy, N.V.Krushevskiy singari olimlarni yetishtirgan. V.Doroshevskiy


semasiologiya, leksikografiya va leksikologiya, til va tafakkur, axborot nazariyasi 
hamda so‘zlarning lug‘aviy tahlili kabi masalalar bilan shug‘ullangan ko‘zga
ko‘ringan olim. N.V.Krushevskiy fonetikaning eng muhim vazifasi bobo tilning 
tovush sistemasini qayta tiklash emas, balki ma’lum tilning tovushlari harakterini,
ularning o‘zgarish qonuniyatlarini, yo‘qolish va yangi tovushlarning paydo bo‘lish 
sharoitlarini o‘rganishdir, deb hisoblaydi.
Qozon maktabi vakillari bilan til faoliyatining psixik, fonetik tomonlari 
hamda fonologiya masalalari bilan shug‘ullanadi. U tilshunoslikka fonema
nazariyasi va atamasini kiritdi. Uning shogirdi V.A. Bogorodiskiy eksperimental 
fonetika asoschilardan biri hisoblanib, Qozon universiteti qoshida Rossiyada
birinchi bo‘lib fonetik laboratoriya tashkil qilgan, so‘zlardagi morfologik qayta 
bo‘linish, soddalashish, singarmonizm hodisalari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib
borgan, turkiy tillar tadqiqi bilan ham shug‘ullangan.

Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling