Umumiy tilshunoslik
agglyutinatsiya nazariyasi
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmus Xristian Rask
- Yakob Grimm
- Aleksandr Xristoforovich Vostokov
agglyutinatsiya nazariyasiga ko‘ra, so‘z o‘zartiruvchilar ilgari mustaqil qo‘llanib
kelgan o‘zaklarning keyinchalik asosiy o‘zakka birikishidan, ya’ni agglyutinatsiyasidan kelib chiqadi. Masalan, shaxs-son affikslari olmosh o‘zaklaridan kelib chiqqan. Biroq u fonetikaga e’tibor qaratmadi, malay, polineziya va janubiy kavkaz tillarini ham Hind-Yevropa tillariga kiritib jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Rasmus Xristian Rask (1787-1832) – daniyalik tilshunos, Asarlari: “Island tili bo‘yicha qo‘llanma” (1811), “Island tilining kelib chiqishi” (1818), “Frakiy tili haqida” (1822). Tillarni leksik jihatdan qiyosladi, germanistikaga asos soldi, slavyan tillari mustaqil tarmoq ekanligini isbotladi. Yakob Grimm (1785-1863) – nemis tilshunosi. Asarlari: “Nemis grammatikasi ” (4 tom, 1819-1837), “Nemis tili tarixi” (1848). U german tillarining tarixiy fonetikasini yaratdi, tildagi o‘zgarish va taraqqiyotni tovushlarning o‘zgarishida ko‘rdi, jumladan, buyuk ko‘chish qonuni asosida undoshlarning siljiganini isbotlab berdi. Xalq tarixini o‘rganishda tilning taraqqiyotini asosiy deb bildi. Tilshunoslik metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritgani uchun u tarixiy grammatikaning asoschisi hisoblanadi. “Nemis tili tarixi” asarida: “Bizning tilimiz bizning tariximizdir. Xalqlar haqida suyaklar, qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq bo‘lgan guvoh bor. Bu - ularning tilidir. Til – inson ruhining guvohidir”, - deb yozgan edi. Aleksandr Xristoforovich Vostokov (1781-1864) – rus tilshunosi. Asarlari: “Slavyan tili haqida mulohazalar” (1820), “Rus grammatikasi” (1831), “Rumyansev muzeyidagi rus va slavyan qo‘lyozmalarining tasviri”, “Cherkov slavyan tili lug‘ati” (1858-1861). U slavyan tillari tarixiy taraqqiyotini davrlashtirgan, shu oilaga mansub tillarni tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rganishni boshlab bergan olimdir. Xulosa qilib aytganda, bu davrda ijod qilgan olimlar juda katta amaliy ish bajardilar. R. Rask skandinaviya tillarini, F. Bopp Yevropa tillari va qadimgi hind tilini, Ya. Grimm esa got-german tillarini tadqiq qilib, bu tillarning yagona oilaga mansubligini o‘rganadi. Ushbu olimlar olib borgan tadqiqotlar kamparativistika - qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishiga va tilshunoslik fanini mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin yaratdi. Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling