Umumiy tilshunoslik
Tilning tabiatiga xos asosiy antinomiyalar
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
Tilning tabiatiga xos asosiy antinomiyalar
1. Til bilan tafakkur bir-birini taqazo etadigan ajralmas hodisa, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til bo‘lmaydi. 2. Til va nutq antinomiyasi: til faoliyat bo‘lsa, nutq shu faoliyat ning, ya’ni nutqning mahsulidir. 3. Nutq va tushunish antinomiyasi, so‘zning haqiqiy ma’nosi faqat individning nutqida o‘z aksini topadi. 4. Ob’ektiv va sub’ektiv omillarning o‘zaro munosabati: har bir individ jamiyati tomonidan meros qoldirgan tildan foydalanadi, ayni paytda har bir so‘zlovchi o‘z nutq faoliyati bilan tilga sub’ektiv hissa qo‘shadi va tilning taraqqiyotida ishtirok etadi. 5. Tilda zaruriylik va erkinlik antinomiyasi. Tildagi qonun-qoidalar hamma uchun zaruriy, ammo individlar erkin holda tilga o‘z hissalarini qo‘shadilar, ammo individlarning erkin harakatlari chegaralidir. 6. Tilda turg‘unlik va harakat antinomiyasi. Inson tili dinamik hodisa sifatida o‘zgarib turadi, chunki til xizmat qilayotgan jamiyatni o‘zi har doim harakatda va o‘zgarishlarga moyil. Shu bilan birga til nixoyatda turg‘un hodisadir. Biroq Gumboldt tildagi milliylik xususiyatini ko‘ra olmagan, til ruhga xos bo‘lgan qonuniyatlar asosida rivojlanadi, deb bilgan. Ikkinchi bosqich Avgust Shleyxer va German Shteyntalning naturalistik ta’limoti bilan bog‘liq bo‘lib, XIX asrning 50-60-yillarni o‘z ichiga oladi. TILSHUNOSLIKDA NATURALIZM TA‘LIMOTI Avgust Shleyxer (1821-1863) - nemis olimi, naturalizm ta’limoti asoschisi. U botanika va falsafa fanlarini ham o‘rgangan, 1858 yildan Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a’zosi. Asarlari: “Nemis tili” (1860), “Hind-German tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi” (1861), “Darvin nazariyasi va til haqidagi fan”(1863), “Insonning tabiiy tarixi uchun tilning ahamiyati haqida”(1865). U Hind-Yevropa tillarining umumiy masalalari, german, slavyan, boltiq tillari bilan shug‘ullandi, litva tilini o‘rganib, jonli nutq bo‘yicha tadqiqot olib bordi. Eng mashhur asari “Hind-German tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi” bo‘lib, unda qadimgi hind-yevropa tilini – bobo tilni qayta tiklab, uning har bir shahobchasi qanday rivojlanganini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Shleyxer naturalizmining asosiy mohiyati shundaki, u tilni jonli, tabiiy organizm, deb hisoblaydi. Organizm terminini to‘g‘ri – biologik ma’noda talqin qiladi. Shleyxerning naturalistik qarashlari Darvinnig “Turlarning paydo bo‘lishi va tabiiy tanlash” (1859) asaridan so‘ng yanada kuchaydi. Uning fikricha, “Tillar insonning xohishidan tashqari paydo bo‘lgan, o‘sgan va ma’lum qonunlar asosida rivojlanadigan tabiiy organizmdir. Ular o‘z navbatida qariydi va o‘ladi.” “Tillar tovush materiyasidan tashkil topgan tabiiy organizmlardir”. Shleyxer tilning ijtimoiy mohiyatiga yetarli ahamiyat qaratmaydi. Shuningdek, Shleyxer tillar “hayoti” va taraqqiyotini 2 davrga: taraqqiyot davri va inqiroz davriga bo‘ladi va tilning taraqqiyoti uning tanazzulidir, degan g‘oyani ilgari suradi. Bu g‘oyalar, albatta, tilshunoslar tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi. Biroq uning tilni bir butun sistema deb qarashi tilni sistema va struktura, deb tushunishga imkon berdi. Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling