Umumiy tilshunoslik
Navoiydan keyingi davrda yaratilgan asarlar
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirzo Mehdixon
- «Maboni ul-lug‘at»
- Abushqa”
Navoiydan keyingi davrda yaratilgan asarlar
Navoiy dahosi o‘z zamonasidayoq tan olingan va asarlari har tomonlama o‘rganila boshlangan edi. Ma’lumki, Navoiy dunyoda eng ko‘p miqdorda - 26 ming so‘z ishlatgan buyuk ijodkor bo‘lib, uning asarlari o‘tkir falsafiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan. Ushbu dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan ilmiy va adabiy merosni o‘rganish, falsafiy-lisoniy asarlarini tahlil qilish, Navoiy ishlatgan so‘zlarning ma’nolarini izohlash, ularning ma’noviy qamrovini, matndagi quvvatini ochib berish va o‘zga tillarga tarjima qilish kabi ishlar XV asrdan boshlab filologik tadqiqotlar va leksikografik ishlarning asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lib qoldi. Shunga ko‘ra shu davrdan boshlab, ko‘plab lug‘atlar yaratila boshlandi. Bu lug‘atlar orasida Eron shohi Nodirshohning kotibi astrobodlik Nizomiddin Muhammad Nodi al Husayn as Safaviy Mehdixon - qisqacha Mirzo Mehdixonning (XVIII asr) «Sangloh» (1760 y.) asari alohida ahamiyatga ega. O‘zbek tilining ilk grammatikasi deb hisoblangan mazkur asarda nafaqat leksikografiya, balki leksikologiya, grammatika, morfologiya va sintaksis masalalari bo‘yicha ham fikr yuritiladi. Muallif o‘zbek tilidagi 5 ta kelishik shaklini ko‘rsatib o‘tadi, kishilik olmoshlarini mustaqil olmoshlar deb, ko‘rsatish olmoshlarini ishora olmoshlari deb ataydi. Asarning lug‘at qismida, asosan Navoiy, shuningdek, Lutfiy, Bobur she’riyatidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar ma’nosi izohlangan va fors tilidagi tarjimasi berilgan. «Maboni ul-lug‘at» “Sangloh”ga ilova qilingan bo‘lib, 2ta: muqaddima va tarsif (grammatika) qismlaridan iborat. “Muqaddima”da kitobning yozilish sabablari bayon etilgan, arab va o‘zbek tillari qiyoslangan, o‘zbek shevalari haqida ma’lumotlar berilgan. Tarsif qismi esa 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, o‘zbek tilida fe’lning turli nisbat va zamon shakllari, fe’llarning vazifaviy shakllari, fe’l mayllari, fe’llarning yasalishi, ko‘makchi fe’llar, so‘zlarning imlosi, fe’l yasovchi qo‘shimchalar, olmoshlar, ularning turlari, o‘zbek tilidagi 5ta kelishik shakli (bosh kelishikdan tashqari ) haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Muallif o‘z asarini o‘zbek tilining 1-ilmiy gammatikasi deb ataydi. Bu davrda bir qator lug‘atlar ham yaratilgan: “Abushqa” nomi bilan mashhur bo‘lgan muallifi noma’lum “Chig‘atoy Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling