Umumiy tilshunoslik


O‘RTA OSIYODA TILSHUNOSLIKNING RIVOJLANISHI


Download 210.86 Kb.
bet8/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

O‘RTA OSIYODA TILSHUNOSLIKNING RIVOJLANISHI
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda milliy tafakkur yuqori darajaga ko‘tarildi. 
Aynan ushbu davrda O‘rta Osiyo juda ko‘p fanlar poydevori, asosini yaratgan
buyuk allomalar dunyoga kelgani bois u birlamchi Uyg‘onish davri deb ham 
yuritiladi. Buyuk bobokalonlarimiz bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy, Muso Al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Al-Farg‘oniy kabi qomusiy 
olimlarning matematika, kimyo, geodeziya, astronomiya, tibbiyot, musiqa, tarix,
falsafa kabi qator fanlar bo‘yicha yaratgan asarlari jahonning durdona asarlari 
sifatida butun dunyoda e’tirof etiladi. Ushbu asarlar arab tilida yozilgani, tabiiyki,
arab tilining amaliy qo‘llanishi va rivojiga sezilarli ta’sir qilgan. 
Ayni paytda buyuk allomalar tomonidan bevosita tilning fonetik, mofologik,
sintaktik qurilishi, so‘zning ma’no xususiyatlariga bag‘ishlangan asarlar ham 
yaratilganki, bu O‘rta Osiyoda tilshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishiga
bevosita ta’sir qilmay qolmadi. Xususan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va o‘z 
o‘rnini egallashida hamda keyingi taraqqiyotida buyuk mutafakkir bobomiz
Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyosdir. Biroq Navoiygacha bo‘lgan davrda 
yaratilgan barcha ilmiy asarlar arab tilida, badiiy asarlar fors tilida yozilgani bois
O‘rta Osiyoda tilshunoslikning shakllanish va rivojlanish davrini 2 davrga: 
 Navoiygacha bo‘lgan davr
 Navoiydan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Xususan, Navoiygacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda tilshunoslikka oid
quyidagi asarlar yaratilgan:


Abu Nasr Forobiy (873-930 yy.) – “Fanlar tasnifiasarida fonetika,
morfologiya, sitaksis, grammatika, orfografiya, orfoepiya, stilistika masalalarini 
yoritgan. Nutq tovushlarini unli-undoshlarga ajratadi, ularning hosil bo‘lishi,


xususiyatlarini tavsiflaydi. So‘z ma’nolarini tasniflaydi, sodda va qo‘shma


so‘zlarni ajratadi, arab tilidagi turdash va atoqli otlar, son kategoriyasi, fe’l 
zamonlari, so‘z birikmasi va so‘zlarning birikishi haqida fikrlar bildiradi. U
grammatikani to‘g‘ri yozish san’ati, deb baholaydi, so‘zlarni yozish qoidalari
she’r yozish o‘lchovlari haqida dastlabki ma’lumotlarni beradi.


Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling