Umumiy tilshunoslik
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
Zenodot (eramizgacha bo‘lgan 250 y.) – Iskandariya kutubxonasining
birinchi rahbari, Gomer, Esxil, Sofokllarning asarlari ustida tadqiqot ishlari olib borgan, artikl, olmoshlarni farqlagan olim. Dionisiy (e. Av. 170-90 yy.) – Aristarxning shogirdi, dastlabki tizimlashtirilgan «Grammatika san’ati» kitobini yaratgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, so‘z nutqning eng kichik bo‘lagi, gap fikr ifodalaydi va so‘zlarning o‘zaro munosabatidan hosil bo‘ladi. U otni kelishik va songa ko‘ra o‘zgaruvchi turkum deb bilgan, sifatni ham uning tarkibiga kiritgan. Fe’lni kelishiksiz so‘z turkumi deb hisoblab, zamon, shaxs-son, mayl, tuslanish, nisbatga ega ekanligini qayd etgan. Sifatdoshlarni fe’l va otlarga xos belgilarni birlashtirgan kategoriya sifatida talqin etadi. Artikl, uning fikricha, turlanuvchi so‘z turkumi va u otdan oldin ham, keyin ham kela oladi. Olmoshlar ot o‘rnida qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lib, shaxslarni ko‘rsata oladi. Ravish fe’lga birikadigan, fe’l haqida ma’lumot beradigan, turlanmaydigan so‘z turkumidir. Bog‘lovchi fikrni ma’lum tartibda bog‘laydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko‘rsatadigan so‘zdir. Aristarx (e. av. 215-143 yy.) Iskandariya maktabining eng yetakchi olimi, Iskandariya kutubxonasini boshqargan. 40 qa yaqin shogirdlari bilan Gomer asarlari matnlarini to‘liq tiklagan, so‘zlarni 8ta turkum: ot, fe’l, sifatdosh, artikl, olmosh, old ko‘makchi, ravish va bog‘lovchiga ajratgan. Aristotel (e. b. 324-322 yy.) Antik tilshunoslikning grammatik davri buyuk mutafakkir Aristotel nomi va xizmati bilan bog‘liq. Uning so‘z turkumlari haqidagi ta’limoti so‘zni falsafiy-mantiqiy tomoni va grammatik jihatini uyg‘unlikda o‘rganish negizida vujudga kelgan edi. Aristotel “Poetika” asarida 8ta so‘z turkumini ajratadi: element (ya’ni tovush), bo‘g‘in, bog‘lovchi, chlen, ot, fe’l, kelishik va gap (nutq). Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling