Umumiy tilshunoslik
Basra analogistlar maktabi (klassikani saqlash)
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
1. Basra analogistlar maktabi (klassikani saqlash)
2. Kufa analitiklar maktabi (erkin munosabat) 3. Bag‘dod ekletiklar maktabi (aralash munosabat). Ushbu maktablar vakillari tomonidan arab tilidan dastlabki lug‘atlar, arablar uchun va g‘ayri arablar uchun qo‘llanmalar yaratildi. Bu asarlar arab leksikografiyasi va grammatikasining rivojlanishiga, arab tiliining Sharq mamlakatlariga tarqalishiga amaliy xizmat qildi. Jumladan, Basra maktabining asoschilaridan biri Xalil al-Farohidiy (taxminan 718-791yy) arab tilining “Kitobul ayn” (“Ayn harfi kitobi”) nomli dastlabki lug‘atni va “Kitobul avomil” (“Boshqaruvchilar kitobi”) qo‘llanmasini yaratdi. Biroq bu kitoblar bizgacha yetib kelmagan. Uning shogirdi, shhur arab tilshunoslaridan biri Amir bin Usmon Sibavayxiy (733-yilda vafot etgan) “Al- Kitab” asarini yaratdi. O‘sha davrdagi barcha ta’limotlar, qarashlarni umumlashtirgan mazkur kitob Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan yuqori baholangan hamda o‘sha davr arab adabiy tilining sintaktik va morfologik tuzilishi, so‘z yasalish va fonetik tizimi to‘liq aks ettirilgan qo‘llanma sifatida uzoq yillargacha islom dinini qabul qilgan mamlakatlar xalqlariga arab tilini o‘rgatishda asosiy darslik vazifasini o‘tagan. “Kitob al turk” (“Turk tilini tushunish kitobi”) Ispaniyaning Andaluziya viloyatidagi Grenada shahrida tug‘ilib, Misrda yashagan, aslida Afrikaning berber qabilasiga mansub Asruddin Abu Hayen Andalusning (1256-1345) 60ga yaqin asari bo‘lib, bularning 15 tasigina bizgacha yetib kelgan, ularning ba’zilari turkiy tillarga bag‘ishlangan. “Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turk”. Bu asarning muallifi, chop qilingan joyi va vaqti noma’lum, ammo ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, “Kitob al idrok”dan keyin yozilgan. Demak, “Attuhfa” XVI asrga oid. U 1891-1892 va 1931 yillarda Qohirada 40 marta nashr kilingan. Kitobning asl nusxasi Istambuldagi Boyazit machitining Validdin Afandi kutubxonasida saqlanmoqda. Arab tilshunoslari ayniqsa leksikografiyaga jiddiy ahamiyat berganlar va juda ko‘p lug‘atlar yaratganlar. Bag‘dod maktabi vakili hind Sag‘ani (1181-1252 yy.) tuzgan va “To‘lqinlar toshqini” deb nomlangan 20 tomlik lug‘at, Feruzobodiy (1329-1414 yy.) tuzgan va “Qomus” deb atalgan 60 tomlik lug‘at, misrlik ibn Mansur (1232-1311 yy.) tuzgan noyob so‘zlar lug‘ati shular jumlasidandir. Arab leksikografiyasida lug‘atlar mazmuniga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi: 1.To‘liq izohli lug‘atlar. 2. Mavzuviy lug‘atlar. 3. Sinonimlar lug‘ati. 4. Noyob so‘zlar lug‘ati. 5. O‘zlashgan so‘zlar lug‘ati. 6. Tarjima lug‘atlari. Arab lesikografiyasi sharq mamlakatlariga, keyinroq Yevropa mamlakatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Lug‘at yaratish borasida arablar o‘z ona tillaridan tashqari fors, mo‘g‘ul, turkiy tillar masalalari bilan ham shug‘ullanganlar. Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling