Umumiy tilshunoslik
Antik tilshunoslikning falsafiy davri namoyondalari
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Protagor
- Tilshunoslikning grammatik davri
Antik tilshunoslikning falsafiy davri namoyondalari
Anaksimen (e.av. 560-502 yy.) - «Ritorika» asarida stilistika asoslarini yaratgan olim. Prodik (e.av. V asr) - sinonimlar, ma’nodosh so‘zlarning xususiyatlari, ma’no qirralarni o‘rgangan. Protagor (e.av. 480-410 yy.) - otlarning jinslari, fe’l zamonlari va gaplarning turlarini o‘rgangan olim. Platon ((e.av. 427-347 yy.) - etimologiya faniga asos solgan, mantiqan jihatdan nutqda otlarni va fe’llarni farqlagan, gapda ega vazifasida kelgan so‘zlarni ot deb, kesim vazifasida kelgan so‘zlarni fe’l deb atab, fe’lni ot haqidagi xabarlarni tasdiqlovchi so‘zligini qayd etgan. Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb ham yuritiladi va u makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy nomi bilan bog‘liqdir. Makedonskiyning harbiy yurishlari tufayli O‘rta Yer dengizi, O‘rta Sharq, Qora dengiz atroflari hamda hozirgi Yevropa mintaqalariga grek madaniyati, ilm-fani tarqaldi va Sharq madaniyati bilan qo‘shilib ketib, aralash madaniyat – ellinizmni vujudga keltirdi. Iskandariya ellinizm madaniyatining va ilm-fanning eng yirik markazi hisoblandi va e. av. III asrdan boshlab hatto Afina va Rim ham Iskandariya bilan tenglasholmadi. Harbiy yurishlar natijasida to‘plangan 700 ming jildga yaqin nodir asarlar olamshumul Aleksandriya kutubxonasining hamda shu asosda Aleksandriya maktabining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tili fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo‘yicha jiddiy tadqiqot ishlari olib borganlar, xususan, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlab chiqilgan. Ular tovushlarni akustik prinsip asosida tahlil qilib, tovush va harflarni bir narsa, deb hisobladilar, harflarni unli va undoshga ajratdilar. Unli harflarga o‘zini alohida eshitish mumkin bo‘lgan tovushlar sifatida, undosh harflarga esa unlilar bilangina talaffuz qilinadigan talaffuz qilinadigan tovushlar sifatida qaradilar. Shuningdek, bo‘g‘in, urg‘u masalalar bo‘yicha ham ayrim ma’lumotlar berishdi. Iskandariya maktabining asosiy xizmati shunda bo‘ldiki, ular grammatikani falsafadan ajratdilar. Bunda, albatta, Sharqdan keltirilgan nodir qo‘lyozmalarning ta’siri katta bo‘lgan. Demak, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatining rivojlanishida qadimgi misrliklar, shumerlar, finikiyaliklar, qadimgi Eron va Turon xalqlarining ham sezilarli hissasi bor. Aleksandriya maktabida ulug‘ shoir, yozuvchilar, matnchilar ijod qilishgan. Ularning oldiga qo‘yilgan dastlabki vazifa - qadimgi qo‘lyozmalarni, ayniqsa, Gomer asarlarini o‘rganish, shuningdek, Sharqdan keltirilgan nodir qo‘lyozmalarni tarjima qilish va tahlil qilishdan iborat edi. Ushbu maktabning eng yirik namoyandalari Zenodot, Aristarx (e.av.II asr oxiri), Dionisiy (eramizning II asri boshlari), Appoloniy Diskol (II asrning 2-yarmi) larning tahliliy ishlari natijasida grammatik kategoriyalar, klassifikatsiya ta’limotlari yaratildi. Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling