Umumiy tilshunoslik


BEVOSITA ISHTIROKChILAR METODI


Download 210.86 Kb.
bet44/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

BEVOSITA ISHTIROKChILAR METODI
Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday
qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi.
Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta – 
konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita
ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket 
munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga
kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita 
shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita
ishtirokchilar deyiladi.
Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini  misrasida

olib ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa
ishtirokchilar sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir 
konstruksiya qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish
xususiyatiga ega bo‘ladi. Demak, BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va 
ular quyidagi qoidalarga amal qilgan holda birlashtiriladi:
 bir vaqtning o‘zida 2tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi; 
 o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas;
 BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi. Shu xususiyatlardan 
kelib chiqib, ushbu metod birlashtirish metodi deb ham ataladi.

TRANSFORMATSION TAHLIL METODI
Transformatsion tahlil metodida sintaktik qurilmalar - konstruksiyalarning 
muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi – ya’ni
transformatsiyalanishi tushuniladi. Transformatsiya – qayta tuzish, o‘zgartirish
ma’nosini bildirib, “transformatsion tahlil” va “transformatsion metod”
tushunchalarini sinonim sifatida ishlatish mumkin. Ushbu metod yordamida 
transformatsiyaga uchragan har bir sintaktik qurilmaning tarkibi, bunda namoyon
bo‘lgan o‘ziga xos semantik jihatlari ham chuqur o‘rganiladi. Demak, 

transformatsion tahlil metodi til sistemasining ichki mikrosistemalarni – yadro 




Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling