Umumiy tilshunoslik


gaplar va ulardan hosil bo‘lgan transformalarni, to‘g‘rirog‘i, yadro gaplardan transformalar


Download 210.86 Kb.
bet45/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

gaplar va ulardan hosil bo‘lgan transformalarni, to‘g‘rirog‘i, yadro gaplardan

transformalarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganadi.
Masalan, Talaba kitob oldi gapining transformatsion shakllari (talaba olgan 


kitob, talabala tomonidan olingan kitob, kitob olgan talaba, talabaning kitobi)
nutqiy variantlaridan iborat bo‘lib, transformatsion tahlil metodi asos - yadro gap 
(talaba kitob oldi)dan transformatsiyalashgan sintaktik modellarni, ya’ni
transformatsiyalanish qoidalari, mexanizmini o‘rganadi. Transformatsion tahlil 
metodining asosiy vazifasi muayyan tilda mavjud bo‘lgan yadro gaplarni aniqlash,
uning sintaktik mohiyati va maqsadga ko‘ra turlicha namoyon bo‘lish 
imkoniyatlarini ochishdir. Bu metod lingvistik eksperimentlarning bir turi bo‘lib,
hozirgi zamon tilshunosligida, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda 
qo‘llanilayotgan muhim metodlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda mashina
tarjimasi, injener va matematik lingvistikasi sohalarida keng qo‘llanadi.
STATISTIK TAHLIL METODI
Ushbu metod lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi
qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi. Mazkur metod til sathlarining barchasiga
nisbatan qo‘llanishi mumkin. Biroq uning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi 
leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Statistik tahlil asosida qo‘lga kiritilgan
ma’lumotlar yordamida eng faol va eng passiv so‘zlar, so‘zlarning me’yoriy va 
me’yoriy bo‘lmagan qo‘llanishi belgilanmoqda, tarqalish chegarasi, ko‘lami
aniqlanmoqda. Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli 
ma’lumotlar beradigan chastotali lug‘atlar tuzish, lug‘at minimumlari yaratishda
qo‘llanadi.
Shuningdek, so‘z shakllari, fonema, morfemalarning qanday taqsimlanishi,
o‘zaro birikuvda qanday faollikka egaligini ham aniqlashga yordam beradi.




Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling