Umumiy tilshunoslik


Download 210.86 Kb.
bet53/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

MATEMATIK LINGVISTIKA
XX asrning o‘rtalariga kelib tilshunoslikda bir qator lingvistik 
tushunchalarni aniqlashtirish ehtiyojini matematik lingvistika yo‘nalishini yuzaga
keltirdi. Bu muayyan matematik apparatlardan foydalaniladigan tadqiqot usuli 
bo‘lib, hozirgi kunda ushbu atama 2 xil fan sohasiga nisbatan qo‘llanmoqda:
1) matematikaning bo‘limi bo‘lgan va mantiq, algoritm nazariyasi bilan bog‘liq 
matematik lingvistika;
2) lingvistika yo‘nalishi bo‘lgan va matematik usullardan foydalaniladigan 
tadqiqot metodi ni o‘zida jamlagan soha ham matematik lingvistika.
Tilni matematik yo‘l bilan tasniflash Sossyurning tilga shu til egalarining 
nutqiy faoliyati mexanizmi sifatida qarash ta’limoti asosida yuzaga kelgan.
Nutqiy faoliyat natijasida “to‘g‘ri matn” deb ataluvchi nutqiy birliklar 
ketma-ketligi yuzaga keladi. Muayyan qonuniyatlarga bo‘ysungan ushbu
birliklarni matematik tavsiflash usullarini ishlab chiqish va o‘rganish bilan 
matematik lingvistika fani shug‘ullanadi. Gapning sintaktik strukturasini
tavsiflashda 2 xil usuldan foydalaniladi: 1) sintaktik birlik sifatida amal qiladigan 
ishtirokchilarni aniqlash; 2) gap tarkibidagi so‘zlarning tobelanish munosabatini
tavsiflash. Bunda metod Amerika struktur tilshunosligida “Bevosita ishtirokchilar 
metodi” deb yuritilib, transformatsion grammatikaning ko‘rinishi hisoblanadi.


Matematik lingvistikaning yana bir tarmog‘i formal grammatika 



nazariyasi bo‘lib, u N.Xomskiy nomi bilan bog‘liq. Formal grammatika alohida
matnlarni emas, bir qancha to‘g‘ri matnlarni va qonuniyatlarni tavsiflash usullarini 
o‘rganadi. Ushbu qonuniyatlar abstrakt simvollar orqali belgilanadi, bu esa

generativ lingvistikani yuzaga kelishiga olib keldi. Shuningdek, tilshunoslikdagi
variantlilik nazariyasi, invariat atamasi, tilshunoslikda keng qo‘llanayotgan 
statistik metodlar matematika ta’sirida vujudga kelgan bo‘lib, ular EHM
yordamida turli tillarga tarjima matnlarini, lug‘atlarini yaratish, chastotali lug‘atlar 
tuzish, matnni muayyan tartibga solish kabi amaliy vazifalarni bajarishda
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.



Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling