Umumiy tilshunoslik


Download 210.86 Kb.
bet50/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

SOTSIOLINGVISTIKA
Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun u jamiyat hayoti bilan uzviy bog‘liq va bu 
tilshunoslikning tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, tilga sotsial omillarning
ta’siri kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi sotsiolingvistika yo‘nalishining 
shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa zamonaviy ijtimoiy rivojlanish hamda ilmiy
texnik revolyusiya tilning sotsiolingvistik va struktur o‘rganish muammolarini 
chuqur tahlil qilishni hayotiy zaruriyat qilib qo‘ydi. Sotsial lingvistika fonologik
sistema birliklaridan tortib butun til strukturasigacha bo‘lgan barcha til 
hodisalarini ijtimoiy shartlashgan hodisalar deb qaraydi. Barcha ijtimoiy hodisalar
ichida til sistemasi eng yopig‘i hisoblanadi, o‘ziga xos xususiyatlariga va 
murakkab strukturaga ega.
Jamiyat lingvistik hayotiga ilmiy-texnika revolyusiyasi ta’sirining xarakteri, 
tempi, ko‘lami, sohalari va xususiyliklarini aniqlash sotsiolingvistikaning eng
muhim va dolzarb vazifasidir. Lingvistikaning sotsiolingvistik tadqiqotlar ob’ekti 
bo‘lmish tomonlari - terminologik tizimlarning paydo bo‘lishi va ularni uzluksiz
differensiatsiyalanishi, dunyo tillari ijtimoiy funksiyalarining notekis rivojlanish 
jarayonlari, hududiy dialektlarning maydalashuvi, rivojlangan tillarning ijtimoiy-
kasbiy differensiatsiyasining tezlashuvi, leksik-semantik va stilistik sistemalarga 
jamiyatdagi mafkuralar ta’sirining kuchayishi kabi masalalariga ilmiy texnikaning
rivojlanishi eng kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, til va madaniyat, milliy til va milliy madaniyat o‘zaro
chambarchas bog‘liq. Til madaniyat yaratishning eng asosiy vositalaridan biri 
bo‘lib, u madaniyatga erishish, uni tushunish, uning turli sohalarida muloqot
yuritish vositasidir. Ko‘rinadiki, madaniyat tilning rivojlanishiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir etadi, biroq u til ichki rivojlanishining asosiy vositasi ham, quroli
ham emas. Madaniyatning rivojlanishiga ijtimoiy faktorlar ta’sir ko‘rsatadi. Til va 
madaniyatning o‘zaro munosabati negizida lingvokulturologiya, ya’ni
lingvomadaniyatshunoslik sohasi ham vujudga keldi. Ushbu sohaning nazariy va 
amaliy ahamiyati bugungi kunda ayniqsa dolzarb, chunki ayniqsa tillarni


egallashda tili o‘rganilayotgan xalqning madaniyatini bilishning amaliy ahamiyati


nihoyatda katta.

Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling