Umumiy tilshunoslik


Download 210.86 Kb.
bet49/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

ETNOLINGVISTIKA
Etnolingvistika atamasi grekcha “etnos“ xalq, qabila so‘zlaridan olingan bo‘lib, 
XIX asrning 70-yillarida Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini
o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan. Ma’lumki, xalq tarixida, turmush 
tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun
til bilan uning egasi bo‘lgan xalq o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Toponim, 
etnonimlarni xalqning tarixini bilmay turib o‘rganib bo‘lmaydi, shuningdek,
etnografiya ham tilshunoslikka qimmatli materiallar beradi. Til amaliyoti va 
rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni o‘rganish ehtiyoji
tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishini yuzaga keltirdi.
Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo‘nalish sifatida shakllanishida
amerikalik tilshunos, etnograf F.Boasning xizmatlari katta bo‘lgan. U va uning 
izdoshlari hindular tilini tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm
masalalari bilan bog‘liq holda o‘rgandilar. Bu yo‘nalishning ilk davrida ko‘proq 
etnografiya masalalari bilan shug‘ullanilgan, faqat o‘tgan asrning 20-yillaridan
boshlab muammoning lingvistik tomoniga ahamiyat berilgan. Masalan, alla 
(qo‘shiq) yoki sumalakning tarixi, mazmun-mohiyati, ular bilan bog‘liq urf-
odatlarning turlari etnorgafik masalalar bo‘lsa, shu so‘zlarning qo‘llanishi, turli 
davrlardagi variantlari, ulardagi lingvistik vositalar, shu so‘zlar bilan bog‘liq
assotsiativ aloqalar masalalari masalaning lingvistik tomoni hisoblanadi.
50-yillardan boshlab tilshunoslikda semantikaga katta e’tibor qaratilishi
etnolingvistika masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirdi. Turli tillardagi ijtimoiy 
madaniy so‘zlar (masalan, qarindosh-urug‘ nomlari, milliy realiyalar), turli etnik
guruhlarda qo‘llanadigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarini o‘rganish 
ham etnolingvistikaning o‘rganish ob’ektiga kiritildi. Folklor materiallariga e’tibor
qaratilishi til va madaniyat o‘rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga 
imkoniyat yaratdi va etnolingvistikaning o‘rganish doirasini kengaytirdi. Hozirgi
kunda etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tilshunoslikda 
alohida yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan va bu yo‘nalish bo‘yicha keng tadqiqot
ishlari olib borilmoqda. 




Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling