Umumiy tilshunoslik


Download 210.86 Kb.
bet51/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

MENTALINGVISTIKA
O‘tgan XX asrning 80-yillaridan boshlab ilmiy tadqiqotlar paradigmasi
o‘zgardi. Agar ilgari fundamental fanlar tomonidan nazariy g‘oyalar yaratilgan va
ular hayotga joriy etilgan bo‘lsa, ya’ni “nazariyadan amaliyotga” tamoyili 
ustuvorlik qilgan bo‘lsa, hozir uning aksi kuzatilmoqda: nazariy tadqiqotlar
yo‘nalishini u yoki bu texnologiyaning taraqqiyotiga ehtiyoj belgilamoqda. 
Endilikda tilning ichki tuzilishini o‘rganish bilan bir qatorda til sohibining
kommunikatsiya jarayonidagi o‘rni va roliga alohida e’tibor berila boshlandi. 
Kommunikatsiya jarayonida so‘zlashuvchilarning amaliy bilimisiz tilni to‘liq
o‘rganib bo‘lmasligi aniq bo‘lib qoldi.


Mentalingvistika
tilshunoslikning 
til
va

tafakkur


munosabatini 
o‘rganadigan yo‘nalishidir. Bugungi kunda kognitiv fanlar tomonidan ilgari
surilayotgan borliqni mental gavdalantirish yoki til mentalligi g‘oyasida 
ob’ektiv olam qismlari bilan uning tasavvurlari o‘rtasidagi munosabat, ya’ni
borliqning til orqali ongda aks etishi tushuniladi. Olamni aks ettirish yoki 
tasavvur qilish cho‘qqilar tamoyilligiga asoslanadi, boshqacha aytganda,
so‘zlovchi tomonidan olamning eng muhim relevant belgisi sifatida ko‘ringan 
qismlari, ya’ni cho‘qqilari tasavvur qilinadi. Til mentalligi nazariyasiga ko‘ra
“olam” atamasi ostida insonni qurshab turgan olamgina emas, balki inson 
tomonidan yaratilgan, ya’ni insonning nutqiy faoliyati va uning holati olami ham
tushuniladi.
Til mentalligi hozirgi kunda sintaktik semantikaning tayanch tushunchasi
bo‘lgan freymlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, leksik maydon nazariyasi va freym 
semantikasi o‘rtasida ham muayyan bog‘liqlik va o‘ziga xoslik mavjud. Freym 
quyma (stereotip) vaziyatlarni gavdalantirish usuli bo‘lib, ya’ni, masalan, opa, 


aka, amma, xola, nonushta, tushlik, to‘y so‘zlari ongimizda ular bilan bog‘liq
muayyan guruhlarni gavdalantiradi. Har bir guruhga mansub a’zoning ma’nosini 

bilish uchun, avvalo, ularning barchasi nimani bildirishi haqidagi bilimga ega


bo‘lish, ya’ni har bir guruhni bir butun mohiyat sifatida tushunish talab etiladi. 
Ya’ni: bizning sezgi a’zolarimizga berilgan borliq uzvlari mental konsept (fikriy 


Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling