Umumiy tilshunoslik


Download 210.86 Kb.
bet43/54
Sana20.11.2023
Hajmi210.86 Kb.
#1787829
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik (1)

Tipologik metod esa o‘zaro genetik bog‘liq va genetik bog‘liq bo‘lmagan
til oilalariga tegishli tillarni qiyoslash asosida o‘rganadi. Shu xususiyati bilan 
ushbu metod faqat bir til oilasiga kiruvchi tillarni tadqiq qiluvchi qiyosiy-tarixiy


metoddan farq qiladi. Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, bunda tillar


genetik jihatdan qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar tuzilishidagi 
o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra qiyoslanadi, tillarning struktur-qurilish
xususiyatlari aniqlanadi, muayyan xulosalar chiqariladi. Tillarni tipologik 
o‘rganishning quyidagi yondashuvlari mavjud: klassifikatsion-tasnifiy,
xarakterologik, belgili va ichki sistem yondashuvlar.
Klassifikatsion yondashuv tillarga tasnifiy yondashuv morfologik tasnif
sifatida o‘zak va qo‘shimchalar o‘zaro zid holda qiyoslab o‘rganiladi. 
Xarakterologik yondashuv orqali qiyoslanayotgan har bir tilning
tuzilishiga, ya’ni o‘ziga xos muhim, xarakterli xususiyatlari, jihatlari 
aniqlanadi hamda shu orqali tilga baho beriladi.
Belgili yondashuv tillarga muayyan belgi-xususiyatlar (masalan, fonetik, 
morfologik kabi) jihatidan yondashuv bo‘lib, bunda til sathlari tipologiyasi
(fonetik tipologiya, leksik tipologiya kabilar) yaratiladi.
Ichki sistem yondashuvda muayyan tildagi muayyan hodisalar (fonetik,
leksik va b.) orasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar o‘rganiladi va tadqiq 
qilinadi.


STRUKTURAL TAHLIL METODLARI 


Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro
bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi 
hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va
noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan 
shug‘ullanadi. Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini
tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni 
tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi. XX asrning 30-
yillarida Amerika tilshunosligida yuzaga kelgan struktural yo‘nalish juda ko‘p 
yangi metodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distributiv tahlil, bevosita
ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun 
jahon tilshunosligida ham keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi.





Download 210.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling