3. Maktabgacha ta’lim tashkilotilarini shakilantirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar 3 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tuman
(shahar)lar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etilgan maktabgacha ta'lim bo'limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi hisobga olingan holda qabul qilinadi, Qabul komissiyasining faoliyat ko'rsatish tartibi belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Muassislar mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim bo'limlarining yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa organlar bo'lgan maktabgacha ta’lim tashkilotilariga bolalarni qabul
qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda ushbu Maktabgacha ta’lim tashkilotilari bolalarni maktabgacha ta'lim bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha lozimnoma asosida qabul qilishi
mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tartibi muassis tomonidan belgilanadi. Quyidagi bolalar: - I va II guruh nogironlari; - ko'p bolali oilalarning bolalari;
- harbiy xizmatchilarning bolalari; - talabalar va pedagoglarning bolalari Maktabgacha
ta’lim tashkilotilariga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar. Qabul komissiyasi shuningdek, ota-onalari maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istesno tariqasida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta’lim tashkiloti rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |