Kuchning o‘qdagi va tekislikdagi proyeksiyasi.
Faraz qilaylik, F kuch bilan x va y o’qlar bilan bir tekislikda yotsin. Bu holda kuchning boshi A va oxiri B nuqtalardan x va y o’qlariga 90 burchak ostida yotgan perpendikulyarlarni tushiramiz. x va y o’qlarga tushirilgan proyeksiyalar A1 va B1 hamda A2 va B2 lar orasidagi kesmaning mos ishora bilan olingan uzunligi kuchning ushbu o’qlardagi proyeksiyasi deyiladi. F kuchning x va y o’qlaridagi proyeksiyalarning miqdori quyidagi formulalar orqali aniqlanadi (2.5-rasm): 𝐹𝑥 = 𝐹 ∙ 𝑐𝑜𝑠𝛼 𝐹𝑦 = 𝐹 ∙ 𝑠𝑖𝑛
Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari.
Kesishuvchi kuchlar sistemasiga qo‘yilgan shart bajarilsa va ulamir teng ta ’sir etuvchisi R = 0 bo’lsa, u holda bu shartga kesishuvchi kuchli sistemasining muvozanat sharti deyiladi. 1. Muvozanatning geometrik sharti. Ma’lumki, kesishuvchi kuchlarga qurilgan kuch ko’pburchagi yopiq boiganda, faqat shu holdagina R=0 bo’ladi. Kesishuvchi kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun, kuch koʻpburchagining yopiq bo’lishi zarur va yetarlidir.
Kuchning nuqtaga momenti.
Berilgan nuqtadan kuchning ta’sir chizig’iga tushirilgan perpendikulyar uzunligi kuch yelkasi deyiladi. Kuch yelkasi odatda h bilan belgilanadi [8]. F kuchning O nuqtaga nisbatan momenti deb, mos ishora bilan olingan kuch miqdorini uning yelkasiga ko’paytmasiga teng kattalikka aytiladi : 𝑚0(𝐹⃗) = ±𝐹 ∙ ℎ Kuchning momenti hisoblanadigan nuqta moment markazi deb ataladi. Kuch momenti SI birliklar sistemasida Nyuton·metr (N·m) bilan o’lchanadi
10.Kuchning o‘qqa nisbatan momenti.
Kuchning o`qqa nisbatan momenti deb, kuchning o’qqa perpendikulyar qilib olingan tekislikdagi proyeksiyasidan o’q bilan tekislikning kesishgan nuqtasiga nisbatan olingan momentiga aytiladi. Kuchning o’qqa nisbatan momentining matematik ifodasi: 𝑚𝑧(𝐹⃗) = 𝑚0(𝐹⃗ 𝑥𝑦) = ±𝐹𝑥𝑦 ∙ ℎ.
Do'stlaringiz bilan baham: |