Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari


Ixtiyoriy kuchlar sistemasining muvozanat shartlari


Download 49.64 Kb.
bet6/21
Sana02.12.2023
Hajmi49.64 Kb.
#1779107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari-hozir.org (1)

20.Ixtiyoriy kuchlar sistemasining muvozanat shartlari.
Fazoda joylashgan ixtiyoriy kuchlar sistemasi ta’siridagi jism muvozanatda bo`lishi uchun bu kuchlarning bosh vektori hamda bosh momenti nolga teng bo`lishi zarur va yetarli: R = 0,M = 0. Ixtiyoriy kuchlar tekislikda joylashgan bo`lsa, ularning muvozanat shari quyidagicha bo`ladi: ∑ ∑ = 0, = 0,∑ ( ) = 0. Fνx Fνy m0 Fν. Agarda kuchlar sistemasi fazo (tekislik) da kesishuvchi kuchlardan iborat bo`lsa, ularning muvozanat shartlari mos ravishda bunday yoziladi: ∑ ∑ = 0, = 0,∑ = 0; Fνx Fνy Fνz (20.4) ∑ = 0,∑ = 0. Fνx Fνy
Tekislikda joylashgan kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun barcha kuchlarning har bir koordinata o’qlaridagi proektsiyalarining yig’indisi, hamda shu tekislikdagi istalgan nuqtaga nisbatan momentlarining yig’indisi alohida-alohida nolga teng bo’lishi zarur va yetarli. Bu tekislikdagi ixtiyoriy kuchlar sistemasi ta’sirida bo’lgan erkin qattiq jismning muvozanatda bo’lishining zaruriy sharti.


21.Parallel kuchlar sistemasi va ularning muvozanat shartlari.
Bir tekislikda yotmaydigan (𝐹⃗ 1, 𝐹⃗ 2, 𝐹⃗ 3) parallel kuchlar sistemasini ko’rib chiqamiz. Kuchlarni ketma-ket qo’shamiz. 𝐹1 va 𝐹2 kuchlarni qo’shib, ularga parallel bo’lgan 𝑅1 teng ta’sir etuvchisini topamiz. Uning miqdori 𝑅⃗⃗ 1 = 𝐹⃗ 1 + 𝐹⃗ 2 ga teng bo’lib, qo’yilish nuqtasi quyidagi proporsiyadan aniqlanadi: .
Endi 𝑅1 va 𝐹3 kuchlarni qo’shamiz, bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi 𝑅2 ning miqdori quyidagiga teng:
𝑅2 = 𝑅1 + 𝐹⃗ 3 = 𝐹⃗ 1 + 𝐹⃗ 2 + 𝐹⃗ 3
Bir tomonga qarab yo’nalgan ikki parallel kuchning teng ta’sir etuvchsi ularning algebraik yig’indisiga teng bo’lib, yo’nalishi mazkur kuchlar yo’nalishida, ta’sir chizig’I esa kuchlar qo’yilgan nuqtalar orasidagi masofani ichki ravishda shu kuchlarga teskari proporsional bo’laklarga bo’lib o’tadi.


22.O‘qqa nisbatan kuch momenti.
Jismning biror o’q atrofidagi aylanma harakatini kuchning o’qqa nisbatan momenti harakterlaydi. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi ta’siridagi jismning muvozanatiga doir masalalarni yechishda kuchning o’qqa nisbatan momenti tushunchasi kiritiladi. Kuchning o’qqa nisbatan momenti deb, kuchning o’qqa perpendikulyar qilib olingan tekislikdagi proyeksiyasidan o’q bilan tekislikning kesishgan nuqtasiga nisbatan olingan momentiga aytiladi. Kuchning o’qqa nisbatan momentining matematik ifodasi:



Download 49.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling