Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 422 Kb.
bet2/21
Sana14.08.2023
Hajmi422 Kb.
#1667104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari

Statika aksiomalari.

1-aksioma. Miqdor jihatidan bir-biriga teng va bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalgan ikki kuch |𝐹 1 = −𝐹 2| ta’siridagi jism o‘zining muvozanatini yoki to‘g‘ri chiziqli va teng o‘lchovli harakatini o‘zgartirmaydi.
2-aksioma (Ikki kuchning muvozanatlashish aksiomasi). Erkin qattiq jismga qo’yilgan ikki kuch miqdor jihatdan bir-biriga teng va bir to’g’ri chiziq bo’ylab qarama-qarshi tomonga yo’nalgan holdagina muvozanatlashadi.
3.(Muvozanatlanuvchi kuchlarni qo’shish va ayirish aksiomasi).
4-aksioma (Parallelogramm aksiomasi). Jismning biror nuqtasiga qo‘yilgan turli yo‘nalishdagi ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi mazkur kuchlarga qurilgan paralellogramm dioganaliga miqdor jihatidan teng bo‘lib, shu dioganal bo‘ylab yo‘naladi
5-aksioma (Ta'sir va aks ta'sirning tenglik aksiomasi). Absolyut qattiq jismlarning bir-biriga ta'siri teng va bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan, ya’ni ta’sir hamma vaqt aks ta’sirga teng va unga qaramaqarshi yo‘nalgan.
6-aksioma (Qattiq bo‘lmagan jismlar muvozanatining saqlanish qonun)i. Qattiq bo‘lmagan jism kuchlar ta’sirida muvozanatda bo‘lsa, jism qattiq holatga aylanganda ham uning muvozanati o‘zgarmaydi.



  1. Bog‘lanishlar va bog‘lanish reaksiya kuchlari.

Fazoda istalgan tomonga harakatlana oladigan jism erkin jism deb ataladi. Harakati biror bir sabab bilan cheklangan jism bog‘lanishdagi jism deyiladi. Jismning harakatini cheklovchi sabab bog‘lanish deb ataladi. . Bog‘lanishning ta’sirini almashtiruvchi kuch reaksiya kuchi deyiladi. Bog‘lanishni jismga bergan ta’sirini ekvivalent kuch bilan almashtirish mumkin, uni bog‘lanish reaksiyasi deb aytiladi.



  1. Kesishuvchi kuchlar sistemasini geometrik va analitik qo‘shish.

Kesishuvchi kuchlar sistemasini geometrik qo’shish. Ta’sir chiziqlari fazo (tekislik)da bir nuqtada tutashuvchi kuchlar to’plami fazo (tekislik)dagi kesishuvchi kuchlar sistemasi deb ataladi. Kesishuvchi kuchlarni geometrik qo’shishda parallelogramm yoki uchburchak usulini ketma-ket qo’llaymiz. Kesishuvchi kuchlarni analitik usulda qo`shish va ularning analitik muvozanat sharti.




  1. Download 422 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling