Umumiy tushunchalar Oʻralgan juft kabel Shisha tolali kabel
Download 0.6 Mb.
|
11-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon kabellari Koaksial kabel (Coaxial cable) 1. Umumiy tushunchalar
11-Ma’ruza. Elektrik aloqa kabellari. Reja: Umumiy tushunchalar Oʻralgan juft kabel Shisha tolali kabel (Volokonno-optik kabeli) NKT (Finlyandiya) firmasining optik kabeli Shisha tolali kabel orqali ma’lumotlarni uzatish negizi Telefon kabellari Koaksial kabel (Coaxial cable) 1. Umumiy tushunchalar Kabel (gollandcha kabel-arqon, tros)-germetik himoyalangan qobiq ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. Kuch, aloqa va radio chastota, nazorat (tekshirish), oʻlchash kabellari mavjud. Bulardan tashqari, gaz va moy toʻldirilgan kabel turlari ham mavjud. Kabellar koʻpincha misyoki alyuminiydan, kamdan-kam poʻlat-mis va poʻlat-alyuminiydan tayyorlanadi. Vazifasiga koʻra, bir yoki koʻp simli, doira va shakldor boʻladi. Izolyasiyalashda maxsus qogʻoz, rezina, plastmassa va boshqalar ishlatiladi. Simlarni nam va kimyoviy moddalar ta'siridan himoya qiluvchi qobiq qoʻrgʻoshin, alyuminiy, plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. Kabellarni mexanik ta'sirlar, korroziyalardan saqlash uchun ularga poʻlat lentalar yoki simlar oʻraladi va ularning ustidan plastmassa yoki qogʻoz lenta, jut va bitumlar qoplanadi. Kuch kabellari bilan elektr energiyasi uzatiladi va taqsimlanadi; 1, 2, 3 (koʻptarqalgani) va 4 juftli turlari mavjud. Bunday kabellarning tok oʻtkazadigan simlari mis yoki alyuminiydan tayyorlanib, sirti moy kanifol modda yoki mineral moy shimdirilgan kabellar qogʻozi, rezina yoxud plastmassa bilan qoplanadi. Odatda, kuchka bellarning qobigʻi qoʻrgʻoshin, alyuminiy yoki plastmassadan qoplanadi, qobiq usti esa kabeli pivametall zirh bilan oʻraladi. Harakatlanuvchi ob’yektlar (parmalash mashinasi, ekskavator, koʻtargichlar)ga elektr energiya keltiriladigan kabellar egiluvchan qobiqlar bilan qoplanadi. Aloqa kabellari simli aloqada ishlatiladi. Tuzilishiga koʻra, simmetrik va koaksial kabellar, chastotalar spektri boʻyicha pastchastotali (10kGs) va yuqori chastotali (10k Gs dan yuqori) turlarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, shaharlararo aloqa kabellari va mahalliy (shahar va qishloq ichidagi stansiyadan boshqariladigan, shaxta ichi davab.), yerosti (zovurga yoki kabellari kanalizatsiyasi inshootiga yotqiziladigan), xavodan tayanchlar orqali va suv ostidan (dare, dengiz va okean tublariga joylashtirib) oʻtkaziladigan xillari bor. Aloqa kabellari telefon va telegraf aloqada, televideniya va boshqa sohalarda qoʻllaniladi. Radiochastota kabellari bilan radio va video signallar uzatiladi. Radio chastotali koaksial kabellar, radio chastotali simmetrik kabellar, spiral kabellar. (spiralsimon ichki oʻtkazgichli koaksial) xillarga boʻlinadi. Radio chastota kabellari radio texnik va elektron apparaturalarning elementlarini oʻzaro tutashtirishda, bu apparaturalarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarga ulashda qoʻllaniladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling