Umumiy tushunchalar Oʻralgan juft kabel Shisha tolali kabel


NKT" (Finlyandiya) firmasining optik kabeli


Download 0.6 Mb.
bet3/6
Sana22.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1042559
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-maruza

4.NKT" (Finlyandiya) firmasining optik kabeli

“NKT” firmasi lokal hisoblash tarmoqlari uchun tashqarida yotqaziladigan NKT 11943147 OPTICAL FIBRE LAN CABLE WARNING INUISIBLE LASER LIGHT 6 mm 62,5/125 0,275 NA 850/1300 nm markali optik kabellarni ishlab chiqaradi. 3.12-rasmda kabelning koʻndalang kesimi koʻrsatilgan. Kabel tashqi polivinil xloridlishlangga 1 ega. Bu shlang polietilen qobiq 2 ustiga qoplangan. Belbogʻli izolyatsiya 3 sintetik tasmadan ishlangan. Burama oʻramli kabel oʻzagi gidrofobli toʻldirgich 4 ichida joylashgan boʻlib, oltita fotoplastik modul 5 va ikki tapolietilenkordellit oʻldirgich 6 oʻz ichiga olgan. Modullar bittadan koʻp modalitolaga 7 ega. Markaziy kuch elementisteklo plastikdan yasalgan oʻq (oʻzak) koʻrinishida bajarilgan.


Kabel rusmini sharhlaymiz:
NKT – Nokia Telecom;
11943147 – maxsulot kodi;
OPTICAL FIBRELAN CABLE – lokal xisoblash tarmoqlari uchun optik tolali kabel;

4-rasm. NKT 11943147 OPTICAL FIBRE LAN CABLE WARNING INUISIBLE LASER LIGHT 6 mm 62,5/125 0,275 NA 850/1300 nm rusumli kabel
WARNING INUISIBLELASERLIGHT – Diqqat! Lazer nurlanish.
6 – kabeldagi tolalar soni;
mm – koʻp modalitolalar;
62,5/125 – oʻzak diametri/tola qobigʻini diametri, mkm;
0.275 NA – raqamli apertura;
850/1300 nm– optik nurlanishni toʻlqin uzunligi, nm.
Tashqi polivinil xlorid qobiq qalinligi 1 mm. Polietilen qobiq qalinligi
1.5 mm. Modul va kordel toʻldirgich diametri 1.5 mm. Markaziy kuch elementini diametri 3 mm. Kabel diametri 10 mm tashkil etadi.
A-DQ(BN)H 1x12 rusmli bir modulli konstruksiyaga ega boʻlgan kabel (12.5-rasm). Kabel, 12 tatola joylashgan modul 1, stekloplastikdan yasalgan qattiqlovchi element 2, oʻtgachidamli qobiq 3, qobiqni yormoq uchun shnur 4 dan iborat. Yuqorida qayd etilgan kabel rusmini sharhlagandek ushbu kabelda 12 tatolali 1 dona modul boʻlganligi bilan farqlanadi. Bu yerda xam yuqorida keltirilgan tolalar turi qoʻllanilgan. Ushbu turdagikabellarda tolalarning soni 24 tagacha boʻladi. Kabel diametri 7.6 mm, ogʻirligi 55 kg/km, tortilish kuchi 80 kg*s(kg*kuch). Mumkin boʻlgan egilish radiusi 150 mm.
Shuningdek, A-VB(BN)H 1x24 rusumli kabellardan xam foydalaniladi. Bu kabellar kirishlarda qoʻllaniladi. Bitta modulda tashqi qobigʻi jips (zich) joylashtirilgan optic tolalari boʻlib, ularni diametri 900 mkm gacha boʻladi (12.6-rasm).





5-rasm. A-DQ(BN)H 1x12 rusumli kabel

6-rasm. A-VB(BN)H 1x24 rusumli kabel

Kabel himoya qobigʻi kuchaytirilgan 24 tatolali modul 1 ga, stekloplastikdan qilingan qattiqlovchi element 2, yongʻindan himoyalaydigan qobiq 3, suv qochiradigan qobiq 4 ga ega. Kabel rusumi quyidagicha sharhlanadi:
A – tashqi yotqazish kabeli;
V – bir modulli konstruksiya;
B – himoya qobig`i kuchaytirilgan tolalar;
(BN) – stekloplastikli qattiqlovchi element;
N – galogensiz qobiq;
1x24 – 24 tolali bitta modul.
Tolalar turi yuqorida qayd etilgan konstruksiyalarga oʻxshaydi. Tolalarning maksimal soni 24 ta boʻlishi mumkin. Kabel diametri 9.2 mm, vazni 78 kg/km, tortilish kuchi 110 kg*kuchdan kam emas va egilishini mumkin boʻlgan radiusi 190 mm.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling