Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Guruhlarda rahbarlik va liderlik


Download 0.74 Mb.
bet125/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Guruhlarda rahbarlik va liderlik.
Guruhlardagi o’zaro munosabatlar yuqoridai pastga yoki aksincha bo’lib, guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi. B.D.Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:

  • Lider asosan guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa,rahbar - shu guruxdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;

  • liderlik kichik guruxlargagina xos bulgan hodisa bo’lsa rahbarlikning haq-xuquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo’lishi va amalga oshirilishi mumkin;

  • agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo’ladigan hodisadir;

  • liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo’lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ruy beradi;

  • rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash va rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi mumkin;

  • lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o’z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi qiyin;

  • lider faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga amalga oshirilsa, rahbar katta guruhlarda faoliyat yuritadi.

Shuningdek, raxbar jamiyatdagi vakil bo’lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham liderga nisbatan ortiqdir. Lider hech qachon yolgiz bo’lmaydi, u doimo guruh a’zolari orasida bo’ladi, u shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. CHunki lider guruh a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarni hammadan ham yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskoridir.
Agar sinf doirasida olib qaraladigan bo’lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilagoni, aql o’rgatuvchisi, topqiri - intellektual lider, bolalar ichida eng hazilkashi, dilkashi, xushchaqchagi, ko’ngil so’rovchisi, o’zgalarni tushuna oladigan — emotsional lider, guruhni ish faoliyatiga chorlay oladigan, dadil, qatьiyatli, irodali - irodaviy liderlar bo’lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga kura paydo bo’ladilar hamda bolalar ongida o’z sifatlariga ko’ra obro’ qozonadilar.
Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlari ham bo’lishi mumkin, lekin guruh liderga ergashganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun ham barcha aytganlariga ergashib, ko’rsatmalariga amal qiladi.
Liderlik hodisasi to’g’risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari xaqida ham qisqacha to’xtalib o’tish o’rinlidir. Hozirgi kunga qadar liderlik to’g’risida asosan uchta nazariya mavjud.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling