Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
Avtoritar rahbar barcha ko’rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq-ravshan, keskin ohangda xodimlarga yetkazadi, muloqot jarayonida ham xodimlarga nisbatan duq-pupisa, keskin ta’qiklash kabi qatьiy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri — qanday yul bilan bulsa-da, o’z hukmini utkazish. Uning nutqi ham aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo’ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof sub’ektiv bulib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va usha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bogliq. Jamoa a’zolarining tilak-istaklari, ularning fikrlari va maslahatlari juda kam xollardagina inobatga olinadi. Guruxdagi ijtimoiy-fazoviy o’rni, u "jamoadan chetda", avtonomdir.
Avtoritar rahbarda har bir jamoa a’zolarining qobiliyatlarn, ishga munosabatlari, mavqelariga ko’ra tutgan urinlari haqida tasavvurlar borki, shunga ko’ra u har bir xodimning ish harakatlarini maksimal tarzda dasturlashtirib qo’ygan, unda har qanday cheklashlar uning ochiq gazabini keltiradi va buning uchun unda jazolashning turli uslublari mavjud. Ya’ni bunday jamoalarda hokimiyat— markazlashtirilgan, jamoa rahbari ushbu markazning yakka hokimi — shuning uchun ham bu yerda "mening odamlarim", "mening ishim", "mening fikrim bo’yicha" kabi iboralar tez-tez ishlatiladi. Bunday rahbarlarda ishiga nisbatan shunday fidoiylik borki, ular o’zlarini shu ishsiz tasavvur qila olmaydi, ish ularning butun vujudini qamrab olgan. Bunday jamoalarda tanqid ishi juda sust, chunki u o’zini ham, boshqalarni ham tanqid qilishlariga yo’l qo’ymaydi. Tanqid qilishga, uning fikricha, faqat boshliq haqli. Yigilishlarda ham so’zni o’zi boshlab, tashabbusni oxirigacha boshqalarga bermaydi, odamlarning takliflari, ularning hissiyotlari e’tiborga olinmaydi. G.Gibsh va M.Forverglarning tahlil qilishlaricha, avtoritar lider bosh bo’lgan jamoada ishlarning samaradorligi ancha yuqori bo’lib, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari ham yuqori bo’lar ekan. Lekin jamoadagi ruhiy-ma’naviy muhit ogir, tang bo’lib, bu odamlarning jamoadan, ishdan qoniqmasliklariga olib keladi. Bunday rahbarlar boshchilik qilgan mehnat jamoalarida ishlaydigan odamlar o’z kasblari, ish joylarini osonlikcha almashtirishlari mumkin. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling