Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet4/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Gumanistik psixologiyaularning talqinida psixologiya fani tabiiy fanlarning namunasi asosida shakllanishi tanqid ostiga olganlar, inson tadqiqot ob’yekti bo‘lishi kerakligi haqidagi tasavvurlarni shakllantirganlar, bunda insonning tabiati emas, balki xatti-harakat usuli tahlil qilinishi kerak, degan g‘oyalarni ilgari surganlar.
1963 yilda gumanistik assotsiatsiativ psixologiyaning prezidentiDj.Byujental psixologiya yo‘nalishining asosiy 5 g‘oyasini ilgari surdi.

  1. Inson yaxlit mavjudot bo‘lib, hammadan ustundir (boshqacha aytganda uning ba’zi bir funksiyalari tahlil qilinmasdan, umumiy holati tahlil qilinishi kerak).

  2. Insoniy sifatlar insoniy munosabatlar tizimida takomillashadi (boshqacha aytganda shaxslararo tajribalar shaxsiy funksiyalarni shakllantirmaydi).

  3. Inson o‘zini anglaydi (u o‘zining ongini shakllantirmasligi va psixologiyasini tushunmasligi mumkin).

  4. Insonning tanlov imkoniyati mavjud (inson passiv kuzatuvchi emas, u shaxsiy tajribalariga tayangan holda o‘z tajribasini yaratadi).

  5. Inson intensialdir (inson kelajakka umid qiladi, uning maqsadlari, qadriyatlari va g‘oyalari mavjuddir).

Gumanistik psixologiyaning asosida birqator yo‘nalishlar tarkib topadi: psixoterapiya va gumanistik pedagogika.
Geshtaltpsixologiyayo‘nalishining asoschilari bo‘lib M.Vertgeymer, V.Kyoller, K.Koffkalar hisoblanishadi. Geshtaltpsixologiya ong fenomenlari o‘zini kuzatish metodlaridan voz kechmasdan, ularni yaxlit holda o‘rganishni tavsiya qiladi. Geshtaltpsixologiya namoyandalarining asarlarida maydon g‘oyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Geshtaltpsixologiyada yagona maydon sifatida ma’lum bir obrazning tuzilishi sezgilar bilan bog‘liq holatda tahlil qilinadi. Geshtaltpsixologiya namoyandalari maqsadga erishish usuli sifatida inson idrokidan foydalanishadi, hozirgi kunga qadar geshtaltpsixologiya namoyandalarining fikrlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Gitlerni xokimiyat tepasiga kelishi natijasida geshtaltpsixologiya maktabi tarqalib ketdi, biroq uning g‘oyalari psixologiyaning rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling