Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Nutq – biror nimani bildiruvchi vosita


Download 0.74 Mb.
bet86/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Nutq – biror nimani bildiruvchi vosita.
Odamning nutqida uning fikrlari va xilma-xil ichki holati – emottsonal kechinmalari va iradasigina ifodalanib qolmasdan, shu bilan birga hamisha biror obektiv narsa ham bildiriladi. Odamning nutqida namoyon bo’ladigan xilma-xil tovush birikmalari uning ichki holatini ifodalab qolmasdan, shu bilan birga obektiv ravishda maqjud bo’lgan narsalar va hodisalarning nimaligini bildiruvchi vosita bo’lib ham xizmat qiladi. Har qanday biror narsaning manosini bildiradi. Masalan, stol degan so’z birikmasi ham nutv bo’lgani bo’lib qoladiki, bunda shu tovush birikmasiyordami bilan muayyan buyimlarning manosi bildiriladi. So’zlar bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo’lgan buyimlar va hodisalarning hamda ularning xislatlari, holatlari,bog`lanishlari, munosabatlari va shu kabilarning ongimizdagi inikosidir. Bizning ongimizda voqelik inikos etganida shu so’z inikosni umumlashtiruvchi vositadir. So’z bilan hamisha umumiylikni ifodalaymiz. SHu sababli stol degan so’zni aytganimizda, bu so’z bilan bizxuddi shu onning o’zida bizning ko’z o’ngimizda turgan bitta stolgina ifodalab qolmasdan, balki umuman “stol” tushunchasini ifodalaymiz. O’zimiz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan bitta stolning nomini aytganimizda, biz mana shu bitta stol degan so’zdan umuman “stol” to’g`risidagi o’zimizda bo’lgan umumiy tushunchani nazarda tutamiz. SHu sababli umumlashtirilgan manoga ega bo’lgan so’z faqat yakka narsalarga mansub bo’lmasdan, shu bilan birga narsalarning butin bir turkimiga ham mansubdir. Nutq va ayrim so’zlar narsalarning faqat belgilari – “yarliklari”gina emas. Narsalarning ifodalavchi nomlar nutqning xususiy funksiyalaridan biridir, xolos. Har bir so’zning bundan tashqari yana ichki mazmuni ham bor, har bir so’z malum tushunchani ifodalaydi.
Nutq – ta`sir ko’rsatish vositasi.
Nutq ta`sir ko’rsatish vositasi bshlib xizmat qiladi. Ta`sir ko’rsatish – biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo’lsak, shu kishiga biz istagan hislar, intilishlar va harakatlarni tug`dirish, ularning fikrini biz istagan tomonga burish, ularni o’zimiz xohlaganimizcha o’ylashga majbur etish, ularni ishontirish demaktir. Ma`lumki, nutq yordami bilan boshqalarda xursantchilik, qo’rquv, g`azab, ruhlanish hislarini tug`dirish mumkin, boshqalarda biz istagan intilishlarni, harakatlarni kuzatishimiz mumkin. YOzuvchi badiiy asar yaratayotganida odamlarda muayyan fikr, his, intilish tug`dirishni, turmushga muayyan qarash hosil qilishni nazarda tutadi.
Nutq ta`sir vositasi bo’lib, u tibbiyot tajribasida katta ro’l yo’naydi. SHu narsa hammaga ma`lumki, shifokorning so’zi, yani uning bemor bilan bevosita nutqiy aloqasi kuchli suratda ta`sir qiladigan vositalaridan biridir. So’z og`riqni bosadigan, darmon kiritadigan va boshqa shu kabi shifobaxsh vositadir. Tajribali tabibning aytishlariga qaraganda, so’z kasalning jismoniy vamanaviy amallarini bazan doridan ham yaxshiroq engillashtirar ekan. Masalan, shifokor maslaxatlari, kasalning xaqfsizligi va tezda tuzalib ketishiga bemorda ishonch va e`tiqod hosil qilishi ham ana shunday ta`sir ko’rsatadigan kutqiy vositalar jumlasiga kiradi.
O’qituvchi va tarbiyachi so’z orqali ta`sir ko’rsatish yo’li bilan o’quvchilarda muayyan intizom va xatti-harakat vujudga keltiradidi. Ta`sir ko’rsatish vositasi bo’lgan nutq ta`lim-tarbiyaning asosiy qurolidir.
Amr-farmon berish, o’tinib so’rash – iltimos qilish, maslahat berish, o’git-nasixat qilish, dalil-isbotlar keltirish va boshqa shu kabilar so’z vositasi bilan ta`sir ko’rsatish shakllaridir. Nutq ta`sir ko’rsatish vositasi bo’lib xizmat qiladi, chunki so’zlab turgan kishining kutqida uning hissiy intilishlari, iroda va e`tiqodi aks etadi. Nutqning ta`sir ko’rsatuvchi funksiyasida intonattsya katta ro’l o’ynaydi. Intonatsyada nozik va murakkab hislar va iroda xususiyatlari – norozilik, istak, talab hislari va shu kabilar nomoyon bo’lishi mumkin. SHu sababli, o’quvchilarda tabiat turmushdagi biror hodisaga qiziqish paydo qilish, bilimni yanada mustaxkamroq bilib olishga ishtiyoq uyg`otish uchun, shuningdek, ularni malum bir harakatga yo’llash uchun o’quvchilarga ta`sir ko’rsatmoqchi bo’lganida o’qituvchi o’z nutqida talaffuzga, ayniqsa, alohida e`tibor bermog`i lozim.
Nutq – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribalarni egallash va avlodlarga berish, o’zaro aloqa o’rnatish, harakatlarni rivojantirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til ijtimoiy hodisa, aloqa vositasi bo’lsa, nutq aloqa qilish jarayonining o’zginasidir.Til ham o’z funksiyasiga egadir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling