Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Ijtimoiy psixologiyaning O'zbekistonda rivojlanish istiqbollari
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
Ijtimoiy psixologiyaning O'zbekistonda rivojlanish istiqbollari.
Millatlararo adovat va milliy etnotsenrizmning o’ziga xos ko’rinishi borasida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli tarixiy asarlarida juda teran fikrlarni bayon etganlar. Asarda ta’kidlanganidek, “O’zbekiston aholisining ko’p millatliligi o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi va ma’naviy qayta tiklanishining o’sishi bilan chambarchas bog’liq xolda jamiyatni yangilash, uni demokratlashtirishga undovchi zo’r kuch bo’lib xizmat qilmoqda. Bu respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda”.6 Ta’kidlash joizki, musatqillikning dastlabki yillarida yurtimizda ko’p yillar mobaynida sobiq ittifoq sharoitida aholini bir xil “baynalmilallashtirish”, yagona “sovet xalqi” g’oyasini singdirish mafkurasi ta’sirida bo’lgan xalqlar va millatlarning milliy o’zligini anglashi, shu bilan birgalikda millatlarao va diniy bag’rikenglik siyosatini olib borish unchalik oson kechmadi. Birinchi Prezidentimizning yurtimizda istiqomat qilayotgan yuzdan ziyod millat va elatlarning manfaatlarini bir xil himoya qilish, ular o’rtasida do’stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan dono siyosati tufayli, buguni kunda barcha o’zbekistonliklar shu yurt, shu Vatan ravnaqi yo’lida bir xil kurashish bilan birgalikda o’z milliy qadriyatlari, madaniyati, san’ati, yashash tarzini hurmat qilishga, uning eng jozibali va tarbiyaviy nuqtai nazardan noyob an’analarini davom ettirish, namoyon etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Har qanday millat, u naqadar kichik bo’lmasin – insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo’q bo’lib ketishi yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. Shu boisdan har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo’lmog’i kerak.”7 Demak, mustaqil yurtimizda millatlararo va elamtlar ichidagi o’zaro aloqalar muammolari strategik ahamiyatli bo’lib, bu o’z navbatida olimlar, xususan, etnopsixologlar oldiga millatlar do’stlikni va bahamjihatlikni takomillashtirishga yo’naltirilgan fundamental va tadbiqiy ishlarni amalga oshirish, natijalari bilan yurtimizda tinchlik va totuvlikni barqarorlashtirishga hissa qo’shish vazifasini qo’yadi. Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g’ururni sof ijtimoiy psixologik fenomen sifatida o’rganish, uning yoshlarda mafkuraviy immunitetning shakllanishidagi roliga aloqador psixologik jihatlarni tadqiq etishni maqsad qilib qo’yadi. Ko’pincha milliy g’urur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi milliy hislarni tan olmaslik hollari kuzatilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yotgan etnotsentrizm va milliy g’ururning salbiy ko’rinishlari boshqa millatlarning tili, tarixi, milliy urf-odatlari va an’analarini bilmaslikdan kelib chiqadi. Milliy psixologiya bo’yicha o’tkazilishi lozim bo’lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir, chunki o’zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat qilmaydi, buning uchun esa o’z millati psixologiyasini ham, boshqa millat vakillari psixologiyasini ham o’rganishi kerak. Shundagina millatlararo ziddiyatlarga barham berilishi mumkin. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling