Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
Rahbarlik sifatlari.
Rus psixologi A.V.Petrovskiy ana shunday rahbarli sifatlaridan bir yarim mingga yaqinini ko’rsatib o’tgan. Rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari, chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo’l-yo’riqlar ko’rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur, chunki mustaqil fikr yurita olish shaxs ijtimoiy-psixologik qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. Rahbarda mustaqillik bo’lsa, unda o’ziga ishonch ham bo’ladi, bu esa o’z navbatida rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yuqori bo’lishiga olib keladi. Ko’pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o’z-o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi kerak. Muomala madaniyati - bu o’rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Jamoa faoliyatini va o’z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo’lgan talablardan biridir, chunki rejalashtirish asosida o’z-o’zini va boshqalarning samarali faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish - bu o’ziga xos tarzda kelajakni ko’ra olish qobiliyati, shaxsning qanchalik kamol topganligi va intiluvchanligining muhim belgisidir, bu psixologik jarayon bo’lib, o’z diqqatini oqilona tarzda boshqarish, vaqtdan tez va unumli foydalana olish, ortiqcha ishlardan o’zini tiyish, qo’l ostidagilarga qobiliyatlariga qarab topshiriq berish va o’z vaqtida nazorat qilishiga bog’liq. Rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi lozim, chunki “uzgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo’lidir", - deb yozgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyadagi yaxshi vosita — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlash va jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar. Yuqorida keltirilgan ta’riflar rahbarlik faoliyatining bir tomonini tashkil qiladi. Ikkinchi tomoni rahbarlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi kishining shaxsi yuksak insoniy fazilatlar bilan bog’liqdir. Rahbar mustaqil bo’lishi, ijtimoiy faoliyatning qonuniy taqiqlanmagan hamma sohasi bilan shug’ullana olishi mumkin. Shu bilan birga, u o’zi boshqarayotgan jamoa orasida obro’-e’tiborga ega bo’lishi, o’zin kamtar tutishi zarur. Rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling