Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet128/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Demokratik rahbar, xodimlarga mustaqillik berish tarafdori, topshiriqlar berganda ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlaydi, u xodimlarning shaxsiy moyilliklarini ham hisobga oladi. Buyruk yoki topshiriqlar, odatda, taklif ma’nosida beriladi, nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o’rtoqlarcha, do’stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, uning lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka kura ishiga biho berish doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, uning fazoviy-ijtimoiy holati "jamoa ichida".
Jamoada tanqid va o’z-o’zini tanqid shunday yo’lga qo’yilganki, uning oqibatidan hech kim aziyat chekmaydi.
Gibsh va Forverglarning tahlillariga ko’ra, bunday boshliq rahbarlik qilgan jamoalarda ma’naviy-ruhiy muhit juda yaxshi, ishchilar jamoadan, ishdan qoniqish hosil qilganlar, ishdan ketish hollari kam buladi, lekin ishlab chiqarish zo’rga norma holatida bular ekan.
Liberal(loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda taqiqlash, po’pisa bulmaydi, buning o’rniga u kupincha ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yuq boshliq jamoaning muammolari, ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, guyoki boshqa "koinotda" yurganga o’xshaydi. Aniq ko’rsatmalar bermaydi, uning urniga norasmiy liderlar - yoki uziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo’lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulot, xom-ashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va hokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda bulishga to’g’ri kelganda, u doimo xushmuomala bo’lib, odob, ahloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, oxirgi suzni uziga qoldiradi. Shunday qilib, xodimlarga fikrlash va hatti-harakatlar erkinligi berib quyilgan, bular yuzasidan boshliqning fikri suralgan taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi, chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi, qolaversa, ularni xafa qilib quyishdan qurqadi. Uniig fazoviy-psixologik holati "guruh tashqarisida".
Ijtimoiy psixologik ma’noda liderlik turlari turli sharoitlarda o’zida ko’proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlariga kura tabaqalanadi. Masalan, lider-tashkilotchi, lider-tashabbuskor, lider-erudit, hissiy-emotsional holatni boshqaruvchi lider, lider-bilagon va boshqalar.
Rahbarlik uslublarining psixologik mazmun va mohiyatini bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubning o’ziga xos ijobiy tomoni bor, mohir rahbar o’zini-o’zi tarbiyalar ekan, eng ma’quli, ayniqsa o’zi rahbarlik qilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling