Umumiy va ijtimoiy psixologiya


"Liderlikning sifatlar nazariyasi


Download 0.74 Mb.
bet126/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

"Liderlikning sifatlar nazariyasi" yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bula olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yigindisi tug’ma mavjud bo’lib, ular uning guruhda lider bo’lishini ta’minlaydi.
1940 yilda amerikalik K. Berd 79 sifatdan iborat bo’lgan liderlik sifatlari ro’yxatini tuzdi. Bu ruyxatda jumladan tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o’ziga ishonch, tez va aniq qaror qabul kila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi.
Liderlikning vaziyatga bogliqligi” nazariyasi.
Bu nazariyadagi asosiy g’oya — lider vaziyatning mahsuli degan g’oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o’zini ko’rsatishi, lider bo’lishi uchun qulay hisoblanadi.
Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo’lgan uchinchi nazariya “Liderlikning sintetik nazariyasi”dir. Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ruyobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Rus psixologi A.N.Leontyevniig faoliyat kontseptsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruxda qabul qilingai normalar va ijtimoiy kutishlarga kim kuproq javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin. Ijtimoiy kutishlar nazariyasi hozirda kupchilik tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda.
Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi? Eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, u o’z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o’zlari uchun liderlarga aylantira oladi.
Bundagi asosiy g’oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o’zi uchun lider bo’la olsa, o’zidagi malaka yoki mahoratni boshqalarga yetkaza olsa, bu odam vaqti-saoti kelib o’zi boshqarayotgan jamoani o’zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo’lmaydigan mexanizmga aylantiradi. Bu jarayonning sub’yekti - superliderdir.
Superliderlik g’oyasining asosida yotgan muhim fazilat – bu rahbarning o’zgalarga tashabbusni namoyish etishlariga imkoniyat yaratishdir. Amerikalik mashhur psixolog Deyl Karnegining ta’kidlashicha, 20 asr boshida amerika dollarida hisoblaganda yiliga bir milliondan ortiq daromad oladigan boshqaruvchilar ikki kishi bo’lgan: Uolter Kraysler va ikkinchisi – Charlz Shveb. Amerika cho’yan quyish industriyasining yetakchilaridan bo’lgan Endryu Karnegi Shvebga odamlarni yaxshi ishlatib, korxona daromadini oshirganligi kuniga uch ming dollar, yiliga bir million dollar to’lar ekan. Ana shu millionerning o’z esdaliklarida qoldirgan so’zlari e’tiborga loyiqdir: “Men cho’yan quyish borasida eng oddiy ishchidan ham no’noq edim, asosiy yutug’im – men o’zgalarni boshqarishni bilganman. Mendagi eng noyob sifat – odamlarda tashabbusni uyg’otish qobiliyati edi”.
Boshqaruv haqida xorij psixologiyasidagi nazariyalar. Boshqaruv uslublari: avtoritar, demokratik va liberal boshqaruv uslublari: ularning afzalliklari va kamchiliklari.
Har bir lider yoki rahbar o’ziga xos va qaytarilmasdir, boisi har biri o’z ish faoliyatini turlicha tashkil etadi. Ijtimoiy psixologiyada batafsil o’rganilgan sohalardan biri - boshqaruv uslublari xisoblanadi.
Bu sohada nemis olimlari G.Gibsh va M. Forverg, rus olimlari V.D. Parigin, L.N.Umanskiy, M.Yu.Jukovlarning ishlari diqqatga sazovordir.
Olib borilgan tadqiqotlarni umumlashtirib, ijtimoiy psixologiyada qabul kilingan boshqaruv uslublarini ko’rib chiqamiz.

Boshqaruv uslublari



Demokratik




Liberal





Аvtoritar




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling