Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Yu.V. Bromleyning etnik guruhlarni o'rganishga yondashuvi


Download 0.74 Mb.
bet120/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Yu.V. Bromleyning etnik guruhlarni o'rganishga yondashuvi:

So’nggi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi Yu.Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to’plangan ma’lumotlar misol bo’lishi mumkin. Yu.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:
1) psixik asos – etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism;
2) hissiyot sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o’z ichiga olgan dinamik qism. Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug’ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug’ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo’lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg’unligi, millatlarning doimiy o’zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo’lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin.
Masalan, o’zbekistonliklar o’rtasida o’tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, mehmonnavozlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o’zbek xalqigagina xos. To’g’ri, bu sifatlar albatta o’zbeklarda bor, lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo’q deyishga xaqqimiz yo’q.
Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar, ya’ni, o’rnashib qolgan obrazlar bo’lganidek, har bir oila, yaqin oshna-og’aynilar va o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o’z millatiga xos bo’lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo bo’lib, ular ongida o’rnashib boradi.
Bunday stereotiplar o’z millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo’lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha yuzaki, mazmunan tor bo’ladi.
Shunday etnik tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O’z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan salbiy munosabatlar paydo bo’lishi, bu esa millatlar o’rtasida qarama-qarshilik va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling