Umumiy virusologiya. Bakteriofaglar


Viruslar klassifikatsiyasi


Download 18 Kb.
bet2/7
Sana03.12.2023
Hajmi18 Kb.
#1798080
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikrobiologiya

Viruslar klassifikatsiyasi.

Virusologiya tabiatda nixoyatda keng tarqalgan va nixoyatda mayda bo‘lgan viruslar to‘g‘risidagi fandir. Virus so‘zi xayvon zaxari ma’nosini bildirib, bu L.Paster tomonidan berilgan. Viruslar ko‘pgina yuqimli kasalliklarning sababchilari ekanligi aniqlangan. 1892 yilda D.I.Ivanovskiy tomonidan tamakining mozaik kasalligining sababchisi viruslar ekanligini birinchi bo‘lib isbotladi.Virusologiya fanining rivojlanishida olimlardan Morozov M.A., Zilber L.A.,Chumakov M.P.,Smorodinsov A.A., Jdanov V.M.lar ishlari nixoyatda katta axamiyatga ega. Viruslar odam, xayvon, xashorat o‘simlik, zamburug‘lar va bakteriyalarning qattiy xujayra ichida yashovchi parazitlari bo‘lib, oqsilni sintezlash, ferment va energiya xosil qilish xususiyatiga ega emas.

Viruslar struktura tuzilishi jixatidan xam, funksiyalari jixatidan xam prokariotlar va eukoriotlardan farq qiladi, chunki ular:

Viruslar struktura tuzilishi jixatidan xam, funksiyalari jixatidan xam prokariotlar va eukoriotlardan farq qiladi, chunki ular:

1. Xujayra struktura tuzilishiga ega emas.

2. Faqat bitta nuklein kislota tutadi.(DNK yoki RNK).

3 O‘sish va binar bo‘linish xususiyatiga ega emas.

4. O‘zining metobolik sistemasiga ega emas.

5. O‘z tarkibiy qismi evaziga emas, balki birgina nuklein kislotasi xisobiga tashkil topgan.

6. Shaxsiy oqsillini sintez qilish uchun xo‘jayinning ribosoma xujayrasidan foydalanadi.

Viruslarning kimyOviy tarkibi va tuzilishi.

Viruslar tabiatda ikki xil 1.xujayradan tashqarida- virion.2. xujayra ichida vegetativ shaklida bo‘ladi.Viruslar xo‘jayinxujayrasiga kirguncha yirik molekula shaklida bo‘lib, xujaraga kirgach tirik sistemaga aylanadi.Virus xujayra tuzilishiga ega bo‘lmagan juda kichik zarrachadir, ularning shakli turlicha: sharsimon, tayoqchasimon, kubsimon, spermazoid va ikosaidir.To‘liq shakllangan virus zarrachasi virion deb ataladi. U nuklein kislota va oqsil qobig‘idan iborat. Kapsid oqsil molekulalari kapsomerlardan tuzilgan.Viruslar kattaligi 20 dan 350 nm gacha bo‘ladi. Ularni filtrlash, ultratsentrofugalash, diffuziya qilish va elektron mikroskop orqali uzunligini aniqlash mumkin.


Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling