Umumiy virusologiya. Bakteriofaglar


Download 18 Kb.
bet6/7
Sana03.12.2023
Hajmi18 Kb.
#1798080
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikrobiologiya

Bir zanjirchali RNK rеplikatsiyasida esa, bir tomondan virus RNK si informatsion RNK vazifasini bajarib, ribosomada oqsil sintеzida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, undan ham ikkinchi shu ona zanjirchaga mos zanjircha hosil bo`ladi, uni RNK ning rеplikativ formasi dеyiladi. Bu rеplikativ formaning, hosil bo`lgan ikkinchi zanjirchasi onaligida yangi va unga mos virus RNK siga har tomonlama o`xshash, virus RNK lari sintеzlanadi.

Ribosomalarda sintеzlangan fеrmеnt (RNK rеplikaza) vositasida, hujayradan ribonuklеozidtrifosfatlardan (ATF, GTF, STF, va UTF) RNK hosil bo`ladi.

Bakteriofaglar.

Bakteriofaglar (bakteriyalar va yun. Phegos – yemiruvchi) – bakteriyalarni yutib, yemirib, yoʻq qilib yuboradigan viruslar; bakteriyalar kushandasi. 1917-yil fransuz olimi F. D’Erell bakterial filʼtrlardan oʻtib keta oladigan, eritish qobiliyatiga ega mavjudotlarga «bakteriofag» deb nom bergan. N. F. Gamaleya bu jarayonni birinchi boʻlib kuzatgan (1898). Mikroorganizmlar bor joyda Bakteriofaglar ham albatta boʻladi. Ularning diametri 45–140 nm boʻlgan dumaloqroq yoki oltiburchak shaklidagi boshchasi va uzunligi 100 – 600 nm keladigan dumi bor. Boshcha va dum qobigʻi oqsil moddadan tashkil topgan. Bakteriofaglar bakteriya hujayrasiga oʻsimtasi bilan yopishib oladi (adsorbsiya), soʻngra boshchasidagi narsa hujayra ichiga kirib borib, yangi fag zarrachalarini hosil qiladi. Oqibatda hujayra yemirilib (lizis), yangi Bakteriofaglar atrofga ajraladi.

Virulentli va moʻʼtadil (simbiotik) Bakteriofaglar farq qilinadi. Birinchisi hujayralarni yemirib (lizis) yangi zarrachalar hosil qiladi. Boshqalari hujayra ichiga kirsa ham uni eritib yubormaydi (profag). Moʼtadil fag tutgan bakteriyalar lizogen bakteriyalar deyiladi. Bakteriofaglarning ayrimlari gʻoyat spesifik xususiyatga ega, yaʼni mikrobning faqat bir turiga taʼsir koʻrsatadi (monofag). Boshqa Bakteriofaglar har xil turdagi hujayralarni eritib yuboradi (polifag). Mikroblarning oʻzgaruvchanligi va evolyutsiyasida bakteriofaglar muhim ahamiyatga ega. Hamma bakteriofaglar oqsil va nuklein kislotalardan tashkil topgan boʻlib, shu kislotalar turiga qarab, DNK. Va RNK tutuvchi Bakteriofaglarga boʻlinadi.


Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling